Qabul Qilish: Haqiqat Bilan Qiyosda

Biz buni tez-tez eshitamiz: ish dunyosida, siyosat maydonida, turmushlarda, har qanday nizo yoki kelishmovchiliklarda: “Qabul qilish - bu haqiqat.” Ushbu aforizm ko‘pincha obyektiv haqiqatga zid bo‘lgan yoki haqiqatdan juda uzoq bo‘lgan qabul qilishni oqlash uchun ishlatiladi. Bu odatda kimningdir o‘z istagan, yolg‘on deb atash mumkin bo‘lgan “haqiqatini” boshqalarga qabul qildirish uchun foydalaniladigan quroldir. Falsafiy darajada esa bu maqol nisbiylik tuyg‘usini (chayqalishlikni) yaratadi, holbuki vaziyatlar ko‘proq mutlaq (masalan, “yer yassi”) bo‘lishi mumkin.

Shuni mutlaq haqiqat bilan va hech qanday qabul qilishga bog‘liq bo‘lmagan tarzda aytishim kerakki, qabul qilish haqiqat EMAS. Men so‘zlarga katta ahamiyat beradigan insonman, ya’ni so‘zlar bizning qarashlarimiz, e’tiqodlarimiz va, albatta, qabul qilishlarimizga kuchli ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun boshida qabul qilish va haqiqatning farqliligini ko‘rsatishdan boshlamoqchiman. Bu yerda qabul qilishning lug‘aviy ta’rifi:

“Biror narsani qanday qabul qilish, tushunish yoki sharhlash; aqliy taassurot.” Va bu yerda haqiqatning lug‘aviy ta’rifi:

“Dunyo yoki narsalarning asl mavjudlik holati... inson qarorlari yoki an’analariga bog‘liq bo‘lmagan, mutlaq va obyektiv mavjudlik.” Ko‘rinib turibdiki, qabul qilish va haqiqat juda turlicha ma’nolarga ega. Birinchisi faqat ongda sodir bo‘ladi va bu ongiy mashqlar har qanday e’tiqodni haqiqatga aylantirishi mumkin. Ikkinchisi esa butunlay ongdan tashqarida mavjud bo‘ladi va osonlikcha o‘zgartirib bo‘lmaydi. Qabul qilishni haqiqat bilan birlashtirish – Ma’rifat davrini rad etib, O‘rta asrlarga qaytishdir.

Qabul qilish haqiqat emas, lekin, rostini aytganda, qabul qilish odamning haqiqatiga aylanishi mumkin (bu yerda farq bor), chunki qabul qilish haqiqatni qanday ko‘rishimizga kuchli ta’sir qiladi.

Buni shunday tasavvur qiling: Qabul qilish haqiqatni ko‘rishimiz uchun linza vazifasini bajaradi. Bizning qabul qilishlarimiz haqiqatni qanday o‘rganishimizga, eslashimizga, sharhlashimizga, tushunishimizga, sintez qilishimizga, qaror qabul qilishimizga va unga asoslanib harakat qilishimizga ta’sir qiladi. Shunday qilishda, bizning tendensiyamiz haqiqatni qanday qabul qilayotgan bo‘lsak, bu haqiqatning aniq ko‘rinishi deb o‘ylashdir. Lekin bu to‘g‘ri emas. Muammo shundaki, biz qabul qiladigan linza avval boshidan buzilgan bo‘ladi, chunki u bizning genetik moyilliklarimiz, o‘tgan tajribalarimiz, avvalgi bilimlarimiz, hissiyotlarimiz, oldindan tuzilgan tasavvurlarimiz, o‘z manfaatlarimiz va kognitiv buzilishlarimiz bilan ta’sirlangan.

2002-yilda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan mashhur psixolog Daniel Kahneman “kognitiv buzilishlar” deb atagan narsa asosida bir butun sohaga asos soldi, bu insonlarning obyektiv haqiqatdan chetga chiqqan subyektiv ijtimoiy haqiqatni qanday yaratishining tizimli usullaridir (bunday buzilishlar yuzlab bo‘ladi).

Ba’zi faylasuflar haqiqat aslida mavjud emas, aksincha, subyektiv konstruktsiya ekanligini ta’kidlashlarini tushunaman, chunki biz haqiqatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshdan kechirmaymiz. Aksincha, biz haqiqatni sezgilarimiz orqali boshdan kechiramiz, bu esa haqiqatni qanday o‘zlashtirishimizni chegaralaydi. Masalan, insonlar faqat ranglarning muayyan spektrini ko‘rishadi yoki tovushlarning muayyan diapazonini eshitishadi. Lekin, biz it hushtagini eshitolmaymiz, deb, bu uning haqiqatda mavjud emasligini anglatmaydi. Yaxshiyamki, biz ko‘p holatlarda haqiqatni obyektiv o‘lchaydigan texnologiyalarga egamiz (albatta, ishonmaslar asboblarni o‘qish ham qabul qilishga bog‘liq, deb bahslashib, o‘z nuqtai nazarlarini “isbotlashlari” mumkin, lekin bu yo‘lga bormaylik).

Muhim savol: “Qabul qilish haqiqatdan farq qilsa, nima yomon?” Agar men dunyoni haqiqatga zid tarzda qabul qilsam nima bo‘ladi? Hayotning ko‘p jihatlari singari, bu savol ham turmush tarziga qarab javob berishni talab qiladi. Masalan, psixologik nazariya mavjud bo‘lib, unda ijobiy illyuziyalar deb atalgan narsalar tasvirlanadi, ular insonning qobiliyatlarini biroz oshirib ko‘rsatishi, psixologik va amaliy foydalar keltirishi mumkin (masalan, umid beradi, qat’iyatni oshiradi).

Ammo, agar qabul qilish haqiqatdan juda uzoqlashsa va yengil illyuziyadan aldanishga aylansa, bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin (masalan, erishib bo‘lmaydigan maqsadlar qo‘yish, qiyin vazifaga tayyorgarlikning yo‘qligi). Aslida, qabul qilish va haqiqat o‘rtasida katta tafovut mavjud bo‘lsa, bu odamlarning butunlay hayot kechira olmasligiga olib kelishi mumkin (bunga og‘ir ruhiy kasallik misol bo‘la oladi).

Jamiyat darajasida, agar turli shaxslar yoki guruhlar qabul qilishlari shunchalik farq qilsa, bitta katta muammo shundaki, umumiy zamin topib bo‘lmaydi. Bu farq hozirgi siyosiy muhitimizda namoyon bo‘lmoqda, bu yerda har xil siyosiy nuqtai nazarga ega odamlarning qabul qilishlari shunchalik bir-biriga zidki, umumiy kelishuvga erishish yoki boshqarishning imkoni bo‘lmaydi. Natija - paralich (Kongress) yoki adovat (nafratga asoslangan jinoyatlar). Haddan tashqari holatlarda, mamlakatdagi qabul qilishlar o‘rtasidagi katta tafovut asta-sekin jamiyatni birga tutib turuvchi institutlarning yemirilishiga olib kelishi mumkin (adabiyot va kinoda yoki, xullas, bugungi dunyoda distopik mavzular).

Biz o‘z fikrlarimizni ham, boshqalarning fikrlarini ham qanday qilib haqiqatga yaqin tutishni ta’minlash yo‘llarini topishimiz kerak. Bu moslashuv haqiqat dunyosida yashashimiz, boshqalar bilan umumiy kelishuv topishimiz va hayotimizni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan individual, hukumat va jamiyat tuzilmalarini saqlab qolishimiz uchun muhimdir. Buni yodda tutish uchun bir nechta maslahatlar:

  • O‘z qabul qilishingizni haqiqat deb o‘ylamang (bu faqat sizning haqiqat).
  • Boshqalarning qabul qilishlariga hurmat bilan yondashing (ular haqli bo‘lishlari mumkin).
  • O‘z qabul qilishingizni qattiq tutmang; ular noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin (buni tan olish jasorat talab qiladi).
  • O‘z ichingizdagi buzilishlarni tan oling, ular sizning qabul qilishlaringizni buzishi mumkin (ularni ko‘rish sizning qabul qilishingizni haqiqatga yaqinroq qiladi).
  • O‘z qabul qilishingizni sinovdan o‘tkazing (ular haqiqat mikroskopi ostida chidaydimi?).
  • Mutaxassislar va ishonchli shaxslardan tasdiq izlang (faqat do‘stlaringizdan so‘ramang, chunki ular ko‘pincha siz bilan bir xil qabul qilishlarga ega bo‘lishlari mumkin).
  • Agar dalillar ko‘p bo‘lsa, o‘z qabul qilishingizni o‘zgartirishga ochiq bo‘ling (ongning qotib qolishi noto‘g‘ri bo‘lishdan yomonroqdir).

Kelasi safar kimdir o‘sha eskirgan iborani - “lekin qabul qilish haqiqat” - ishlatib, himoya qilolmaydigan narsalarni oqlamoqchi bo‘lsa, siz o‘rningizdan turib, ularga bu ular qabul qilishi ekanini, lekin haqiqat emasligini ayting.


Tarjimon: Murodbek Anvarbekov

Muharrir: Tojiyev Ilg'ar

Manba: https://www.psychologytoday.com/intl/blog/the-power-prime/201908/perception-is-not-reality

Izoh qoldirish