Lenin, Stalin va Marksizm: Inqilobga Yondashuvlar

Gramschi va Lenin: Marksizmning Madaniyat va Inqilobga Yondashuvlari


Italiyalik Marksist Antonio Gramsci (1891–1937) ishlab chiqarish vositalariga egalik qiluvchilar madaniyatni ishchilarga qarshi qurol sifatida ishlatishini ta’kidlagan. Ular ommaviy axborot vositalari, cherkovlar va maktablar orqali madaniy me’yorlar to‘plamini yaratib, Gramsciyning ta’kidlashicha, hegemoniyani — ya’ni hukmron madaniyat orqali hukmronlik qilishni e’lon qiladilar. Hegemonik madaniy me’yorlar inqilobchi bo‘lishni qabul qilinmas deb hisoblaydi va ishchilarni hayotdagi holatiga rozi bo‘lishga undaydi, ya’ni ularning kichik shaxsiy mulk va shaxsiy hayotlaridagi erkinliklaridan mamnun bo‘lishini, va ularni zulmlaridan chalg‘itadigan, iqtisodiy tenglikni iqtisodiy imkoniyatlar deb ko‘rsatadigan rag‘batlantiruvchi ko‘ngilochar dasturlarni qabul qilishini ta’kidlaydi. Hegemonik madaniyat, shuningdek, vatanparvarlikni ulug‘laydi, bu esa egalar va ishchilar bir jamoada ekanliklari haqidagi xayoliy hisni yaratadi. Marksistlar uchun eng xavflisi, boy elita tomonidan yaratilgan hukmron madaniyat diniy e’tiqodlar va amallarni mustahkamlashi, bu esa ishchilarning zulmiga e’tiborni chalg‘itib, shaxsiy mulk tizimida passivlikni tarbiyalaydi, masalan “o‘g‘rilik qilma” kabi buyruqlarni targ‘ib qilish orqali. Gramsci o‘zining Qamoqxona Daftarchalarida kommunizm siyosiy g‘oyasi “maktablar, universitetlar, cherkovlar va ommaviy axborot vositalari orqali jamiyat ongini o‘zgartirish orqali madaniyatni qo‘lga kiritganidan keyin g‘alaba qozonadi,” deb ta’kidlaydi. Bu madaniyatni ishlab chiqaruvchi institutlarni qo‘lga kiritish orqali boy elita madaniyatni o‘zgartirishi mumkin, va, shu tufayli jamiyat kommunistik inqilobni to'xtatadigan xulq-atvor va fikrlash normalarini rag'batlantiradigan bo'ladi.


Rossiyalik Marksist Vladimir Lenin (1870–1924) Evropaning sanoatlashgan mamlakatlarida inqilobning amalga oshmasligi sababiga boshqa bir javob ishlab chiqdi. Lenin ishchilar uchun avangard kerakligini ta’kidlagan, ya’ni ular nomidan davlatni egallab, iqtisodiyotni boshqarish uchun o‘zini bag‘ishlagan shafqatsiz inqilobchilar guruhi. Avangardsiz, iqtisodiyotni nazorat qiluvchi kapitalistik kuchlar har doim, Leninga ko'ra-huddi Germaniyada bo'lgani kabi, omma qashshoqlanishining oldini olish imkoniyatiga ega bo‘lardilar. Boshqa tomondan, kichik bir guruh bag‘ishlangan faollar o‘zlarining inqilobiy ehtirosi bilan hokimiyatni egallab, keyin ishchilar nomidan kapitalistik davlatni qulatish uchun harakat qilishi mumkin edi.


Lenin bu pozitsiyani Rossiyada, sanoat asbob-uskunalari jihatidan kam rivojlangan davlatda qo‘llab-quvvatlagan. 1917 yil noyabrda Rossiyada hokimiyatni egallagan Leninistlar, odamlar o‘zaro muhim vazifalarni baham ko‘rishni tabiiy deb bilishlari uchun juda unumdor texnologiyalar zarur deb hisoblardilar. Ularning asosiy vazifalari tezkor sanoatlashuv, ishchilar orasida ongni oshirish va kommunizmga qarshi bo‘lgan kuchlarni bostirish edi. Lenin hali ham xalqaro qarashlarga ega edi va sanoatlashgan dunyoda parallel inqiloblarni ko‘rishni orzu qilardi.


Leninning 1924 yildagi vafotidan so‘ng, uning merosxo‘ri, Iosif Stalinning va keyinchalik Sovet Ittifoqi rahbarlarining bu maqsadlarni yanada ekstremal darajaga olib chiqdilar, Markksist g‘oyasiga qat’iy rioya qilishni talab qilib, hayotlar yoki tabiiy muhitga zararlari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Rossiyaning sanoatini qurish uchun davlat tomonidan mobilizatsiya qilingan majburiyatlarni amalga oshirdilar. Stalin, Sovet Ittifoqidan tashqaridagi davlatlarda ishchilar inqiloblari yuzaga kelishi uchun juda uzoq vaqt kerak bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab, shu bilan birga, Rossiyada umumiy boylik va kollektiv farovonlikka asoslangan jamiyatni qurish mumkin degan g'oyani ilgari surdi. Sovet Ittifoqi, Leninning kapitalistik davlatlardan kelishi kutilgan chet el aralashuvlaridan o‘zini himoya qila olardi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida, Stalin boshchiligidagi Sovet Ittifoqi hukumati amalda totalitarizm shakliga aylandi, unda davlat o‘z fuqarolarining barcha hayotini o‘z maqsadlariga erishish vositasi sifatida nazorat qilishga intildi.


Tarjimon: Muhammadyusuf Tursunboyev

Siyosat Bo’limi Lideri: Sardor Xamdamov Manba: https://openstax.org/books/introduction-political-science/pages/3-4-nationalism-communism-fascism-and-authoritarianism


Izoh qoldirish