- 02:53 / 30.10.2025
- , Siyosat
Fuqarolik huquqlari va Konstitutsionalizm
AQSh Konstitutsiyasi ba'zi fuqarolar uchun ovoz berish huquqini birinchi marta 14-tuzatish ratifikatsiyasi bilan kafolatladi, unda belgilanishicha, har qanday davlat huquqqa ega fuqarolarga ovoz berish huquqini rad qilsa, Kongressdagi vakolatini yo'qotadi. Fuqarolik erkinliklari mavzusida, siz konstitutsionalizm haqida o'qidingiz, bu "hukumat harakatining qonuniyligini boshqaradigan doktrinadir." Boshqacha qilib aytganda, konstitutsionalizm bizga hukumatlar qonun ustuvorligini va hukumat hokimiyatiga qo'yilgan cheklovlarni hurmat qilishi kerakligini eslatadi. Konstitutsionalizmni tushunishning bir yo'li bu mamlakatning yozma konstitutsiyasi Hindiston konstitutsiyasidagi kasta asosidagi kamsitishdan ozodlik va tillarni saqlash va so'zlash erkinligi, boshqa mamlakatlarda qo'llanilmaydigan maxsus huquqlar, chunki Hindistonning o'ziga xos siyosiy madaniyati bor. Mavritaniya konstitutsiyasi ham til haqida so'z yuritadi. U arabchani rasmiy til deb e'lon qiladi, lekin boshqa uchta milliy tilni tan oladi. Mavritaniya konstitutsiyasi, shuningdek, universal saylov huquqini ta'kidlaydi va "qonun ayollar va erkaklarning saylov mandatiga va saylanadigan vazifalarga teng kirishiga imkon beradi" deb aniq belgilaydi. 1776 yilgi AQSh Mustaqillik deklaratsiyasida barcha odamlar tug'ilganda "begonalashtirilmas huquqlarga" ega bo'lishi va buni hech qanday hukumat tortib ololmasligi keltirilgan. Odamlar huquqi bo'lgan begonalashtirilmas huquqlarga Deklaratsiyaning eng mashhur iborasi kiradi: "hayot, erkinlik va baxt yo'lida". Mustaqillik deklaratsiyasi zamonaviy mustaqillik harakatlari uchun model vazifasini bajargan, va xalqaro tashkilotlar Mustaqillik deklaratsiyasida aks etgan huquqlarni o'zlarining bu huquqlarni targ'ib qilish bo'yicha rasmiy ishlariga kiritganlar, bu Birlashgan Millatlarning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (IHUD) misolida namoyon bo'ladi. 1948 yildan beri Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining muqaddimasi va 30 ta moddasi butun dunyodagi milliardlab odamlarga ilhom berdi. Umumjahon deklaratsiyasi tan olgan ba'zi inson huquqlariga qullik va majburiy nikohdan himoya, o'z mamlakatida erkin harakatlanish huquqi, hukumatda ishtirok etish huquqi, kasaba uyushmasiga kirish erkinligi va fuqarolikka ega bo'lish huquqi kiradi. Muhokama qilinganidek, konstitutsiyalarga ijobiy huquqlar va/yoki salbiy huquqlar kiritilishi mumkin. Markula amaliy etika markazining aytishicha, "Shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi, o'ldirilmaslik huquqi yoki o'z mulki bilan istagan narsani qilish huquqi kabi salbiy huquqlar, inson erkinligi yoki ozodligining ba'zi shakllarini himoya qiladigan huquqlardir... ijobiy huquqlar ular har bir shaxs uchun sog'liq va ta'lim kabi inson farovonligining asosiy tarkibiy qismlarini amalga oshirishda boshqalarning ijobiy yordamini talab qiladi maʼnosida 'ijobiy'dir." Salbiy huquqlar ko'pincha fuqarolik erkinliklari bilan mos keladi — hukumat cheklashi mumkin bo'lmagan narsalar — va ijobiy huquqlar fuqarolik huquqlari bilan mos keladi — hukumat himoya qilishi kerak bo'lgan narsalar. Masalan, Shimoliy Makedoniya Respublikasi konstitutsiyasida bolalar va majburiy mehnat, o'lim jazosi, qiynoqlar, senzura, ikki marta ayblanish va "jins, irq, teri rangi, milliy va ijtimoiy kelib chiqish, siyosiy va diniy e'tiqodlar, mulk va ijtimoiy holat" asosida kamsitish ta'qiqlanadi. Ular ta'qiqlar shaklida ifodalanganligi sababli, ular salbiy huquqlar hisoblanadi. Qiyosiy konstitutsiyalar loyihasi butun dunyodagi konstitutsiyalarni to'playdi, taqqoslaydi va tahlil qiladi. Loyiha namunasi Bruney va Tailand konstitutsiyalaridan tortib, atigi ikkita individual va siyosiy huquqlarni o'z ichiga oladi, Portugaliya, Serbiya va Ekvador konstitutsiyalariga qadar boradi, ular mos ravishda 87, 88 va 89 ta huquqni o'z ichiga oladi. Shunga o'xshash, Kato instituti har yili Inson erkinligi indeksi nomi bilan tanilgan siyosiy huquqlar bo'yicha so'rov o'tkazadi. U insonning erkinligini "shaxslar qadr-qimmatini tan oladigan va ... majburiy cheklovlarning yo'qligi" deb ta'riflaydi. 162 mamlakatdan olingan ma'lumotlarga asoslanib va noldan 10 gacha bo'lgan shkaladan foydalanib, 2020 yilda Kato instituti Yangi Zelandiyani dunyoda eng ko'p huquqlar va erkinliklarni himoya qiluvchi mamlakat, Suriyani esa eng kam deb aniqladi. Bu reytinglar IHUD va inson qadr-qimmati to'g'risidagi boshqa bayonotlarga qaramay, odamlar fuqarolik huquqlarini qanday tushunishida global farqlarni aks ettiradi. Konstitutsiyalar mamlakat qaysi fuqarolik huquqlarini tan olishi va himoya qilishini e'lon qilishida hal qiluvchi rol o'ynaydi, ammo qo'llash haqida nima deyish mumkin? Agar mamlakatning konstitutsiyasida ma'lum himoya choralari bo'lsa-da, ko'pchilik ularni amalga oshirmasa nima bo'ladi? Keyingi bo'limda ko'pchilik va ozchilik o'rtasidagi munosabatlar muhokama qilinadi. Bob fuqarolik huquqlarini amalga oshirishda hukumat va siyosiy institutlarning roli haqidagi munozara bilan yakunlanadi. Tarjimon: Ibrohim Asrorov Siyosat Bo'limi Lideri: Sardor XamdamovKonstitutsionalizm va fuqarolik huquqlari
Izoh qoldirish