Kapitalizm va Ijtimoiy Tenglik: Markaziy So‘lning Asosiy Tamoyillari

Kapitalizm va Ijtimoiy Tenglik: Markaziy So‘lning Asosiy Tamoyillari

Hukumatning tabiiy qonunlar yoki muayyan hududdagi uzoq davom etgan an’analar asosida axloqiy-an’anaviy me’yorlarni qo’llab-quvvatlash zarurligini ta’kidlaydigan siyosiy fikr maktabi ijtimoiy konservatizm deb ataladi. Mo’tadil ijtimoiy konservatorlar bu umumiy fikrga rioya qilishadilar, ammo ko‘pchiligi diniy ta'limotni bevosita fuqarolik qonunchiligiga integratsiya qilishni talab qilmaydi. Odatda, ular ijtimoiy konservativ qadriyatlarni tabiiy qonunlarga asoslanib yoki mahalliy urf-odatlar va an'analarga, ayrim hollarda esa chuqur ildiz otgan diniy qadriyatlarga tayanib qo‘llab-quvvatlashni afzal ko‘radilar. Garchi ular shaxsiy erkinlikni qo’llab-quvvatlashsada,ular, Lokkning so’zlariga ko’ra, erkinlikning axloqsiz xatti-harakatlarga ruxsat berishiga yo’l qo’ymaslikka harakat qiladilar.

Ijtimoiy konservatizmning mo’tadil shakli shaxsiy avtonomiya huquqlarining ba’zi kengayishlarini,masalan, bir jinsli juftliklarning fuqarolik ittifoqlari yoki hatto fuqarolik nikohlarini amalga oshirish huquqini qabul qiladi. Shu bilan birga, ular hukumat tomonidan noan'anaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlashning yanada kengayishiga chek qo‘yishga intiladilar. Mo’tadil ijtimoiy konservatorlar zamonaviy maktablarni bolalarda axloqiy fazilatlarni shakillantirishda nisbatan sust ishlayotganini ko’radilar va maktablarda xarakter tarbiyasini yaxshilashga intiladilar — bu da'vo Aristoteldan beri mavjud bo‘lgan fikrga asoslanadi.

AQSHda mo’tadil ijtimoiy konservatorlar ko’pincha “sud faoliyatidan” xavotirlanadilar-ya’ni, sudlar ijtimoiy konservatorlar fikricha, Konstitutsiyaning mazmunini ijodiy qayta talqin qilish orqali ishlarni hal qilayotgan hollar. Ijtimoiy konservatorlar bunday faoliyatni sudyalarning konstitutsiyaviy vakolatlaridan tashqariga chiqishi deb biladilar. Ushbu konservatorlar ko‘pincha originalizmni qo‘llab-quvvatlaydilar, ya'ni Konstitutsiyani uning qabul qilingan davridagi ma'nosi asosida talqin qilish g‘oyasini. AQShdagi aksariyat mo‘tadil ijtimoiy konservatorlar Konstitutsiyaning mualliflari davlat hukumatlariga axloqiy standartlarni qo‘llab-quvvatlash vakolatini berganligini ta’kidlaydilar, bu esa shaxsiy erkinlikning ayrim shakllarini (masalan, pornografiya ishlab chiqarish va tarqatish) taqiqlashni o‘z ichiga oladi.Shu sababli, ijtimoiy konservatorlar Roth v. United States (1957) kabi oliy sud qarorlarini, ya'ni birinchi tuzatish asosida pornografiyani qonuniylashtirgan qarorlarni, an’anaviy axloqni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini cheklovchi sud faoliyati shakli deb biladilar. Ular bu qarorlarni pornografiyaga qarshi uzoq muddat davom etgan qonunlarni bekor qilish va davlat hukumatlarining demokratik saylovlar orqali eng samarali axloqiy tizimni belgilash imkoniyatlarini zaiflashtirish deb baholaydilar.  

Shuni ta’kidlash kerakki, boshqa siyosiy mafkuralar tarafdorlari ham ba’zida sudlarning ishlarni hal qilish va o‘z mafkuralariga zid bo‘lgan qonunlarni bekor qilish usullaridan shunga o‘xshash xavotirga ega bo‘ladilar.

Markaziy o‘ngning mo‘tadil iqtisodiy libertarizm va mo‘tadil ijtimoiy konservatizmni birlashtirgan fikr tarzi Ikkinchi Jahon Urushidan keyingi o‘n yilliklarda AQShda Respublikachilar Partiyasida hukmron ideologiya sifatida paydo bo‘ldi va shu tariqa qolib kelgan.


Demokratik Liberalizm va  Markaziy So’l

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi zamonaviy Demokratik partiyaning g‘oyaviy asosini  markaziy so’l demokratik liberalizm tashkil etadi.  Markaziy o’ng kabi, markaziy so’l  ham John Lockega aloqador va XIX-XX asrlarda shakllangan.  Markaziy so’l qarashni Kanadadagi  Markaziy So’l partiya — Liberal partiya misolida ham ko‘rish mumkin.

 Markaziy so’l qarashlar shaxsiy erkinlikni maksimal darajada ta’minlashni maqsad qiladi, lekin bu keng erkinlikni jamoat ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga oshirishga intiladi.  Markaziy so’l   qarash tarafdorlari shaxsiy erkinlikni keskin kengaytirishga yo‘naltirilgan choralar, masalan, og‘ir giyohvand moddalar va fohishalikni qonuniylashtirishdan saqlanadi. Biroq, ular John Stuart Millning "zarar tamoyili"ga yaqin yo‘naltirilgan holda harakat qiladilar, ya’ni boshqa shaxsga zarar etkazmaslik sharti bilan shaxsiy avtonomiyani kengaytirishga intiladilar. 

 Markaziy so’l qarashda yana bir muhim nuqta sud hokimiyatining rolini e’tirof etishidir. Sud Konstitutsiya matnini zamonaviy tenglik tushunchalariga mos ravishda talqin qilishi kerak, deb hisoblanadi. Oliy sud sudyasi Uilyam Brennan (1906–1997) Konstitutsiyani “tirik hujjat” deb atagan va uning so‘zlarini zamonaviy tenglik muammolarini hal qilish uchun qayta izohlash zarurligini ta’kidlagan.

 Markaziy so’l qarash, markaziy o’ng qarash singari, xususiy mulk va erkin bozor kapitalizmiga asoslangan iqtisodiy tizimni qo‘llab-quvvatlaydi. Lekin  markaziy so’l qarash kapitalizmga jamiyatdagi eng nochor tabaqaning sharoitlarini yaxshilash nuqtai nazaridan qaraydi. U kapitalizmning yangi sohalar yaratish va iqtisodiy jihatdan nochor odamlarga yaxshi haq to‘lanadigan ish o‘rinlari taklif qilish qobiliyatini e’tirof etadi. Bundan tashqari,  markaziy so’l qarash  markaziy o’ng qarash va klassik liberalizmdan ko’ra  hukumatning eng pastki qatlam uchun ijtimoiy kamchiliklarni kamaytirishga qaratilgan faol rolini qo‘llab-quvvatlaydi. Unda kollej ta’limini kam daromadli oilalar uchun arzon yoki bepul qilish uchun davlat grantlarini, hamda arzon tibbiy xizmatlarni kengaytirishga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, meros va kapital hajmiga solinadigan soliqlarni oshirish, shaxsiy va korporativ soliq stavkalarini yuqori daromadli kishilarga yo‘naltirish, va yig‘ilgan soliq tushumlarini ijtimoiy tenglikni yaxshilash uchun ishlatishni qo‘llab-quvvatlaydi. Lekin markaziy so’l qarash ta’rafdorlari to‘liq sotsializm g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamaydilar, hukumatning kambag’allik va tengsizlikni nazorat qilishda rolini cheklangan, biroq muhim deb hisoblaydilar.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida  markaziy so’l qarashning so‘nggi tendensiyalaridan biri federal hukumatda ko‘pchilik boshqaruvini kuchaytirish zarurligini ta’kidlashdir. AQSh Konstitutsiyasi prezidentni saylashda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘pchilik ovozidan foydalanish o‘rniga Electoral Collegeni yaratgan. Bu jarayon ko‘p ovoz olmagan nomzodning ham prezidentlikka saylanishiga imkon beradi. Transport vaziri Pete Buttigieg o‘zining 2020 yildagi “Trust” asarida prezidentlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘pchilik ovozi bilan saylash uchun Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish, ya’ni Elektoral kollejni tugatish zarurligini ilgari suradi.

Tarjimon: Dilnavoz Juraeva

Izoh qoldirish