Nega band insonlar g‘alati bo’lishadi?


XIX-asrda yashagan daniyalik faylasuf Syoren Kyerkegorning fikriga ko‘ra, bandlik – bu bie illat. Ushbu maqolada mazkur fikrni tahlil qilib, nima uchun o‘zingizga e’tiborli bo‘lish muhimligini o'rganib chiqamiz. Bundan tashqari, hattoki ozgina bo‘sh vaqtingiz bo‘lsa ham, qanchalik ahamiyatli ekanligini muhokama qilamiz.

Bugun bandmisiz? Belgilangan uchrashuvlarga shoshilyapsizmi? Unday bo‘lsa, Kyerkegorning ushbu qisqa iqtibosiga bir nazar soling:

“Barcha bema’niliklarning men uchun eng bema’nisi – band bo‘lish, ya’ni ovqatlanish va ish paytida shoshilish. Shuning uchun, men hal qiluvchi bir pallada bir odamning burnida pashsha o‘tirganini, yoki u tez o‘tib ketayotgan aravadan loy sachraganini, yoki ko‘prik ochilib qolganini, yoki biron kafel ag‘darilib ketib, u o‘zini g‘arib holatda topganini ko‘rsam – kulgim keladi.”

Kyerkegor bu so‘zlarni o‘zining 1843-yilgi asaridagi qahramonlardan biri nuqtai nazaridan yozgan. Ushbu asarning birinchi qismida A ismli bir estetik va nozik fikrlovchi shaxs – oddiy, ammo beparvo bir yigit – tasvirlanadi, ikkinchi qismda esa oqilona va axloqiy sudya Vilhelm ko‘rsatiladi.

Yuqoridagi iqtibos bandlikdan norozi A ismli obrazdan olingan va unga kulgi bilan javob beriladi. U bandlikni o‘zini qadrlamaslikning eng yaxshi yo‘li deb hisoblaydi. Band odamlar o‘z vaqtlarini doimo takabburlik bilan sarfkab, har doim qiladigan ish topadilar – “Men juda bandman” – ammo A fikricha, bu bandlik faqatgina hayotning haqiqatidan qochishning bir usuli.

Hozirda ko'pchilik band ekanliklaridan faxrlanishadi. Ammo A fikricha, “band” odamlar taqvimlarini to‘ldirib, borliqning chuqur savollariga duch kelmaslik uchun harakat qilishadi – bu ularni kim ekanligi va hayotining maqsadi kabi muhim savollardan chalg‘itadi.

Hamma narsa muhimdek, lekin aslida hech narsa muhim emas. Ish bilan band odam shunchaki kulgili.

Lekin, agar o‘zingiz band bo‘lishga majbur bo‘lsangiz-chi?

Aksariyat band odamlar band bo‘lish o‘z tanlovlari emasligini ta’kidlashadi. Ba’zan sharoitlar shunchalik tiziq bo‘lib qoladiki, vaqt eng kamyob va qimmatbaho manbaga aylanadi.

Alaloqibat o‘zingiz kimligingiz va hayotingiz nimaga mo‘ljallanganligi haqida o‘ylash ko‘pincha kunlik vazifalar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turmaydi. Bir oz dam olish yoki televizor ko‘rish afzal ko‘rilishi mumkin.

Ammo bu yerda Kyerkegorning “baxtsiz odam” haqidagi tahlilini eslashimiz kerak. Hayoti davomi bu masalaga yana bir bor to'xtalib o'tgandi:

“Baxtsiz odam o‘z idealiga, hayotining ma’nosiga, to‘liq anglashga ega bo‘lgan odamdir, ammo uning borligining mohiyati go‘yoki o‘zidan tashqarida joylashgan. Baxtsiz odam doimo o‘zidan uzoqlashadi, hech qachon o‘ziga e'tibor bermaydi.”

Bu yerda shaxsiy energiyani tashqi voqea va shaxslarga bag‘ishlash baxtsizlikka yetaklovchi yo‘l ekanligi ta’kidlanadi.

Aksincha, o‘z-o‘ziga e’tibor berish, o‘z xohish va ehtiyojlarini inobatga olish juda muhimdir. Chunki o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan narsalarni tushunish hayotingizni biroz kamroq “band” qilish yo‘lini yaratishdagi birinchi qadamlardan biridir.

Xo‘sh, siz kimsiz va hayotingizning ma’nosi nima?


Tarjimon: Nilufar Alimbaeva

Muharrir: Ilg’ar Tojiyev

Manba: Kierkegaard On Why Busy People Are Ridiculous | Philosophy Break

40 ta izoh:

Izoh qoldirish