- 22:58 / 05.11.2024
- , Iqtisodiyot
Iqtisodchi kim?

Iqtisodchi nima? Iqtisodchi - bu iqtisodiyot sohasi bo‘yicha mutaxassis bo‘lib, jamiyatning cheklangan resurslari bilan ularning mahsuloti, ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi munosabatni o‘rganuvchi shaxs. Iqtisodchilar iqtisodiyot ijtimoiy fanlar sohasida amaliyotchilardir. Iqtisodiyot bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishni o‘rganuvchi fan hisoblanadi. Iqtisod -bu belgilangan hudud ichida tovarlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste'mol qilish tarmog‘i yoki sohasidir. Belgilangan hudud kichik bir shahar va qishloq darajasida, yoki butun bir mamlakat va qit'a darajasida bo'lishi mumkin. Iqtisodiyot ikki kuch - talab va taklifni, ular ishlab chiqarish va iste’mol odatlariga qanday ta’sir qilishini tushunishga asoslanadi. Iqtisodchilar ushbu dinamikani o‘rganib, tadqiqot natijalarini chop etadilar, bu esa quyidagi kabi turli siyosatlarni shakllantirish uchun ishlatiladi: ● Fiskal siyosat – Hukumat xarajatlari va soliq qonunlari Iqtisodchilar odatda magistrlik yoki doktorlik darajasiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, ular odatda ma’lum bir kichik sohaga ixtisoslashadi, buni quyida batafsil tushuntiramiz. So‘rovlar o‘tkazish va iqtisodiy ma’lumotlarni yig‘ish Matematik modellar yordamida iqtisodiy ma’lumotlarni tahlil qilish Iqtisodiy ma’lumotlarni umumlashtirish va turli tomonlar foydalanishi uchun natijalar va xulosalar chiqarish Tadqiqot natijalarini hisobot yoki taqdimotlar orqali taqdim etish Bozor tendensiyalarini tahlil qilish va prognoz qilish Hukumatlar, korxonalar va shaxslarni iqtisodiy ma’lumotlardan chiqarilgan xulosalar asosida qarorlar qabul qilishda maslahat bilan ta’minlash Iqtisodiy mavzular va iqtisodiy istiqbollar haqida umumiy ma’lumot berish va maqolalar yozish Turli iqtisodiy masalalarga yechimlar tavsiya qilish Odatda, ko‘pgina iqtisodchilar hukumat tomonidan ish bilan ta’minlanadi, chunki hukumat iqtisodiyot va shaxslar hamda kompaniyalarning harakatlariga bog‘liq bo‘lgan siyosatlarni shakllantirishi kerak. Biroq, iqtisodchilar universitetlarda professor sifatida, shuningdek, korporatsiyalarda yoki ommaviy axborot vositalarida ham ishlaydi va keng jamoatchilikni iqtisodiy istiqbollar haqida xabardor qilishadi. AQSh Mehnat statistikasi byurosiga ko‘ra, iqtisodchilar haqida ba’zi faktlar quyidagicha: ● O‘rtacha maosh: yiliga $105,020 yoki soatiga $50.49 ● Odatda ishga qabul qilinish uchun daraja: Magistrlik darajasi ● Mutaxassislik bo‘yicha ish tajribasi: Talab qilinmaydi ● Ish davomida o‘qitish: Talab qilinmaydi ● Ish o‘rinlari soni: 21,000 ● Ish joylari istiqboli, 2018-2028: 8% ● Ish o‘rinlari o‘zgarishi, 2018-2028: 1,700 Iqtisodiyot bir nechta kichik yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi, jumladan: Makroiqtisodiyot Mikroiqtisodiyot Iqtisodiy siyosat Falsafiy nazariyalar Iqtisodchilar kichik sohalarga ixtisoslashishi yoki iqtisodiyotda kichik sohalar qanday birlashishi haqida umumiyroq tushunchaga ega bo‘lishi mumkin. Makroiqtisodiyot iqtisodiyotni yirik tizim sifatida o‘rganish va ishlab chiqarish, iste’mol va investitsion o‘zaro ta’sirlarni, shuningdek, ularga ta’sir etuvchi omillarni yuqori darajada tahlil qiluvchi fan deb ta’riflanadi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Yalpi ichki mahsulot (YaIM) Milliy xarajatlar Yuqoridagi mavzulardan ko‘rib chiqish mumkinki, makroiqtisodiyot iqtisodiyotni umumiy nuqtai nazardan o‘rganadi va iqtisodiyotni bir butun sifatida ko‘rib chiqadi. Mikroiqtisodiyot iqtisodiyotni individual yoki kompaniya miqyosida o‘rganish deb ta’riflanadi va pastroq darajadan qarorlar hamda cheklangan resurslarning shaxslar o‘rtasida taqsimlanishini tahlil qiladi. Makroiqtisodiyot umumiy faoliyatni o‘rganishga qaratilgan bo‘lsa, mikroiqtisodiyot shaxslar va kompaniyalar tomonidan qabul qilingan kichik qarorlarga e’tibor qaratadi. Mikroiqtisodiyotning asosi shundan iboratki, har bir shaxs o‘z foydasini maksimal darajada oshirish uchun oqilona qarorlar qabul qiladi. Foyda (yoki utilitar qiymat) shaxsning ma’lum qarorlardan oladigan “qoniqishi” deb erkin tushuniladi. Muhim farazlardan biri - bu ratsionallik bo‘lib, iqtisodchilar shaxslar barqaror, to‘liq va tranzitiv afzalliklarga ega, deb taxmin qilishadi. Iqtisodiy siyosat iqtisodiy nazariyalar va hukumat siyosatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganadi. Hukumat barcha fuqarolar farovonligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgani uchun iqtisodiyotni o‘rganish shaxslarning o‘zaro munosabatlari va ularning ehtiyojlari va istaklarini anglashda juda foydali hisoblanadi. Bu hukumat byudjetlari, soliqlar, foiz stavkalari, pul massasi, mulkchilik qonunlari bilan bog‘liq tizimlarni yaratishda va mehnat bozorini boshqarishda yordam beradi. Iqtisodiyot bilan bog‘liq bir nechta falsafiy qarash maktablari ham mavjud. Eng mashhurlari quyidagilardir: Kapitalizm – Bozor iqtisodiyoti deb ham ataladi, unda tovarlar va resurslar kapital bozorlari va moliyaviy bozorlar tomonidan taqsimlanadi Fashizm – Kapitalizm va sotsializm o‘rtasidagi o‘rta yo‘lni tanlaydi, unda davlat subsidiyalari orqali shaxsiy foyda qo‘llab-quvvatlanadi Sotsializm – Ishlab chiqarish vositalarining ijtimoiy yoki kooperativ egalik asosida bo‘lishiga asoslangan Kommunizm – Ishlab chiqarish vositalarining barcha turlarining jamoaviy yoki davlatga tegishli egalikka asoslangan Tarjimon: Jonibek Mirahmedov Iqtisodiyot Bo’limi Lideri: Xojiakbar TursunmuhammatovIqtisodchilar tarifi
● Pul-kredit siyosati – Markaziy bank faoliyatlari, masalan, foiz stavkalarini belgilash va pul massasini nazorat qilish
● Xalqaro savdo kelishuvlari – Chegaralararo erkin savdo yoki tariflar, kvotalar va boshqa hukumat cheklovlarini joriy qilish
● Korporativ strategiyalar – Aksiyadorlar boyligini maksimal darajada oshirish uchun qabul qilinadigan loyihalar haqidagi qarorlarIqtisodchilar nima ish qilishadi?
Iqtisodchilar quyidagi kabi turli vazifalarni bajaradilar:
Iqtisodchilar haqida faktlar
Iqtisodchilar o‘rganadigan sohalar
Makroiqtisodiyot
Ishsizlik darajasi
Milliy daromad
Umumiy ishlab chiqarish
Umumiy iste’mol
Ishsizlik
Milliy jamg‘arish
Milliy investitsiya
Inflyatsiya
Xalqaro savdoMikroiqtisodiyot
Iqtisodiy siyosat
Falsafiy nazariyalar
Izoh qoldirish