- 02:57 / 17.11.2024
- , Siyosat
Hukumatning Davlat boshqaruvidagi o'rni

Odatda biror joydagi hukumat o‘z chegaralari ichida yashovchi yoki uning qonunlariga bo‘ysunadigan shaxslarga (masalan, hozir xorijda yashayotgan ushbu mamlakat fuqarosiga) ta'sir ko‘rsatadi. Agar oilangizning qoidalarini buzsangiz, oilangiz sizni jazolashi mumkin, ammo faqat hukumat davlat qonunlarini buzganingiz uchun sizni qamashi mumkin. Sizning cherkovingiz sizdan pul berishingizni so‘rashi mumkin, ammo faqat hukumat sizni soliqlarni to‘lashga majburlashi mumkin. Siz ishlayotgan korxona sizni o‘z qoidalariga rioya qilishga va uning manfaatlarini himoya qilishga undashi mumkin, ammo faqat hukumat sizni harbiy xizmatga chaqirishi va sud hay'ati a’zosi bo‘lishingizni talab qilishi mumkin.
Hukumat davlatni (yoki uning sinonimi bo‘lgan mamlakatni) tashkil etuvchi to‘rt elementdan biridir, ular hudud, aholi va suverenitetdir. Qo‘shma Shtatlar davlatdir, shuningdek, uning tarkibidagi Alabama va Vayominggacha bo‘lgan alohida hududlar ham davlatdir. Afg‘oniston va Zimbabve ham davlat hisoblanadi, xuddi ular orasidagi barcha boshqa alifbo tartibidagi 190 ga yaqin davlatlar singari. Davlatning siyosat va siyosatshunoslikda dolzarb bo‘lgan boshqa ma'nolari ham bor. Masalan, biror mamlakat "politsiya davlati" deb atalishi mumkin. Politsiya davlatida hukumat ko‘pincha harbiylar yoki maxfiy politsiya tomonidan tartibni saqlash va qarshilikni bostirish uchun kuch ishlatadi. "Ijtimoiy davlat"da esa hukumat keng miqyoda ijtimoiy imtiyozlar, masalan, bolalar parvarishi, ta’lim, uy-joy va pensiya bilan ta’minlaydi. Barcha mamlakatlar ko`p va ozroq “politsiya” va “ijtimoiy” davlatlardir, chunki barcha mamlakatlar tartibni saqlash uchun politsiya kuchidan foydalanadi va barcha mamlakatlar o‘z fuqarolariga ma'lum ijtimoiy imtiyozlar taklif etadi.
Shimoliy Koreya, u yerda hukumat hayotning deyarli har bir jihatini nazorat qiladi va o‘z rahbarlariga qarshi bo‘lganlarni qamoqqa oladi yoki qatl etadi, bu, ehtimol, politsiya davlati uchun eng kuchli misoldir. Daniya, Finlyandiya, Norvegiya, Islandiya va Shvetsiya kabi Skandinaviya mamlakatlari odatda eng saxovatli ijtimoiy davlatlar sifatida qaraladi.
Mamlakat, shtat, millat va milliy davlat kabi atamalar ba'zan sinonim sifatida ishlatiladi, lekin ular umuman bir xil emas. Mamlakat - bu suveren hukumatga ega bo‘lgan belgilangan geografik hududdir. Shtat atamasi ko‘pincha mamlakat ichidagi kichikroq hududga nisbatan ishlatiladi, masalan, Qo‘shma Shtatlar, ular birgalikda Amerika Qo‘shma Shtatlarini tashkil etadi. Shtat atamasi butun bir mamlakatga ham nisbatan ishlatilishi mumkin. Masalan, Hindiston shtatdir. Millat esa odatda tarix, madaniyat va e'tiqod bilan bog‘liq bo‘lgan aholini anglatadi, masalan, Yaqin Sharqdagi Kurdiston, u yerda kurdlar hukmron etnik guruh, ammo o‘zlariga tegishli mamlakatga ega emaslar. Millat va davlat birgalikda bo‘lganda milliy davlat deb ataladi. Qo‘shma Shtatlar, Fransiya, Pokiston, Xitoy va boshqa ko‘plab davlatlarga bir vaqtning o‘zida mamlakat, davlat, millat va milliy davlat sifatida qaraladi.
Agar hukumat kuchiga bo‘ysunadiganlar ushbu kuchni tan olsagina, hukumat vakolatga ega bo‘ladi. Sinfda siz o‘qituvchingizning topshiriqlar berish va baholar qo‘yish vakolatini qabul qilasiz yoki hech bo‘lmaganda, sizning maktabingiz bu vakolatlarni tan oladi. Vakolat odatda aniq holatlar va joylar bilan cheklangan, bu yerda vakolat yurisdiktsiyaga ega deb hisoblanadi. Ushbu kursni o‘tish uchun o‘qituvchingiz sizdan ushbu kitobni o‘qishni talab qilishi mumkin, ammo uning kir kiyimlarini yuvishingizni talab qila olmaydi. Sizdan hukumat soliq to‘lashingizni talab qilishi mumkin – bu uning vakolati – ammo u sizdan noqonuniy ishlarni qilishingizni talab qila olmaydi.
Vakolat tashkilot qoidalari yoki vazifalariga muvofiq ishlatilganida, u qonuniy hisoblanadi. Agar politsiya xodimi sizni belgilangan tezlikdan tezroq haydaganingiz uchun to‘xtatsa, bu vakolatning qonuniy qo‘llanilishi; agar xuddi shu xodim sizni “qora tanli bo’lib” haydayotganingiz uchun to‘xtatsa, bu noqonuniy qo‘llanish bo‘ladi.
1.7-rasm. Haydovchilarni teri rangi tufayli to’xtatish davlat vakolatidan noqonuniy foydalanish hisoblanadi. (kredit: Krista Baltroka / Flickr tomonidan "Ride", CC BY 2.0)
Siyosatda hokimiyatdan foydalanishning qaysi turi qonuniy, qaysi turi noqonuniyligi ustida doimiy kurash olib boriladi va hukumatlar bu ziddiyatlarni qanchalik demokratik ekanligiga qarab turli yo'llar bilan hal qiladilar. Hukumat sizni nima qilishga majburlashi, ruxsat berishi yoki taqiqlashi mumkin? Agar hukumat o'z qoidalariga muvofiq siyosat ishlab chiqsa, u holda bu siyosat qonuniy bo’lishi, mumkin bo'lgan javoblardan biridir. Bu nuqtai nazarga ko'ra, ba'zi mamlakatlarda bo'lgani kabi, davlat siyosati shaxslar boshqalarni qul qilishlariga ruxsatni olib qo’ymaguncha, bu narsa mumkin edi. Yana bir javob shuki, ba'zi siyosatlar, masalan, qullik, qonuniy kuchga kirgan bo'lsa ham, tubdan noqonuniy hisoblanadi
Siyosat Bo’limi Lideri: Sardor Xamdamov Manba: https://openstax.org/books/introduction-political-science/pages/1-2-public-policy-public-interest-and-power
Izoh qoldirish