Ommaviy Madaniyatning Tarixi va Rivojlanishi

Ommaviy Madaniyatning Tarixi va Rivojlanishi

Madaniyatlar xilma-xil, ammo ularni bir-biriga bog‘laydigan omillar bormi?

Agar siz hech qachon boshqa bir mamlakatga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan bo‘lsangiz, siz o‘sha mamlakatni o‘zingizning mamlakatingizdan ajratib turadigan xatti-harakatlar, odatlar, qadriyatlar va e'tiqodlarni kuzatgan bo‘lishingiz mumkin. Bu ajratib turuvchi omillar qisman turli mamlakatlardagi shaxslarning ijtimoiylashuv usulining natijasidir. Argentinada kechki ovqat odatda soat 10 lar atrofida boshlanmaydi; Norvegiyada esa soat 5 ko‘proq odatiy hisoblanadi. Yaponlar ko‘pincha nonushtada yashil choy va guruch yeyishadi; Daniyada nonushta ko‘proq dudlangan ilonbaliq va qovurilgan tuxumdan iborat bo‘ladi. 

Har bir mamlakatning o‘ziga xos shaxsi yoki madaniyati bor. Argentinaliklar, norveglar, yaponlar va daniyaliklar bir-biridan ajratib turadigan milliy madaniyatlarga ega bo‘lsalar ham, bu mamlakatlar ichida yoki boshqa mamlakatlarda madaniyatlar bir xil emas. Har bir mamlakatda xilma-xil madaniyatlar mavjud, bular jumlasiga ommaviy madaniyat, elita madaniyati va xilma-xil ozchilik madaniyatlari kiradi. Bu madaniyatlarning tafsilotlari mamlakatdan mamlakatga farqlanadi, lekin ayrim xususiyatlar barcha mamlakatlar madaniyatlariga xosdir. 

Madaniyat deganda guruh a'zolari uchun umumiy bo‘lgan qarashlar, qadriyatlar, maqsadlar va amaliyotlar tushuniladi. Bir siyosiy guruh a'zolari uchun umumiy bo‘lgan siyosiy qarashlar, qadriyatlar, maqsadlar va amaliyotlar, masalan, mamlakat, partiya yoki boshqa siyosiy tashkilot yoki guruhning siyosiy madaniyati hisoblanadi. 

Bir mamlakatning siyosiy madaniyati jamiyatdagi shaxslarning o‘zlarini fuqarolar sifatida qanday ko‘rishlarini, shu jumladan, boshqa siyosiy shaxslar va hukumat bilan munosabatlarini shakllantiradi. Qo‘shma Shtatlar kuchli individualizmga ega bo‘lib, jamoat qadriyatlariga qaraganda shaxsiy erkinlik va individual mas'uliyatni ustun qo‘yadi. Bu individualizm jamiyat qadriyatlarini ancha ustun qo‘yadigan mamlakat fuqarolariga g‘alati tuyulishi mumkin. Masalan, tadqiqotchilar amerikaliklar va yevropaliklardan: “Jamiyatimizda nima muhimroq, har bir kishi o‘z hayotiy maqsadlarini davlat aralashuvisiz erkin amalga oshirishi yoki davlat jamiyatda faol rol o‘ynab, hech kim muhtojlikda qolmasligini ta'minlashi kerakmi?” deb so‘rashgan. Amerikaliklarning qariyb 10 dan 6 tasi individual erkinlik muhimroq, deb javob bergan bo‘lsa, sobiq Sovet Ittifoqining bir qismi bo‘lgan Litvaning deyarli har 10 fuqarosidan 9 tasi davlatning roli muhimroq deb hisoblashgan.

Har qanday umumlashtirish kabi, siyosiy madaniyat ham stereotiplar keltirib chiqarishi mumkin. Barcha amerikaliklar davlat aralashuvisiz individual erkinlikni afzal ko‘rmaydilar. Barcha litvaliklar ham davlatning jamiyatda faol rol o‘ynashini istamaydilar. Umumlashtirishlar aniq tendentsiyalar va naqshlarni aniqlashda foydalidir, lekin ular hech qachon alohida shaxslarga avtomatik ravishda tatbiq etilmasligi kerak.

Qayerda ishtirok etishim mumkin?

Mahalliy hukumat yig‘ilishlari qarorlar qabul qilish jarayonini ko‘rish uchun ajoyib manbalardir. Siyosiy madaniyat haqida ko‘p narsa bilib olish mumkin. Ammo bunday yig‘ilishlarda ishtirok etish uchun siz kuzatuvchi bo‘lishingiz shart emas. Shahar kengashi yig‘ilishlari, maktab kengashi yig‘ilishlari yoki boshqa mahalliy yig‘ilishlar omma uchun ochiq imkoniyatlarni taqdim etadi.

Qo‘shma Shtatlardagi 90,000 dan ortiq mahalliy hukumatlar mavjud. Ularning qaysi birida nima muhokama qilinishi va qachon yig‘ilishlar bo‘lishini aniqlash ko‘p ma'lumot talab qiladi. Oddiy veb-qidiruv mahallangizdagi hukumat yig‘ilishlarini topishda yordam berishi mumkin.

Masalan, agar siz 2021-yil 1-noyabrda Arkanzas shtatining Feyetvill shahrida bo‘lganingizda, Shahar Kengashi, Bog‘lar va Dam olish Kengashi yoki Hayvon Xizmatlari Maslahat Kengashi yig‘ilishlaridan birida ishtirok etishingiz mumkin edi. Qaysi yig‘ilishga bormasligingizdan qat'iy nazar, siz mahalliy siyosiy harakatlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.




Tarjimon: Ibrohim Asrorov SIyosat Bo'limi Lideri: Sardor Xamdamov

Izoh qoldirish