- 08:22 / 17.11.2024
- , Siyosat
Marksizm va Roulsning adolat nazariyasi

Marksizm nima? Marksizm – bu Karl Marks va Fridrix Engels tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy nazariya. U jamiyat sinflar o‘rtasidagi kurashlar — boylik va ishlab chiqarishni nazorat qiluvchi hukmron sinf (burjuaziya) va mehnat qiluvchi ishchilar sinfi (proletariat) bilan shakllanishini ta’kidlaydi. Marksizm sinfsiz jamiyatni — resurslar va hokimiyat teng taqsimlangan tizimni qo‘llab-quvvatlaydi, bu kapitalizmni avvaliga sotsializm, so‘ngra kommunizm bilan almashtirish orqali amalga oshiriladi. 1.Marksizm "Har kimdan qobiliyatiga ko'ra, har kimning ehtiyojlariga". Bu Marksizm nuqtai nazaridan ijtimoiy adolatning mohiyatidir, va bu Karl Marks va Fredrix Engelslarning siyosiy va iqtisodiy ideologik nazariyalari bilan bog'liq. Garchi bu nazariyalar keng ko'lamli va murakkab bo'lsada, Marksizmning ijtimoiy adolat bilan bog'liq asosiy elementi moddiy resurslar qanday ishlab chiqilishi va tarqatilishi bilan tashvishlanadi. Marksistlarga ko'ra, jamiyatda iqtisodiy va mehnat hissalari va kerakli resurslar hamma uchun teng holatda, tabaqalanishsiz bo'lib berilgandagina adolat bo'ladi. Marks o'z asarlarida kapitalizmni ochiqchasiga rad edti. Kapitalism iqtisodiy tizim bo'lib, unda "ishlab chiqarish vositalari" (xom ashyolar, inshootlar, mashinalar, asboblar, va boshqalar) xususiy mulkdorlar qo'lida bo'ladi, jismoniy shaxslar esa birinchi navbatda (narsalarga) egalik qilishdan rag'batlanadi deb tahmin qilinadi. Aholining katta qismi o'z mehnatini kapitalistlarga oylik evaziga sotayotgani uchun mahsulotlarning ishlab chiqarilishi va xizmatlar talb va taklifga asoslangan bo'ladi. Marks mehnatkashlar sinfi ekspluatatsiya qilingani uchun kapitalizmni majburlovchi va adolatsiz deb hisobladi. Kapitalizm ostida hukumat va siyosat faqatgina kapitalistlar manfaatlariga xizmat qiladi, chunki "Davlat bir sinfning [kapitalistar] ikkinchi sinf [ishchilar] ustidan zulm qilishiga yordam beruvchi mashinadan boshqa narsa emas. Marksning nuqtai nazariga ko'ra, siyosiy tizimilar iqtisodiy tizimlarni yaratmaydi. Aslida, "jamiyatning iqtisodiy tuzilishi axloqiy, huquqiy va siyosiy ustunlar ko'tariladigan haqiqiy poydevordir" va "zamonaviy davlat, uning holati qanday bo'lishidan qat'i nazar, aslida kapitalist mashinadir." Shuning uchun, Marksning fikriga ko'ra, adolatli jamiatning yaratilishi jamiyatni tubdan qayta tartibga solishni, revolutsiani talab qiladi. Sinflar orasidagi farqlar, va shuningdek ishchilar va kapitalistlar orasidagi ziddiyat yo'q qilinishi kerak. Hukumatning yagona haqiqiy masadi kapitalistlarning manfaatlarini himoya qilish bo'lganii uchun, adolatli jamiyatda hukumatga ehtiyoj bo'lmaydi. Narsalarning yaratilishi va taqsimlanishi hamma inson uchun teng bo'ladigan, va sinfiy tazyiqlarga duchor bo'lmaganlari uchun insonlar to'liq erkin bo'ladigan bunday jamiyatda kommunizm g'alaba qozonadi. Bugungi kunda o'zini kommunist deb ataydigan davlatlar atigi 5 dona — Xitoy, Kuba, Laos, Korea va Vetnam. Siyosiy resurslarni taqsimlashni boshqarib turgani uchun bu mamlakatlarning hech qaysi birida aholi narsalarni tengdaniga bo'lishadi. Shunga qaramay marksizm tarafdorlarini rag'batlantiradigan tamoyillar dunyo bo'ylab mamlakatlarga chuqur ta'sir ko'rsatdi, ayniqsa, yaxshi tashkil etilgan siyosiy partiyalar orqali (har xil nomdagi sotsialistik, ijtimoiy demokratik yoki mehnat) ko'plab mamlakat va AQSHdagi Senator Berni Sanders kabi taniqli advokatlarga ta'sir ko'rsatdi. 2.Roulsning adolat nazariyasi O'zining adolat haqidagi keng qamrovli nazariyasi bilan chiqgan 20-asrning nufuzli siyosiy faylsauflaridan biri Jon Rouls edi. Roulsning nazariyasini tushunish uchun, tasavvur qiling siz (yoki har qanday fikrli inson) dunyoning barcha fuqarolari uchun resurslar va huquqlarni taqsimlashni loyihalashtirishingiz mumkin, va keyingina siz bu dunyoga joylashtirilasiz. Biroq, bu dunyoni loyihalayotib o'zingiz yaratgan dunyoda kim bo'lishingizni bilmagan bo'lardingiz; uni loyihalashda siz "jaholat pardasi" ortidan ishlagan bo'lardingiz. Fikrli inson qanday dunyo yaratgan bo'lar edi? Albatta kuchli qashshoqlik va katta tengsizliklar bo'lgan dunyo emas, chunki loyilashtiruvchining o'zi ham kambag'al yoki o'sha tengsizliklarning qurboni bo'lib qolishi mumkin. Natijada, har qanday fikrli inson dunyoni ikkita oddiy tamoyillardan foydalangan holda loyihalashtirgan bo'lardi. Birinchidan, bu dunyoda kim bo'lishingizni bilmay, siz hammaga bir xil asosiy huquq va erkinliklarni bergan bo'lar edingiz( siz o'z huquqlaringizdan mahrum bo'ladigan dunyo yaratmagan bo'lar edingiz, shunday emasmi?). Ikkinchidan, fikrli(oqil) inson sifatida, siz resurslarni (daromad, boylik, mas'uliyat, hokimiyat, hurmat va boshqalarni) shunday taqsimlagan bo'lardingizki, undagi tengsizliklar faqat eng kam ta'minlanganlarga foyda keltirgan taqdirda ruxsat etilgan bo'lardi. Masalan, agar ixtiro kam daromadli odamlarning hayotini yaxshilashga xizmat qilsa, ixtirochi o‘rtacha daromaddan ko‘proq daromad olishga haqli bo‘lishi mumkin. Ushbu g'oyalar bizga mamlakatlarning siyosati va amaliyotlarini baholash uchun vosita beradi. Adolatli jamiyat irqiy yoki etnik kamsitishlarga ruhsat berarmidi? Yo‘q, chunki jamiyatni “bilimsizlik pardasi” ortidan loyihalagan shaxs dunyoga joylashtirilgach, qaysi irqiy yoki etnik guruhda bo‘lishini bilmas edi: natijada, mantiqli(oqil) jamiyat dizayneri bunday kamsitishlarning mavjud bo‘lmasligini ta’minlaydi. Rolsning adolat nazariyasi shuni anglatadiki, bilimsizlik pardasi ortida harakat qilgan har qanday mantiqli kishi adolatli dunyo yaratadi. Rols o‘z tamoyillarini qabul qilish uchun mantiqiy asosni ilgari suradi, va ular qadimdan dunyo dinlarining umumiy xususiyati bo‘lib kelgan “Oltin qoida” (“o‘zingga qanday munosabatda bo‘lishlarini istaganingdek boshqalarga ham shunday munosabatda bo‘l”) bilan chambarchas bog‘liqdir. Tarjimon: Muhammadyusuf Tursunboyev Siyosat Bo’limi Lideri: Sardor Xamdamov
Manba: https://openstax.org/books/introduction-political-science/pages/2-1-what-goals-should-we-seek-in-politics
Izoh qoldirish