- 22:42 / 02.02.2025
- , Siyosat
Jamoatchilik fikri

"Jamoatchilik Fikri: Haqiqatan Ham
Fikrlarimizda Erkinmizmi?"
Ushbu
maqolani o'qib chiqqaningizdan so'ng, quyidagilarni bilib olasiz:
● Jamoat fikrini aniqlash.
● Jamoat fikrining turli xil turlarini
tasniflash.
● Shaxsning fikrini shakllantiruvchi tashqi ta'sirlarni batafsil tushuntirish.
Siyosiy Ishtirok
Siyosiy
ishtirok - bu demokratiyaning mustahkamligini o'lchashning muhim mezonidir,
chunki ommaviy faollik uning qonuniylik manbai sifatida xizmat qiladi. Biroq,
jamoattan hukumatni boshqarish mas'uliyatini o'z zimmalariga olishini kutish
mumkin emas. Odamlar ish, oila va boshqa muhim tashvishlarga ega, va har doim
biror darajada ishtirok etish muhim bo'lsa-da — masalan, ovoz berish,
rasmiylarga xat yozish yoki siyosat haqidagi yangiliklarni o'qish orqali — biz
jamoat manfaatlarini ifodalash va biz tushunmaydigan sohalarda mutaxassislar
yondashishini kutishimiz kerak. Jamoat vakillarini saylash orqali
biz, masalan, muayyan sohalarda bilim va ekspertizaga ega bo'lgan shaxslarning
fikrlarini eshitishni istaymiz. Biroq, saylangan vakillar bizning nimani
xohlayotganimizni qanday bilishadi? Ovoz berish albatta, odamlar qanday fikrda
ekanliklarini tushunish uchun yaxshi ko'rsatkich bo'lsa-da, bu hukumat uchun
ba'zi muammolar bo'yicha ommaviy kayfiyatni to'liq tushunish uchun yetarli
bo'lmaydi. Mana shunday holatlarda, jamoat fikri tushunchasi juda muhimdir.
Odamlarning nima istayotganini o'lchay olish, demokratik tuzum orqasidagi
asosiy mantiqni tashkil qiladi.
Jamoatchilik Fikri Nima?
Jamoatchilik
fikri — bu biror masala yuzasidan individual qarashlarning yig'indisidir. Hamma
odamlar ham barcha mavzularda fikrga ega emas, shuning uchun jamoat fikrini
yana bir tarifini, bu oddiy fuqarolarning ochiq-oshkora ifodalashga tayyor
bo'lgan qarashlari deb aytish mumkin. Odamlarning fikrlari turli sabablarga
ko'ra o'zgarishi mumkin, shuning uchun ijtimoiy fikr so'rovi bu odamlarni sorov
o'tkazilgan vaqtidagi kayfiyatni o'lchaydi. Jamoat fikrini o'lchash orqali,
saylangan vakillar xalq muayyan muammo yuzasidan nima qilinishi kerak deb
hisoblashini bilib olishadi.
Ko'pchilik Fikri
Ba'zi masalalar bor, unda jamoatning
ko'pchiligi bir xil fikrni bildiradi, bu ko'pchilik fikri deb ataladi. Masalan, 2020-yilgi Garvard Universiteti
so'rovnomasida:
●
Amerikaliklarning 80 foizi "Bizning
erkinliklarimiz bo'lmasa, Amerika hech narsa emas" degan fikrga
qo'shilgan.
●
93 foizi toza havo va suv asosiy huquqlar deb
hisoblashlarini aytgan.
●
92 foizi sifatli ta'lim olish huquqini
qo'llab-quvvatlagan.
●
92 foizi irqiy tenglikni qo'llab-quvvatlagan.
●
89 foizi arzon va sifatli sog'liqni saqlash huquqini
qo'llab-quvvatlagan.
Har bir
raqam so'rovga javob berganlarning 50 foizidan ko'prog'ini tashkil qilganligi
sababli, bu qarashlar ko'pchilik fikrini ifodalaydi. Ammo, bu odamlarning
ko'pchiligi barcha masalalar bo'yicha fikrlarga ega yoki hamma masalada bir xil
nuqtai nazarga egaligini anglatmaydi. Masalan, fermer federal qishloq
xo'jaligidagi subsidiya dasturlari haqida aniq fikrga ega bo'lishi mumkin, ammo
stomatolog bunday fikrga ega emas. Stanford Universiteti profesori Jon
Krosnikning yozishicha, "Amerika fuqarolari jamoat siyosati masalalariga
bo'lgan munosabatlarida shaxsiy ehtiyojlari nuqtai nazaridan tubdan farq
qiladi."
Izoh qoldirish