Iqtisod nima?

Iqtisod bu resurslarning (masalan, vaqt, pul, xomashyo yoki tovarlar) cheklanganligini va resurslardan foydalanish ta'siri bilan bog'liq jihatlarni, xizmatlar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni, vaqt o‘tishi bilan ishlab chiqarish va farovonlikning o‘sishi, va jamiyat uchun nihoyatda muhim bo‘lgan boshqa murakkab masalalarning katta xilma-xilligi o‘rganadigan fan. 


Ta’rif


Iqtisod – bu faqat raqamlar emas

Iqtisod — bu boshqa ko‘plab sohalarga daxldor ijtimoiy fan, shu jumladan siyosatshunoslik, geografiya, matematika, sotsiologiya, psixologiya, muhandislik, huquq, meditsina va biznes. Iqtisodiyotning asosiy maqsadi resurslarni shaxsiy va ijtimoiy maqsadlarni qondirish uchun eng mantiqiy va samarali tarzda foydalanishni aniqlashdir. Ishlab chiqarish va bandlik, investitsiya va tejash, sog‘liq, pul va bank tizimi, davlatning soliq va xarajatlar bo‘yicha siyosati, xalqaro savdo, sanoat tashkiloti va tartibga solish, shaharlashtirish, atrof-muhit masalalari va huquqiy masalalar (masalan, mulk huquqlarini belgilash va amalga oshirish) — bular iqtisodiyot fanining asosiy masalalaridan faqat bir nechtasi edi xolos.


Shaxsiy iqtisodiyot (Microeconomics)

Mikroekonomika individual inson harakatlarining oqibatlarini o‘rganadi va shaxsning moliyaviy farovonligi uchun juda muhimdir. Shaxsiy resurslar ham cheklangan! Har bir odam uchun doim qo‘shimcha bir dollar, vaqt yoki yangi ko‘nikma kerak bo‘lishi mumkin. Resurslarini eng qoniqarli tarzda taqsimlash shaxr uchun juda muhimdir va taqsimlash muammolarini o‘rganish kunlik va umrbod qarorlar qabul qilish qobiliyatini oshiradi. Kundalik iqtisodiy masalalarga quyidagilar kiradi: Yangi mashina olish uchun naqd pul to‘laymanmi, qarz olamanmi yoki ijaraga olamanmi? Uy-joy krediti olishim kerakmi yoki fond bozoriga investitsiya qilamanmi? Iqtisodchilar o‘z hayotlarida bunday qarorlarni qabul qilishni bilishadi va boshqalarga shaxsiy yoki professional darajada maslahat berishlari mumkin.


Universal iqtisodiyot (Macroeconomics)

Makroiqtisodiyot inflyatsiya, narx darajasi, o‘sish sur’ati, milliy daromad, yalpi ichki mahsulot va bandlik darajasi o‘zgarishi kabi omillarni o‘z ichiga olgan holda iqtisodiyotning umumiy xatti-harakatlarini o‘rganadi. Iqtisodchilari javob va yechim izlaydigan muhim savollarga misol: “AQSh kabi boy mamlakatda nima uchun ko‘plab odamlar band emas?” va “AQShda qancha pul muomalada bo‘lishini kim belgilaydi?” Siyosatchilardan tortib, o‘qituvchilarga, jurnalistlarga va shahar rejalashtiruvchilarigacha, makroiqtisodiyotni chuqur tushunish rahbarlik ko‘nikmalariga, qaror qabul qilishga va gullab-yashnayotgan ijtimoiy kelajakni rejalashtirish qobiliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 

Iqtisodiyot - siz uchun

Agar siz boylik, qashshoqlik, o‘sish, savdo, pul, ish o‘rinlari, daromad, inqiroz, narxlar va monopoliyalarni tushunmoqchi bo‘lsangiz, hamda dunyoning har kuni qanday ishlashini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, iqtisodiyotning murakkab sohasi sizni hayratga solishi aniq!



Tarjimon: Sabina Boboyeva

Iqtisodiyot Bo’limi Lideri: Xojiakbar Tursunmuhammatov Manba: What is economics? University of Buffalo.


2 ta izoh:

Izoh qoldirish