Marginal tahlil

 Marginal tahlil degani– qo‘shimcha biror narsani qo‘shish yoki kamaytirish natijasida nima o‘zgarishini ko‘rishdir. Bu tahlil orqali qo‘shimcha ishlab chiqarish yoki qo‘shimcha xarajat qilish foydali yoki zararli ekanini aniqlash mumkin.


 Qani keling, endi marginal tahlilni chuqurroq o’rganamiz. 

 Mikroiqtisodiyotda ko‘pchilik qarorlar odatda ma’lum bir faoliyat yoki harakatning foydasi, uning xarajatlaridan ko’p bo’lishiga qarab qo’yiladi, va mana shu yerda marginal tahlil juda ham qo’l keladi. Masalan tasavvur qiilaylik investor ikkita potentsial investitsiyaga duch kelgan, ammofaqat bittasiga sarmoya kiritish uchun resurslarga ega. Sarmoyador eng yuqori daromad salohiyatiga ega variantni aniqlash uchun har ikki investitsiyaning xarajatlari va foydalarini taqqoslash uchun marjinal tahlildan foydalanishi mumkin.

 Marjinal tahlildan foydalanish

 Quyida marjinal tahlilning ikkita keng tarqalgan qo‘llanilishi keltirilgan: 
 1. Kuzatilgan o‘zgarishlar Marjinal tahlildan ish boshqaruvchilar kuzatilgan o‘zgarishlari asosida tajribalar yaratishda foydalanishlari mumkin. Masalan, marginal tahlil ma’lum foizda ishlab chiqarishni ko‘paytirishning xarajatlar va daromadlarga ta’sirini baholash uchun ishlatilishi mumkin. Xo’sh foyda qachon sodir bo’ladi? Foyda qachonki marginal xarajat kamayganida yoki bo’lmasa umumiy foyda sarflangan xarajatdan oshib ketganida keladi. Agar bu narsa ijobiy natija bersa,ya’ni foyda olaversangiz toki salbiy natijaga erishilgunga qadar, ya’ni foyda olishni to’xtatguningizga qadar bosqichma-bosqich harakatlar amalga oshiriladi. 

2. Harakatning alternativ xarajati Menejerlar muntazam ravishda mavjud variantlar orasida tanlov qilishlari kerak bo‘lgan vaziyatlarga duch kelishadi. Misol uchun, aytaylik, kompaniyada bitta bo‘sh ish o‘rni mavjud va ular kichik ma’mur yoki marketing bo‘yicha menejerni tanlash imkoniyatiga ega. Marjinal tahlil kompaniya o‘sishi uchun resurslarga ega ekanligini va bozor to‘yinganligini ko‘rsatishi mumkin. Natijada marketing menejerini ishga olish ma’murga qaraganda ko‘proq daromad keltiradi. 

 Qaror qabul qilishda marginal tahlil qoidalari

 Foydani maksimallashtirishning ikkita qoidasi mavjud bo‘lib, ular marjinal tahlilni qarorlarni mikroiqtisodiy tahlil qilishning asosiy tarkibiy qismiga aylantiradi. Ular: 
 1. Muvozanat qoidasi Birinchi qoidaga ko‘ra, faoliyat uning marginal xarajati marginal daromadiga teng bo‘lguncha davom ettirilishi lozim. Bunday nuqtada marginal foyda nolga teng bo‘ladi. Marjinal foyda bu iste’molchi tomonidan xarajatlar qiymati qanday o‘zgarishi, va marjinal xarajat esa ishlab chiqaruvchi tomonidan xarajatlar qiymati qanday o‘zgarishidir. Muvozanat qoidasi shuni anglatadiki, birliklar muvozanat nuqtasigacha keladi, bu yerda birlikning marjinal daromadi ushbu birlikning marjinal qiymatiga teng bo’ladi. 

 2. Samarali taqsimlash qoidasi Marjinal tahlildan foydalangan holda foydani maksimallashtirishning ikkinchi qoidasiga ko‘ra, faoliyat har bir harakat bir xil marjinal daromad keltirmaguncha amalga oshirilishi kerak. Qoida bir nechta mahsulotni ishlab chiqaradigan kompaniya ikkita ishlab chiqarish faoliyati o‘rtasida har bir birlik uchun teng marjinal foydani ta’minlaydigan omilni ajratishi kerak degan fikrga asoslanadi. Agar bunga erishilmasa, foydani eng yuqori marjinal foydaga ega bo‘lgan faoliyatga ko‘proq va boshqa faoliyatga kamroq mablag‘ ajratish orqali amalga oshirish mumkin. 

Marginal tahlilning kamchiliklari 

 Marjinal tahlilga qarshi tanqidlardan biri shundaki, marjinal ma’lumotlar odatda faraziy bo‘lib, qaror qabul qilish paytida marjinal xarajatlar va ishlab chiqarishning haqiqiy manzarasini taqdim eta olmaydi. Shuning uchun ba’zan yaxshi qarorni qabul qila olmaydi, chunki aksariyat qarorlar o‘rtacha ma’lumotlar asosida qabul qilinadi. Marjinal tahlilning yana bir cheklovlari shundaki, iqtisodiy subyektlar haqiqiy natijalarga emas, balki kutilayotgan natijalarga asoslanib qarorlar qabul qiladilar. Agar kutilayotgan daromad o’ylagandek amalga oshirilmasa, marjinal tahlil keraksiz bo‘lib chiqadi. 

 Masalan, kompaniya yangi ishlab chiqarish liniyasini ishga tushirishga qaror qilishi mumkin, bunda marginal tahlil prognoziga ko‘ra daromadlar ushbu liniyani ochish xarajatlaridan oshib ketadi. Ammo, agar yangi ishlab chiqarish liniyasi kutilgan marginal xarajatlarga javob bermasa va zarar bilan ishlasa, demak, tahlil noto‘g‘ri taxminlarga asoslangan bo’ladi. 

 Tarjimon: Malika Salimova 
 Iqtisodiyot bo'limi lideri:  Xojiakbar Tursunmuhammatov
 Manba: CFI Team

Izoh qoldirish