- 03:36 / 19.11.2024
- 03:03 / 05.12.2024
- , Siyosat
Klassik Liberalizm nima?

Klassik Liberalizm Nima? Klassik liberalizm – bu tabiiy huquqlar, cheklangan hukumat va kapitalizm tamoyillarini birlashtirgan mafkura tizimi. Kapitalizm – bu xususiy mulkka asoslangan va insonning o‘z boyligi yoki iste’dodini foyda olish uchun sarmoya qilish erkinligini ta’minlaydigan iqtisodiy tuzumdir.Klassik liberalizm kapitalizmni nafaqat davlat ichida, balki xalqlar o‘rtasidagi erkin savdoda ham qo‘llab-quvvatlaydi, faqat bu savdo tabiiy qonunlarning axloqiy chegaralari doirasida olib borilgan bo‘lishi kerak.Jon Lokkning fikricha, klassik liberalizm erkinlikni qo‘llab-quvvatlaydi, ammo “axloqiy ijozat”ni qo‘llab-quvvatlamaydi. Ya’ni, bu boshqalarning huquqlariga, insonning o‘ziga yoki jamiyatning tinchligi va farovonligi asoslariga zarar yetkazadigan erkinlikni qabul qilmaydi. Klassik liberalizm inqilobiy edi. U Angliyada Qirol Jeyms II ni taxtdan ag‘darishga turtki bo‘lgan va AQSh Mustaqillik Deklaratsiyasi hamda Amerika inqilobiga (1776–1783) ta’sir ko‘rsatgan.Keyinchalik bu mafkura hukumatning vakolatlarini suiste’mol qilishining oldini olish uchun eng samarali boshqaruv shakllarini izlashga ilhomlantirdi. Ayrimlar saylash huquqini kengaytirish orqali odamlarning hokimiyatni suiste’mol qilishiga qarshi turish imkoniyatini oshirishini ta’kidlashgan. Shu sababdan, AQSh Konstitutsiyasini tuzganlar, odatda, mulkdor barcha erkak fuqarolar vakillarga ovoz berish huquqiga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblashgan.Benjamin Franklin esa bundan ham uzoqqa borib, barcha oq tanli erkak fuqarolarga ovoz berish huquqini berishni taklif qilgan, bu pozitsiyani AQSh 1830-yillarga kelib qabul qilgan.Saylash huquqini kengaytirish tarafdorlari, barcha ma’lum yoshga yetgan fuqarolar (jinoyatchilar bundan mustasno) ovoz berish huquqiga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblashgan, chunki hech kim o‘z huquqlarini shaxsning o‘zidan yaxshiroq himoya qila olmaydi. Shu fikrlarga asoslanib, ovoz berish huquqining siyosiy tenglikning ramzi sifatida ichki qiymati qadrlanishiga doir dalillar paydo bo‘ldi. 1870 yilda AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan 15-o‘zgartirish qora tanli amerikaliklarning ovoz berish huquqini kengaytirdi, 1920 yilda esa 19-o‘zgartirish ayollarga ham shu huquqni berdi. Ingliz yozuvchisi Jon Styuart Mill (1806–1873) Ayollarning Quyi Tutilishi (1869) asarida klassik liberalizm asosida shakllanayotgan jamiyatlardagi huquqlarga ayollarning to‘liq qo‘shilishini talab qilgan. 1859 yilda Mill Erkinlik Haqida nomli kitobini nashr etdi, unda zamonaviy jamiyatlar individual erkinlik qadriyatiga bo‘lgan sadoqatlarini kengaytirishi kerakligini ilgari surdi. Millning fikricha, hatto keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlangan buyuk rahbarlar ham katta xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Shu sababdan, barcha qarashlar, hattoki ommabop bo‘lmagan g‘oyalarning ham ochiq muhokama qilinishi jamiyat foydasiga xizmat qiladi. Erkinlik nafaqat nutq va matbuot erkinligida, balki kattalar o‘z erkinliklarini amalga oshirishni qonun cheklamasligida ham kengaytirilishi kerak, hatto bu harakatlar ularga shaxsiy zarar keltirsa ham. Ammo bu erkinlik boshqalarga zarar yetkazmasligi lozim.Jon Styuart Mill va Shaxsiy Erkinlikning Kengayishi
Tarjimon: Ibrohim Asrorov
Siyosat Bo’limi Lideri: Sardor Xamdamov Manba: https://openstax.org/books/introduction-political-science/pages/3-3-the-development-of-varieties-of-liberalism
Izoh qoldirish