- 19:51 / 23.10.2024
- , Falsafa
Siz Bor Deb O'ylagan Muammoyingiz Hech Qachon Haqiqiy Muammo Bo'lmagan

Rasmlar muallifga tegishli
Hammamizda bizni o'ylantirib qo'yadigan muammolarimiz bor.
Mana shu o'ylardan xalos bo'lish uchun esa bor imkoniyatlarimizni o’sha muammolarni yechish uchun sarflashimiz kerak.
Har holda shunaqa deb o'ylaymiz.
Biroq, reallik unday emas.
Agar muammolaringiz haqida bosh qotirish va ularni bartaraf etishga boringizni berish ish berganda, nega hali hamon muammolaringiz yetarlicha bor?
Agar hamma biladigan muammolarni hal qilish yo'li juda samarali bo'lsa, nega hayotimiz doim muammolar ichida o’tadi: to'xtovsiz bir muammodan boshqasiga xuddi schyot kalkulyatorga o'xshab?
Muammoni bir qismi shuki, biz ongli yoki ongsiz ravishda hayotni mehnat va qiyinchilik bilan bog'laymiz. Hech nimani og'ir qiyinchiliksiz qo'lga kiritib bo'lmaydi va it kabi mehnat qilishgina hamma narsani o'zgartirib yuboradi, deb fikrlaymiz.
Menimcha, bu juda salbiy va xafa qildiradigan yondashuv. Men esa boshqa bir yondashuvni sizlarga ko'rsatmoqchiman.
Nega Muammolarni Yechishning Odatiy Uslubi Ish Bermaydi?
Rasmlar muallifga tegishli
Keling, ko'pchiligimizga tanish tuyulishi mumkin bo'lgan misoldan boshlaylik.
Tassavur qiling, ayni paytda sizning moliyaviy muammolaringiz bor. Balki ularni tasavvur qilishga ham hojat yo'qdir, chunki shundog'am ularga egadirsiz.
Ko'pchilikning bunday muammosi bo'lgan yoki hoziram bor. Demak, hammamiz bilamiz - bu qanday yomon hissiyotligini.
Xavotir, tashvish, stress — bularning barchasi moliyaviy muammolarning yoqimsiz taraflari.
Buyog’iga esa, tabiiyki bu muammoni hal qilish uchun bizga muammo kelganda nima qilishni aytishgan bo'lsa, shuni qilamiz: Bor e'tiborimizni unga qaratamiz va masalaga yechim topishga urinamiz.
Lekin bunday yondashuvda muammoni hal qilishning ikki kamchiligi bor:
Xavotir, tashvish va stress yanada ko'payadi.
Kamdan-kam holatlarda bizni qoniqtiradigan yechimlarni topamiz.
Agar o’sha "muammoga bor e'tiborni berish" yondashuvida holatga boqsak, ushbu ikki holat tabiiydek ko'rinadi.
Sababi moliyaviy muammolar asosan xavotir, tashvish va stress bilan bog‘lanadi bir-biriga. Ya'ni, unga qancha ko‘p e'tibor qaratilsa, ushbu his-tuyg‘ular shuncha kattalashib boradi.
Bu tushkun hissiyotlar — bizda muammo borligini sezdiruvchi holat. Biz esa, bu holatni yaxshi ko'rmaymiz. Xo'sh, endi biz muammo holatidan yechim holatiga o'tishni xohlaymiz.
Lekin bizning butun tizimimiz muammoli holatda bo'lgani uchun yechim holatiga yetolmaymiz.
Yoki Albert Eynshteyn so'zlari bilan aytganda:
"Muammolarimizni ularni yaratayotganimiz paytidagi kabi fikrlab yecholmaymiz."
Men bu iqtibosni biroz o'zgartirgan va shunday degan bo'lardim:
"Muammolarimizni ularni yaratgan paytimizdagi ong holatida hal qila olmaymiz."
Ko'p hollarda, yechimni topolmasligimizga sabab samarali fikrlamayotganimiz emas, balki bu noto'g'ri yo'naltirilgan e'tibor bilan bog'liq.
Haqiqiy Muammo Nimada?
Rasmlar muallifga tegishli
Muammo bu sizning pulingiz kamligida emas. Muammo bu sizning ruhiy holatingizda.
Bunday gapirganim uchun allaqachon ba'zi "tajribali" pragmatistlar(Amaliy, moslashuvchan odamlar) meni ahmoqqa chiqarishgandir, lekin bir lahza sabr qiling.
Masalaga mana bu bu tarafdan nazar solib ko'rsak: Moliyaviy muammoyingizni nimasi sizni xafa qiladi?
Aniq bank hisobingizdagi raqamlar emas. Sizni xafa qiladigan narsalar - tashvish, xavotirlar, stress va hokazo.
Bu dunyoda nimayiki bo'lmasin, siz uni muammo sifatida ko'rishizga yagona sabab — chunki siz u haqida o'ylaganda o'zizni yomon his qilasiz.
Va biz, g'arbiy dunyoda yashab puldan muammoyimiz bor deb ta'kidlaydiganlar — ochlikdan qiynalyotganmiz yo'q. Aslida, bu yomon hissiyot xuddi boshqalardek yashamayotganimizdan kelib chiqyapti. Lekin men biroz chalg'ib ketyapman.
Bir lahzaga bo'lsa-da o'ylab ko'ring: agar hayotingizda nimayiki bo'layotganidan qat'iy nazar hayotingizdan to'liq rozi bo'lsangiz, shunda ham tig'iz ishingiz bordek his qilarmidingiz o'zingizni?
Hatto juda kerak deb o‘ylagan narsalaringsiz ham hayotingizdan rozi va halovatda bo‘lishingiz mumkin.
Buning aksi ham — haqiqat. Menga ishonmasangiz, atrofingizga boqing.
Ko'pchiligimizda turli xildagi buyumlar va qulayliklar bor, biroq hali hamon tashvishlangan, depressiyaga tushib qolgan, jahlimiz chiqqan holatdamiz.
Mana bunday fikrlab ko'ringchi:
Barcha muammolarni kelib chiqishi siz o'ziz his qilayotgan holatizni yaxshi ko'rmaslikka borib taqaladi.
Deylik o'zingizni qanday his qilishni o'zgartirish muammolaringizni rostdan ham hal qilishga yordam bersa-chi?
Muammolarni Hal Qilishning Muqobil(alternativ) Yondashuvi
Rasmlar muallifga tegishli
Xavotirlanishni hech birimiz yaxshi ko'rmaymiz. O'zimizni yomon his qilishni ham. Muammolarimizni yechishga qattiq urinib, lekin ularni hech bitkaza olmasligimiz ham yoqmaydi hech kimga.
Deylik, barcha aqliy ko‘nikmalaringizni muammoni hal qilishga sarflab, salbiy ruhiy holatlarga berilishdan shunchaki voz kechsangiz-chi?
Agarda bor e'tiboringizni muammoga emas, balki o'zizni yaxshi his qildiradigan narsaga qaratsangiz-chi?
O'zingizdan so'rab ko'ring: Agar o'sha muammoyingiz hal bo'lganda o'zizni qanday his qilardiz? Keyin shu hissiyotni his qilishga harakat qilib ko’rinh.
Shunday hissiyotni(halovat, shodlik, baxt v.h.) har doim tashvishlanmay qo'yganingizda his qilasiz.
Ha, eplay olasiz buni.
Buni tavsiya qilayotganim uchun meni "tomi ketgan" deb o'ylayotgan bo'lsangiz, hayotingizga boqing.
Hayotingizdagi anchadan beri sizni tinch qo'ymayotgan muammoni olaylik, qanchadan beri uni an'anaviy yondashuvda hal qilishga urinib kelmoqdasiz? Eslaysizmi, shu muammo haqida soatlab o‘ylab, qancha vaqtni bekorga sarflab, o‘zingizni qanchalik noqulay va og‘riqli his qilgandingiz?
Agar bu haqida to'xtamay o'ylash va tashvishlanish yechimga eltovchi yo'l bo'lsa, unda nima uchun siz uni deylik ikki yil avval topmadingiz?
Jin ursin, ba'zi odamlar kuniga 16 soatlab tashvishlanishadi.
Bu jinnilik emasmi?
Shunchaki buni bir eksperimentga aylantiring, bo'ldi. Hayotingizga boshqa tomondan yondashing. Muammolarizni chaynayvergandan ko'ra, ayni paytda o'zizni yaxshi his qilishni asosiy maqsadlarizdan biriga aylantiring.
Ko'zlaringizni yuming va shunday deb o'ylang: ayni paytda hammasi joyida, hammasi yaxshi. Hech narsa yomonmas. Hech nima tugatilishi yoki o'zgartirilishi kerak emas.
Shu halovat hissiga xohlagan paytingizda osongina qaytishingiz mumkin.
Bu degani hamma hissiyotlarizni ichizga yutishiz kerak deganimas. Buni hayotizni ko'plab qismida qilib kelayotgan bo’lsangizam kerak o'zi hoynahoy.
Og'riqli hissiyotlaringizdan qochmang, ularni his qiling. Lekin vaqtingizni ularni asoslash, ko'paytirish yoki ularga berilishga sarflamang. Ularni o’zidan kattalashtirmang.
Xavotirlanaverish xuddi giyohvandlikning bir turidek. Deylik xavotirlanishni birdaniga to'xtatolmasangiz hozir, o'zizga har kuni qaysidir paytda 15 daqiqa faqat xavotirlanishga vaqt bering.
Lekin kunning qolgan qismida — hech qanday xavotirlanish yo'q. Yo'q, hattoki xavotirlariz haqida xavotirlanish ham mumkin emas.
Qachonki siz hozirdan bahra olishni ko'paytirsangiz, xavotirlanish vaqtini ham 0 ga tushira olasiz.
Qani, bir sinab ko'ring! Nima bo'lganda ham, eng yomoni nima bo'lardi?
Sizni tashqi holatingiz deyarli o'sha-o'sha, lekin ichingizda o'zingizni yomon his qilmay qo'yasiz.
Menga juda yaxshi natijadek ko'rinyapti bu.
Lekin Fikrlash Va Mantiqchi?
Rasmlar muallifga tegishli
Meni noto'g'ri tushunmang.
Sizga umuman mantiq va fikrlashsiz yashang deyotganim yo'q.
Shaxsan men, fikrlashni juda yaxshi ko'raman hamda mantiqni samarali fikrlashga undovchi muhim unsurlardan biri deb o'ylayman. Muammo fikrlashda emas.
Muammo yillar bo'yi o'sha-o'sha samarasiz fikrlash tarzida o'ylab kelayotganizda. Bu har bir havoyi istagingizga bog'liq bo'lgan fikrlash tarzi.
Samarali fikrlash hech qanday hissiyotlarni aralashuvisiz amalga oshadigan narsa.
Ko‘pchiligimizning butun hayotimiz davomida bir xil muammolar bilan kurashishimizning sababiyam shunda: Muammolar haqidagi barcha fikrlarimiz o‘sha muammolarga bog‘liq his-tuyg‘ularimiz tomonidan boshqariladi. Natijada, bunday yondashuvning o‘zi muammolarning bir qismiga aylanadi.
Keling, masalaga mantiqiy nazar tashlaymiz bir lahzaga.
Qaysi biri haqiqatga yaqinroq:
Butun umr tashvish va xavotir bilan yashab, muammolaringiz oxir-oqibat yo'qolib ketishiga umid qilishingiz mumkin. Ammo ular yo'qolmasa-chi? Hayotingizni tashvishda o‘tkazib, bor narsalaringizdan hech qachon zavqlanmaslikka rozi bo‘lasizmi?
Yoki
Hozir o'zingizni iloji boricha yaxshi his qilib, keyin o'sha holatga asoslanib hayot kechirish?
Yana bir bor aytaman, bunday fikrlash juda foydali. Ammo barcha fikrlash tarzi ham bir xil emas.
Xavotirlanish - bu salbiy "agar"larga asoslangan fikrlash tarzi va sizning farovonligingizni yo'q qilishdan boshqa hech narsa qilmaydi.
Terence McKenna tili bili aytganda esa: "Xavotirlanish mantiqsiz narsa."
Lekin Harakat Qilish Muammo Kaliti, Shunday Emasmi?
Rasmlar muallifga tegishli
Agar sizda muammo bo'lsa va uni hal qilish uchun nima qilish kerakligini aniq bilsangiz, albatta, hoziroq harakatingizni boshlang.
Lekin agar siz qanday harakat muammoni hal qilishini aniq bilgan bo'lsangiz, nega sizda hali ham bu muammo mavjud?
Mana sizga hamma ham aytavermaydigan fikr: Harakatlanish yechim emas.
Hech qanday tashqi harakatlar ichki tartibsizlikni to'g'rilay olmaydi.
Men harakatlarimiz muammoni yecholmaydi deyotganim yo'q. Aytmoqchi bo'lgan narsam, harakatlar sizni tashvishlardan xalos bo'lishingizga yetaklamaydi.
Deylik siz juda qattiq ishladingiz va barcha qo'rquvlar, tashvishlaringizga qaramay, ancha ko'p pul topdingiz. Lekin uyog'iga nima endi?
Siz o'ylaysizki, miyangiz sizni tinch qo'yadimi endi?
Ha yo'q, chuchvarani xom sanabsiz!
Endi sizda pulingizni yo'qotishdan xavotirlanish yoki uni qanday investitsiya qilish va yoki hukumatdan qanday himoya qilish haqida o‘ylash uchun vaqt bor. Siz bir muammoni hal qildingiz, endi esa boshqasini hal qilishingiz kerak.
Agar shunchaki harakatlar haqiqiy yechim bo'lganda, biz allaqachon hamma muammolarimizni hal qilgan bo'lardik. Atrofingizga qarang. Har qayerda odamlar shoshilishyapti, nimadirda qiynalishyapti, lekin hech nimadirga yetishgandek tuyulishmaydi.
Sizam allaqachon charchagandirsiz hoynahoy? Shunday ekan, nega yechim yanada qattiqroq harakat qilishda deb o'ylaymiz?
Ehtimol, yechim — bu aqldan ozdiradigan jarayonni biroz to‘xtatib, o‘zingizdan aslida nima istayotganingizni so‘rashdir.
Baxtli Bo'lishni Rostdan Ham Istaysizmi?
Rasmlar muallifga tegishli
Qanday javob berishizni menga farqi yo'q. Siz baxtli bo'lishni istaysiz. Nuqta.
Va bularning barchasi baxtni hozir yoki hech qachon bo'lmasligini anglashga borib taqaladi.
Mana sizga bir o'ylantiradigan eksperiment:
Tasavvur qiling, hozir siz abadiy baxtli bo'lishingiz mumkin, lekin baxtli bo'lishiz uchun kerak deb o'ylagan narsangizni hech qachon ololmaysiz.
Siz saroydek uy, yaxta, orol, sevgan insoningiz yoki hatto uy hayvoningiz bo‘lishi kerak bo‘lgan jirafani ham ololmaysiz — xohlaganingizcha baxtli bo‘lish uchun nima kerak bo‘lsa hech birini. Biroq hech qanday sabablarsiz baxtli bo'lasiz.
Bu kichik eksperiment siz aslida baxtli bo'lishni istamasligingizni ko'rsatib berishi mumkin. Siz aynan o'sha narsalar bilan baxtli bo'lishni xohlaysiz.
Lekin haqiqiy baxt hech nimaga bog'lanmagan bo'ladi.
O'zingiz uchun hozir qaror qiling.
O'zingiz kerak deb o'ylagan narsangiz bilan baxtli bo'lishni xohlaysizmi yoki nima bo'lishidan qat'iy nazar baxtli bo'lishnimi?
Ko'pchiligimiz baxtli bo'lishimiz uchun koinot biz uchun ishlashi kerak, baxtni nazorat qilib bo'lmaydigan tashqi sharoitlarga bog'liq, deb o'ylaymiz.
Aynan shuning uchun ham, ko'pimizning hayotimizda baxt juda kam.
Bizni "agar dunyo aynan sen xohlagandek bo'lmasa, baxtli bo'lolmaysan", deb aldashgan. Ko'pchiligimiz boshqalar bilan azob chekishimiz kerak va bu ularga xuddi yordam beradi, deb o'ylaymiz.
Bularning hammasini unuting.
Sizning baxtiyorligingiz — bu dunyoga qo'shgan eng katta hissangiz.
Shaxsiy tajribamdan shuni tasdiqlay olamanki, hayotga bunday munosabatda bo'lsangiz, juda ko'p muammolarni o'zi ularni ilg'ashingizdan avval o'zi hal bo'ladi.
Va agar siz hali ham shuncha o'qigan narsalaringizdan shubhalanayotgan yoki g'azablanayotgan bo'lsangiz, unda menga oxirgi so'zimni aytishga ruxsat bering.
Bularni birortasi muammoyingizni hal qiladimi yoki yo'q — ahamiyatsiz. Bu ayni lahzada baxtli bo‘lish uchun oddiygina taklif, qani ko‘ramiz, hayotingizda nimani o'zgartirar ekan.
Tarjimon: Samandar Erkinjonov
Muharrir: Abdulboriyxon Bositxonov
Izoh qoldirish