- 07:56 / 17.11.2024
- , Siyosat
Ijtimoiy adolat nima? #Libertarizm va #Utilitarizm

Ijtimoiy adolat nima? Inson huquqlarida bo‘lgani kabi, ijtimoiy adolat degan narsa haqiqatda mavjudmi yoki faylasuf Fridrix Xayek ta’biri bilan aytganda, ijtimoiy adolat "sarob"mi, degan savolni bersa arziydi. Ijtimoiy adolat insoniyat kashfiyotimi yoki abadiy haqiqatligi bo‘yicha bahsga aralashish o‘rniga, bu maqola ijtimoiy adolatning taklif qilingan eng muhim, ko‘pincha raqobatlashiladigan ta’riflarini yoritib beradi. Adolat haqida turli xil tushunchalari mavjud bo‘lganidek, Ijtimoiy adolatning ta’riflari ham turlicha. Turli nuqtai nazarlar bo‘yicha umumiy jihat shundan iboratki, ijtimoiy adolatga imkoniyatlar, resurslar va huquqlarni taqsimlash adolatli yoki soddaroq aytganda, odilona bo‘lganda erishiladi. Tanqid va muqobil qarashlarga murojaat qilishdan oldin G‘arb an’analaridagi ijtimoiy adolat haqidagi eng ko‘zga ko‘ringan tushunchalarning qisqacha, umumiy tavsifi foydali bo‘ladi. Utilitarizm Utilitarizm- jamiyatda qadr qimmatning yagona(universal) o‘lchovi borligiga ishonish: "utility" - "foydalilik" (shuning uchun ham nomi utilitarizm) yoki baxt yo farovonlik deb atash mumkin bo‘lgan narsa. Utilitar farazga ko‘ra,jamiyatning maqsadi inson farovonligi va sog‘ligini maksimal darajada oshirishdir. Bu ba’zan "eng ko‘p son (insonlar) uchun eng katta baxt" deb tariflanadi, lekin bu ta’rif uncha to‘liq emas. Utilitanlar, agar iloji bo‘lsa, baxtsizlikdan qochishga ham harakat qilishadi. Eng ahamiyatlisi bu - umumiy baxtlilik, ya’ni barcha baxtlar yig‘indisidan barcha baxtsizliklar yig‘indisining ayirmasi, shu sababdan baxtsizlikni kamaytirish va baxtni oshirish ikkalasi ham jamiyatning qadrli maqsadlaridir. Adolatli jamiyat inson baxtini maksimal darajada oshiradi. Bu shuni anglatadiki, yaxshi hukumat deb "foydalilik"ni maksimallashtiruvchi siyosatni tanlaydiganlar tushuniladi. Utilitarizmning eng katta muammolaridan biri bu inson baxtini qanday qilib o‘lchashdir. Baxtni xuddi kuch kabi to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchab bo‘lmaydi. Tasavvur qiling, bir davlat—deylik, Keniya— yangi turfa xil ekotizimli va ajoyib manzarali, abadiy saqlanadigan milliy bog‘ yaratish to‘g‘risida qaror qilyabti. Ushbu parkni yaratish o‘sha yerlardagi iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qiladi, va afsuski, o‘sha yerda yashayotganlarni ko‘chishga majbur qiladi. Parkni yaratish umumiy inson baxtini oshiradimi? Hisob-kitob qilish yo‘liga qarab, javob ham ha ham yo‘q bo‘lishi mumkin, shuning uchun qaysi javob to‘g‘riligini aytish ba’zida ilojsiz. Utilitarizm butun dunyo bo‘ylab davlat siyosatiga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Hukumatlar utilitar tamoyillarga asoslangan xarajat-foyda analizidan o‘zlarining siyosat va siyosiy takliflarini tahlil qilishda ishlatishadi. Nomidan ko‘rinib turganidek, xarajat-foyda tahlili turli xil xarajatlarni(masalan, moliyaviy, ekologik va ijtimoiy) va siyosatning foydalarini o‘lchashga harakat qiladi. Agar umumiy foyda jami xarajatlardan baland bo‘lsa, siyosat foydalilikni oshiradigan deb topiladi va qabul qilinadi. Libertarizm Libertarizm umumiy baxtlilikni maksimal darajada oshirish adolatli jamiyatni keltirib chiqaradi degan g‘oyani rad etadi. Libertarlar shaxsiy huquqlar hech qanaqasiga buzilmasligi kerakligini da’vo qiladi, hatto u umumiy ijtimoiy foydalilikni oshirsa ham. Libertarlarning nuqtai nazariga ko‘ra ijtimoiy adolat shaxsiy erkinlik (liberty - erkinlik, shuning uchun ham - libertarizm) davlat va boshqalardan to‘liq himoya qilinganda paydo bo‘ladi. Mana oddiy misol. Agar Robin Gud bir boyni o‘marsa va narsalarni kambag‘allarga bo‘lib bersa, jamiyat baxtliroq bo‘lishi mumkin, chunki o‘sha narsalarni qabul qilganlar endi ancha xursandroq ("yuqoriroq foydalilik"), va faqatgina bir dona o‘marilgan boy xafa xolos. Oddiyroq qilib aytganda, utilitarizm Robin Gudning harakatlarini ma’qullashi mumkin, chunki bu umumiy baxtlilikni oshirishi mumkin. Libertarlar buni rad etib, boyni huquqlari poymol qilingani va bunday harakatlar hatto jamiyatni umumiy holatda xursandroq qilsa ham joiz emas deyishadi. 2.4-rasm. Robin Gud boylardan o'g'irlab, kambag'allarga berganida ijtimoiy adolat ta'minlanadimi? (Kredit: It's No Game/Flickr tomonidan "Robin Gud", CC BY 2.0) Albatta, o‘g‘rilikka bir zumda noto‘g‘ri ish deb munosabat bildiramiz. Libertar hukumat yoki shaxslarning bizni erkinligimizdan yoki mulkimizdan mahrum qiladigan har qanday harakatini o‘g‘rilik deb aytishi mumkin. Ammo soliqlar? Hukumat mening pulimni o‘g‘irlayabti. Atrof-muhit qoidalari? Hukumat meni o‘z mulkimni xohlaganimcha ishlatish huquqimni o‘g‘irlayabti. Tezlik va qurol cheklovlari? Haydashim yoki qurol ishlatishim boshqalarni to‘g‘ridan - to‘g‘ri xavf ostiga qo‘ymagan taqdirda hukumat meni xohlaganimcha haydashim yoki qurol ishlatish erkinligimdan mahrum qilmoqda Natijada, libertarlar ijtimoiy adolatga shaxslarning erkinligini maksimallashtiradigan va insonlarning huquqlarini himoya qiladigan siyosiy tizim va ularni(erkinlik, huquqlar) himoya qilishga bag'ishlangan hukumatning minimal xarajatlar bilan minimal qoidalar yaratishi orqali erishiladi deb da'vo qilishadi. Libertar davlat huquqlarni himoya qilish va tartibni saqlash kerak bo'lgani uchun harbiy va politsiya kuchlarini talab qiladi, va fuqarolar ushbu himoyalar uchun soliq to'lashlari kerak. Eng ashaddiy (qizg'in) libertarlarga ko'ra, deyarli boshqa barcha hukumat funksiyalari (ta'lim, so'g'liqni saqlash, va farovonlik kabilar) agar soliq talab qilsa soliq o'grilik hisoblangani uchun noqonuniy hisoblanadi. Hukumat bu tovar va xizmatlarni ta'minlab bergandan ko'ra, jismoniy shaxslar ularni ochiq bozordan harid qilishga erkinliklari bo'lishi kerak. Tarjimon: Muhammadyusuf Tursunboyev Siyosat Bo’limi Lideri: Sardor Xamdamov
Manba: https://openstax.org/books/introduction-political-science/pages/2-1-what-goals-should-we-seek-in-politics
Izoh qoldirish