Falsafa, ko‘pincha donolik va tushunchani izlash deb ta’riflanadi va asrlar davomida olimlarni qiziqtirib kelgan chuqur savollar olamiga kirib boradi. Bu savollar voqelik, bilim, axloq va mavjudlik kabi sohalarini qamrab olgan holda, olimlar hamda qiziquvchilar orasida qiziqish va tafakkurni ilhomlantirishda davom etmoqda. Ushbu maqolada biz tarix davomida faylasuflarning ongini band qilgan ba’zi falsafaning asosi hisoblangan savollarini o‘rganamiz.
Metafizika: Voqelik tabiati
Falsafaning asosiy izlanishlaridan biri sifatida voqelikning o’zi qaraladi. Shunga ko’ra, olamning asosiy asosi nima? Voqelikning ko‘zga ko‘ringandan tashqari yana boshqa tomonlari bormi? kabi savollarga javob izlanadi. Falsafaning metafizika bo’limi yuqoridagi savollar javobini topishda yordam beradi. Metafizika - jismoniy bo‘lmagan o‘lchamlarning mavjudligini va yashayotgan olamimizning mohiyatini o’rganadi.
Epistemologiya: Bilim tabiati
Atrofimizdagi dunyoni qanday tushunib olishimiz haqidagi savol epistemologiyaning markaziy masalasi hisoblanadi. Bilim nima va uni qanday egallaymiz? Biror narsaga hech qachon chin dildan ishonish mumkinmi? Kabi savollarni javob izlaydi.Epistemologiya bizni inson ongining sohasiga olib boradi va o‘zgaruvchan dunyoda aniqlikka intilishni tadqiq qiladi.
Etika: Axloq tabiati
Etika bo’limi to‘g‘ri va noto‘g‘ri , yaxshi va yomonning murakkab sohasiga murojaat qiladi. Axloqiy qadriyatlarni nima belgilaydi va biz axloqiy nima ekanligini qanday aniqlaymiz? kabi savollarga javob izlaydi. Axloqiy tamoyillarni o‘rganish va axloqning umumiy tushunchasini o’rganish falsafiy muloqotning doimiy yo’nalishidir.
Erkin iroda va qat’iyatlilik: Tanlov tabiati
Erkin iroda va qat’iyat atrofidagi bahs inson harakatlari shaxsiy tanlov orqali boshqariladimi yoki tashqi omillar tomonidan belgilanganmi, degan savolni o‘rtaga qo‘yadi. Bizning qarorlarimiz haqiqatan ham bizniki bo‘ladimi yoki ular genetika, atrof-muhit va sharoitlar ta’sirida shakllanadimi?
Ekzistensializm: Hayotning ma’nosi
Ekzistensial falsafaning markazida hayotning maqsadi haqida savol yotadi. O‘z hayotimizga befarq olamda qanday ma’no beramiz? Ekzistensializm hayotning eng chuqur noaniqliklariga duch kelishga undab, maqsad va ahamiyat izlash bilan shug’ullanadi.
Aql va tana: Shaxsiyat tabiati
Bu bo’lim aql-tana muammosi ong va jismoniy tananing o‘zaro bog‘liqligini o‘rganadi. Aql va tana alohida mavjudotlar ekanmi yoki ular bir-biriga bog‘liqmi? Ushbu savol o‘z-o‘zini anglash va ongning tabiati sirlariga kirib borishda yordam beradi.
Ong: Onglilikning sirli hodisasi
Onglik bu falsafiy jumboq bo‘lib, subyektiv tajriba qanday qilib miyaning biologik jarayonlaridan kelib chiqadi, degan savolni tug‘diradi. Fikrlarimiz, his-tuyg‘ularimiz va sezgilarimiz qanday paydo bo‘ladi? Ongni o‘rganish jismoniy va nomoddiy o‘rtasidagi tafovutni to’ldiradi.
Haqiqat va idrok: Haqiqat tabiati
Haqiqat va idrok haqiqatning mohiyatini aniqlashda bir-biriga chambarchas bog’liq bo’ladi. Bizning idrokimiz haqiqat haqidagi tushunchalarimizni qanday shakllantiradi? Haqiqat obyektiv voqelikmi yoki yakka nuqtayi nazardan o’zgaradimi? kabi savollarni o’rtaga tashlaydi.
Siyosiy falsafa: Hukumatning ideal shakli
Adolatli jamiyatni tashkil etuvchi narsa va fuqaro huquqlari hamda majburiyatlarini o‘rganish siyosiy falsafaning markaziy mavzusidir. Ideal hukumat shakli nima? Hukmdorlar va fuqarolar uyg‘un boshqaruvni yaratish uchun qanday o‘zaro aloqada bo’ladilar? kabi qiziqarli savollarga javob izlaydi.
Estetika: Go’zallik tabiati
Estetika bizni go‘zallik tabiatini va uning san’at hamda madaniyatdagi o‘rnini o‘rganishga taklif qiladi. Go‘zallik obyektivmi yoki uni har bir inson o‘zicha qabul qiladimi? Estetik falsafa badiiy ifoda xilma-xilligini va uni qadrlash qobiliyatimizni tushuntiradi.
Til va ma’no: Muloqot kuchi
Tilni tushunishga yo‘naltiruvchi yo‘lak, ammo, uning murakkabliklari ma’noni aniq ifodalash qobiliyati haqida savollar tug‘diradi. Til bizning haqiqatimizni qanday shakllantiradi? So‘zlar tajriba mohiyatini haqiqatan ham o‘z ichiga oladimi?
Falsafaning dunyosi keng va chuqur bo‘lib, olam va undagi o‘rnimizni tushunishga chaqiruvchi savollar majmuasini o’z ichiga oladi. Biz bu savollarni mulohaza qilar ekanmiz, buyuk faylasuflarning izidan borib, ularning donolikka, biron jumboqni tushunishga va ma’rifatga bo‘lgan intilishlarini davom ettiramiz.
Shu yo’sinda biz nafaqat o'tmishning buyuk aql-idrok egalari fikrlari bilan muloqot qilamiz, balki mavjudligimizni belgilaydigan abadiy sirlar bilan ham yuzma-yuz kelamiz. Shu savollar orqali bizga falsafa o'zimizni anglashga, dunyomiz va borliqning mohiyatini chuqurroq anglashimizga yordam beruvchi mayoq sifatida xizmat qiladi.
Tarjimon va muharrir: Behruzbek Ulug'bekov
Manba: https://medium.com/@yasirbil/exploring-the-profound-questions-of-philosophy-3caadc47d591
Izoh qoldirish