Siyosiy Madaniyat va Fuqarolik Huquqlarining O‘zgarishi

Siyosiy Madaniyat va Fuqarolik Huquqlarining O‘zgarishi

Federalizm — bu shtatlar va milliy hukumat o‘rtasida vakolatlarning bo‘linishi bo‘lib, u AQShni dunyoning ko‘p mamlakatlaridan farqlantiradigan siyosiy tizim hisoblanadi. (Federalizm haqida batafsil ma’lumot olish uchun 13-bob: Boshqaruv Rejimlari bo‘limiga qarang).Dunyo bo‘ylab Braziliya, Germaniya, Hindiston, Meksika va Rossiya kabi ko‘plab davlatlar federal tizim asosida tashkil etilgan. Biroq, faqat AQSh Konstitutsiyasi shtatlar va milliy hukumat o‘rtasidagi huquqlarni aniq belgilab bergan (9- va 10-tuzatishlar).Federal tizim sababli har bir shtat o‘z qonun va siyosatlarini ishlab chiqishi mumkin, agar ular AQSh Konstitutsiyasi yoki Kongress qonunlari bilan zid kelmasa. Bu esa turli shtatlarda bir-biridan keskin farq qiladigan qonunlar paydo bo‘lishiga olib keladi.2000- va 2010-yillarda bu farqlar ayniqsa yaqqol ko‘rindi, chunki aksariyat shtatlar bir jinsli nikoh bo‘yicha o‘z qonunlarini qabul qildi. Natijada, AQSh bo‘ylab notekis qonunchilik tizimi yuzaga keldi:Texasda bir jinsli nikoh taqiqlangan bo‘lsa,Qo‘shni Oklahomada u qonuniy edi.


Jinsga asoslangan kamsitish va nikoh masalasi Gavayida keng jamoatchilik e’tiboriga tushgan bo‘lsa-da, LGBTQ+ va fuqarolik huquqlari bilan bog‘liq manfaatlar guruhlari hamda lobbi harakatlari butun mamlakat bo‘ylab tarqalib borayotgan edi. Bu jarayon fuqarolik referendumlari, saylov byulleteni takliflari, qonunchilik tashabbuslari va sud qarorlari orqali amalga oshdi.Bu harakatning katta qismi LGBTQ+ jamiyatini qabul qilish bo‘yicha milliy munozarani o‘zgartirishga qaratilgan jamoat va xususiy tashabbuslarning kombinatsiyasi tomonidan boshqarildi. Mavzuga bo‘lgan munosabat odatda jamiyatning gomoseksualizmga qarashlari bilan chambarchas bog‘liq edi.2004-yilda o‘tkazilgan milliy so‘rovga ko‘ra, amerikaliklarning 40 foizidan kamrog‘i bir jinsli nikohni qo‘llab-quvvatlagan, ammo 2019-yilga kelib bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshgan. 1980–1990-yillarda OITS epidemiyasi Amerika jamiyatining chekka qatlamlaridan markaziga o‘tgan va ushbu epidemiyaning ommaviy axborot vositalarida yoritilishi gomoseksuallikka bo‘lgan munosabatning o‘zgarishiga qisman sabab bo‘lgan. Pop-madaniyatdagi tasvirlanish ham muhim rol o‘ynagan, jumladan Philadelphia, Queer Eye, The L-Word va Will & Grace kabi mashhur filmlar va teleseriallar gay va lesbiyan personajlarni aks ettirgan. California State University professori Jeremiah Garretsonning ta’kidlashicha, gay madaniyatining qabul qilinishidagi o‘zgarishning asosiy sababi shundaki, ilgari hech qachon bo‘lmagan darajada ko‘p amerikalik o‘z do‘stlari yoki tanishlari orasida lesbiyan yoki gay shaxslarni biladi. "O‘zaro aloqa ortib borishi — munosabatlarning tez o‘zgarishiga sabab bo‘lgan asosiy omillardan biri," degan Garretson.

2003-yil noyabr oyida Massachusets  bir jinsli nikohni qonuniylashtirgan  AQSHning birinchi shtati bo’ldi. Shtat Oliy sudi bir jinsli juftliklarning nikohdan o‘tishini taqiqlash shtat konstitutsiyasini buzishini aniqladi. 2015-yilda AQSh Oliy sudi tarixiy qaror qabul qilib, “nikoh huquqi inson erkinligining ajralmas huquqidir... bir jinsli juftliklar bu huquq va erkinlikdan mahrum etilishi mumkin emas. Bir jinsli juftliklar nikoh huquqidan foydalanishlari mumkin”, deb e’lon qildi.


Bir guruhning fuqarolik huquqlari buzilganda, teng munosabatni ta’minlash uchun choralar ko‘rish zarur bo‘ladi. AQShda bir jinsli nikoh masalasida ham faqat yillar davom etgan faollik va sud da’volaridan so‘ng jamoatchilik fikri va hukumat siyosati o‘zgardi. Siyosiy ozchilik vakillari saylangan lavozimlarda yetarli darajada taqdim etilmagan joylarda, ular ko‘pincha ozchilik manfaatlarini hisobga olmasligi mumkin bo‘lgan ko‘pchilik qarorlariga moslashishga majbur bo‘ladilar.


Ko‘pchilik nazariyasi yoki majoritarizm, ko‘pchilikning jamiyat va hukumat qoidalarini shakllantirishdagi rolini va mas’uliyatlarini tavsiflaydi. Jamiyatni shakllantirish vakolatiga ega bo‘lganlar, ozchilik huquqlarini tan olish va himoya qilish uchun ushbu vakolatdan foydalanishlari mumkin. Biroq, odatda, hokimiyatga ega bo‘lganlar uni saqlab qolish uchun qo‘llaridagi vositalardan foydalanadilar va bu ba’zan ozchilikni bostirishni anglatishi mumkin. Masalan, ko‘pchilik o‘z vakillarini qonun chiqaruvchi organlarga saylaganda, ushbu qonunchilar ko‘pincha ko‘pchilikning mavqeini mustahkamlovchi siyosatlarni amalga oshiradi va shu bilan birga ozchilik guruhlari a’zolariga imkoniyatlarni cheklaydi. Ushbu siyosatlar ozchilik vakillarining saylov huquqidan foydalanishi yoki davlat lavozimlariga nomzod bo‘lishini qiyinlashtirishi mumkin. Shu tariqa, ko‘pchilik o‘z hokimiyatini saqlab qolishga harakat qiladi.


Izoh qoldirish