- 03:42 / 05.12.2024
- , Siyosat
Markaziy O‘ngning Liberalizmga Ta’siri: Siyosiy Fuzionizm Namoyonoti

Zamonaviy Demokratik Liberalizm
1970-yillarning o'rtalarida Portugaliya avtoritarizmga qarshi o'zgardi va demokratik saylovlarni tashkil etadigan konstitutsiyani qabul qildi. Bu hodisa uchinchi demokratiyalashuv to'lqini deb ataladi, 1970-yillarda boshqa ko'plab avtoritar rejimlar, ayniqsa Ispaniya, Tayvan va Janubiy Koreya ham bu o'zgarishni amalga oshirdi. 1990-yillarning boshiga kelib, Sovet Ittifoqi va Sharqiy Yevropadagi boshqa kommunistik davlatlar ham qulab tushdi.
20-asrda klassik liberalizmning kapitalizm va individual huquqlarni qoʻllab-quvvatlashini teng munosabatda boʻlish va saylangan vakillar orqali demokratik qarorlar qabul qilishni yuqori eʼtibor bilan birlashtirgan demokratik liberalizm AQSh, Kanada, Yevropa, va Janubiy Koreya va boshqa bir qator davlatlarrda siyosiy fikrning asosiy shakliga aylandi. Demokratik liberalizm, Demokratik partiya bilan aralashtirilmasligi kerak, bu bir ideologiya bo'lib, faqat bir siyosiy partiya bilan cheklanmaydi.
Bevosita demokratiyaga, ya'ni aholining siyosiy masalalarni bevosita ko'pchilik ovoziga asoslanib hal qilishiga nisbatan shubha bildirgan holda, demokratik liberalizm aholi nomidan ish ko'radigan vakillarni saylashga e'tibor qaratadi. Aholi va siyosiy qarorlar orasidagi bu masofa, bevosita demokratiyada ko'pchilik kamchilikdagi guruhlarning huquqlarini cheklashidan xavotirlaniladi. Demokratik liberalizm sudlarni ba'zi qarshi-kengash vakolatlariga ega bo'lishini, ya'ni ko'pchilikning huquqbuzarliklaridan ozchiliklarni himoya qilishini ko'zda tutadi. Maxsus tizimlar farq qilishi mumkin bo'lsa-da, ko'plab demokratik liberal tuzilmalar hukumatning hokimiyatlari, qonunchilik va ijroiya organlari bitta hukumat tashkilotining qo'lida bo'lmasligi uchun aralash hukumat shaklini qabul qiladi.
Shuningdek, demokratik liberalizm hukumatning iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish uchun ayrim chora-tadbirlarni amalga oshirishini, masalan, ishsizlar uchun ijtimoiy himoya tarmog'ini taqdim etish va merosni soliqlashni qo'llab-quvvatlaydi. Demokratik liberalizm kapitalistik iqtisodiy tizimda qolgan holda, davlatning milliy iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda muhim rol o'ynashini ta'kidlaydi.
20-asrning ikkinchi yarmida, demokratik liberalizmning ikkita asosiy ifodasi G'arb mamlakatlarida yuzaga keladi: markaziy o'ng va markaziy chap. Vakolatli demokratiya, shaxsiy huquqlar va kapitalizmga asoslangan erkin bozor iqtisodiyotiga bo'lgan umumiy sadoqatlari tufayli markaziy o'ng va markaziy so’l - ikkala oqim ham - sotsializm, kommunizm va fashizmni rad etadi.
Demokratik Liberaliszm va Markaziy O’ng.
Markaziy O’ng AQSH kontekstida zamonaviy Respublikachilari partiyasining mafkuraviy yadrosini tashkil etadi. U o’zini , asosan, klassik liberalizmning siyosiy qarashlarini yangilangan shaklda taqdim etuvchi sifatida ko’radi. Bu klassik liberalizm bilan bog’liqlik AQSHdan tashqaridagi markaziy o’ng partiyalarda ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Avstraliyada, masalan, markaziy o’ng partiyasi Liberal Partiya deb ataladi. Markaziy o’ngning asosiy mohiyati siyosiy fuzionizm bo’lib, u mo’tadil iqtisodiy libertarianizm va mo’tadil ijtimoiy konservatizmning uyg’unlashishidan iborat.
Libertarianizm hukumatni cheklash orqali shaxsiy erkinlikni oshirishni targ’ib qiluvchi ideologik qarashdir. Libertarianlar-bu Jon Styuart Millning “On Liberty”(Erkinlik haqida) asarida ishlab chiqilgan falsafaning vorislari hisoblanadi. Shuning uchun ham ular so‘z va fikr erkinligi hamda shaxsiy xatti-harakatlar bo‘yicha erkinlikni yuqori qadrlashadi, jumladan jinsiy amaliyotlar, jinsiy orientatsiyalar va giyohvand moddalar iste’moli sohasida.
Libertarianlar hukumat tomonidan iqtisodiyotni tartibga soluvchi va daromadlarni qayta taqsimlash siyosatini qisqartirish bo’yicha qo’yilgan cheklovlarni hech bo’lmasa kamaytirishga yoki umuman yo’q qilishga harakat qiladi. Libertarianizm xalqaro miqyosda o‘z mehnatini sotish huquqini(iqtisodiy migratsiya) asosiy inson huquqi deb hisoblaydi. Libertarianlarning “Future of Freedom Foundation” (Ozodlik Kelajagi Jamg‘armasi) tashkilotiga ko‘ra, “ochiq chegaralar – bu libertarian immigratsiya siyosatining yagona pozitsiyasidir.” Lekin, chegaralar orqali erkin mehnat oqimini amalga oshirishdan tashqari, aksariyat libertarianlar uchun iqtisodiy foyda olish maqsadida o‘z mulkini boshqa davlatlarga ko‘chirish huquqi ham – masalan, AQShdagi zavodlarni yopib, ishchi kuchi arzonroq bo‘lgan joylarda qayta ochish (bu amaliyot offshoring deb ataladi) – asosiy inson huquqi hisoblanadi. Bugungi kundagi liberializm uchun har qanday davlatga bo’lgan sodiqlik nisbatan ahamiyatsizdir. Libertarianlar uchun bu shuni anglatadiki, agar xorijda ishlab chiqarishni arzonroq amalga oshirish mumkin bo‘lsa, kompaniyalar AQShda zavodlarni ochiq holda saqlash majburiyatiga ega emas. Libertarianlar xalqaro savdoning rivojlanishini, xususiy mulkni erkin foydalanishga to‘sqinlik qiluvchi hukumat tartibga solishlarini kamaytirishni va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun soliqlarni pasaytirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Ular kompaniyalarni barqaror mehnat bilan ta’minlash uchun mamlakatga keng qamrovli immigratsiyaning zarurligini ta’kidlashga moyil va har yili ko’p sonli yangi odamlarning mamlakatlarga kirishiga imkon beruvchi ruxsatli immigratsiya qonunlarini qo’llab quvvatlaydilar.
3.8-rasm. Migrant ishchilar 2013-yilda Kaliforniyaning Gilroy shahrida makkajo’xori yig’ib olishmoqda.(Manba: “20130828-OC-RBN-3316,” AQSh Qishloq xo‘jaligi Departamenti/Flickr, CC BY 2.0)
Haqiqiy libertarianlar deb atash mumkin bo’lganlardan farqli o’laroq, mo’tadil iqtisodiy libertarianlar zamonaviy dunyoda hukumatning o’ynayotgan rolini qabul qilgan holda hukumatning yangi soxalarga kirib borishini cheklashga harakat qiladilar. Masalan, ular Prezident Lindon B. Jonsonning “Buyuk Jamiyat” siyosatlarini, jumladan Medicare va Medicaid dasturlarini qabul qiladilar, lekin 2010-yilgi Bemorlarni himoya qilish va arzon sog‘liqni saqlash to‘g‘risidagi qonun (ko‘proq Obama Care nomi bilan tanilgan) kabi davlat dasturlarining kengaytirilishiga qarshi chiqadilar.
Tarjimon: Karimov Azimjon
Siyosat Bo’limi Lideri: Sardor Xamdamov Manba: https://openstax.org/books/introduction-political-science/pages/3-5-contemporary-democratic-liberalism
Izoh qoldirish