- 15:15 / 14.12.2024
- , Siyosat
Populizm

Populizm: Xalqning ovozi yoki siyosiy manipulyatsiya? Populizm bu siyosiy qarash bo‘lib, unga ko‘ra saylovlarda ”oddiy xalq”ning talablariga javob berish orqali g‘alaba qozonishning ahamiyatiga urg‘u beradi. Populistlarning fikricha, oddiy xalqning manfaatlari yetarlicha ta’minlanishi uchun ular hukumat siyosatini shakllantirishda ko‘proq rol o‘ynashi lozim. Bu yangi o‘ng mafkurasi konservativ populizm deb ataladi. AQShda populizm uzoq tarixga ega bo‘lib, asosiy eʼtibor muayyan elitalarning hokimiyatini cheklashga qaratilgan. O‘tmishda populistlar mamlakat bo‘ylab temir yo‘l tarmoqlari va qayta ishlash zavodlariga egalik qiluvchilarni dehqonlarga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lishda ayblab, ularga qarshi chiqishgan. Ular, shuningdek, fiskal siyosatni (pul aylanmasidagi miqdorni belgilovchi siyosat) belgilagan fiskal mutaxassislarni inflyatsiyadan qochishga ortiqcha harakat qilganlikda ayblashgan. 20-asrning o‘rtalarigacha AQShdagi populist harakatlar asosan siyosiy spektrning chap qanotida bo‘lgan. Yevropada esa populist harakatlar chap va o‘ng qanotlarga bo‘linishga moyil bo‘lgan. Bolivar sotsializmiga chap qanot populizmining varianti sifatida keng qaraladi. Konservativ populizm – bu, agar partiya saylovlarda g‘alaba qozonilsa, hukumat ommaviy axborot vositalari va yirik korporatsiyalardagi martabasi yuqori elitalar ustidan tartib o‘rnatish orqali an’anaviy G‘arb madaniyatini hamda “oddiy” fuqarolar manfaatlarini himoya qilish mumkin, deb hisoblaydigan o‘ng oqimdir. Yaqinda konservativ populistlar Twitter va Facebook kabi yirik ijtimoiy tarmoq kompaniyalarini konservativ qarashlarni platformalarida cheklashda ayblab, ular ustidan nazorat o‘rnatish zarurligini talab qilishdi. Bu borada, garchand tashvishlar sabablari ko‘pincha farq qilsa-da, konservativ populistlar, chap markaz va yangi chap qanot tarafdorlari ijtimoiy tarmoq kompaniyalariga nisbatan birdek tashvishlanmoqda. Masalan, sol-markaz qanot tarafdorlari ijtimoiy tarmoqlar orqali dezinformatsiya tarqalishiga tobora ko‘proq e’tibor qaratsa, konservativ populistlar ijtimoiy tarmoq kompaniyalari kontentga cheklovlarni qisqartirishni talab qiluvchi hukumat nazoratini istashadi. Shunga qaramay, tarixan markaziy o‘ng hukumat qoidalarini kamaytirishga intilib kelgan bo‘lsa, Yangi O’ng hukumatning katta o‘rnini qo‘llab-quvvatlamoqda. Kengroq olib qaraganda, konservativ populizm fusionism — mo‘tadil ijtimoiy konservatizm va mo‘tadil iqtisodiy libertarianizmni o‘z ichiga oladi. Ya’ni, iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan mehnatkash amerikaliklarni qo‘llab-quvvatlashda kuchliroq hukumatni ro’l oynashga chaqiradi. Buni amalga oshirish yo‘llaridan biri sifatida esa ular immigratsiyaga cheklovlar qo‘yishni zarur deb hisoblashadi. Ularning fikricha, bunday cheklovlar ish joylaridagi raqobatni qisqartirib, amerikalik ishchilarning ish haqlarini oshirishga xizmat qiladi. Konservativ populizm hukumatning chet eldagi harbiy harakatlarda ishtiroki faqat milliy xavfsizlikka ochiq tahdidlar bilan bog‘liq holatlar bilan cheklanishi kerak degan g‘oyani ilgari suradi. Ular, Iroq va Afg‘onistondagi urushlarga sarflangan resurslarni Amerika iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash va Amerika xalqiga yordam berish dasturlariga yo‘naltirish mumkinligini ta’kidlaydi. Garchi populizm ning doirasi tarixan ustuvor irq yoki madaniyat a’zolari bilan cheklanmagan bo‘lsa-da, ayrim tahlilchilar konservativ populizm mafkurasi bu mafkura o'sib borayotgan mamlakatlardagi irqiy vahimalarni qoʻllab yuvatlamoqda deb xavotir olishmoqda. Viktor Orban, Vengriyaning konservativ populist yetakchisi, xalqaro maydonda konservativ siyosiy g‘oyalarning faol targ‘ibotchisi sifatida tanilgan. (manba: “Viktor Orbán” Yevropa Xalq Partiyasi/Flickr, CC BY 2.0) 2016-yilda Donald Trampning AQSh prezidentlik saylovida g‘alaba qozonishi ko‘p jihatdan Yangi O‘ng ideologiyasining katta elementlarining o‘sishini namoyon etdi, ammo bu harakat dunyoning boshqa hududlarida ham kengayib bormoqda. Braziliyada konservativ populist Jair Bolsonaru va Vengriyada Viktor Orbán bunga yorqin misoldir. Orbán konservativ populizmni va Vengriyada o‘zining xristian merosi bilan yanada ko‘proq identifikatsiyasini qo‘llab-quvvatlab keladigan Fidesz siyosiy partiyasini yetakchisi hisoblanadi. Shuningdek bu partiya Injil qadriyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri jamoat qonunchiligiga kiritishni ham ilgari suradi. Ushbu g‘alabalarga qaramay, dunyo siyosatidagi boshqa ko‘plab masalar kabi, konservativ populizmning kelajagi ham noaniq bo‘lib qolmoqda. Tarjimon: Anvarova Moxlaroyim Siyosat Bo'limi Lideri: Sardor Xamdamov
Izoh qoldirish