- 03:03 / 30.10.2025
- , Siyosat
SIYOSIY MADANIYAT VA KATTA-KICHIK MUNOSABATLAR.
Jismoniy va ruhiy nogironligi bo‘lgan shaxslar uzoq vaqt davomida keng qamrovli kamsitishlarga duch kelgan guruhlardan biri hisoblanadi. Bunga, qisman, hukumat tomonidan yetarli darajada himoya choralarining yo‘qligi sabab bo‘lgan. Agar bunday kamsitishlarni taqiqlovchi davlat siyosati mavjud bo‘lmasa, hukumatlar ushbu shaxslarni jamoat joylaridan, jumladan davlat binolari va dasturlaridan foydalanish imkoniyatidan mahrum qilgan. Shuningdek, xususiy korxonalar, boshqa ijtimoiy va ta’lim muassasalari ham nogironligi bor shaxslarga imkoniyatlarni cheklagan.Bu ajratishlarga qarshi kurash bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab fuqarolik huquqlari harakatlarining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Nogironlar Huquqlari Ta’lim va Himoya Jamg‘armasi (DREDF) (https://openstax.org/r/dredf) nogironligi bo‘lgan shaxslarni himoya qiluvchi konstitutsiyalarni keng qamrovli tarzda jamlagan.Ushbu ro‘yxatda Zimbabve, Gambiya, Kambodja va Turkiya kabi rivojlangan hamda rivojlanayotgan o‘nlab mamlakatlarning konstitutsiyalari mavjud. Masalan, DREDF taqdim etgan Zimbabve konstitutsiyasida “jismoniy nogironlik” fuqarolarning himoyalangan xususiyatlaridan biri sifatida aniq ko‘rsatilgan. Boshqacha aytganda, ushbu konstitutsiya jismoniy nogironlik asosida kamsitish noqonuniy va konstitutsiyaga zid ekanini ochiq bayon etadi. AQSh Konstitutsiyasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun aniq himoya choralari mavjud emas. Buning o‘rniga, AQSh nogironlar huquqlarini federal qonunlar orqali tartibga solgan. Masalan, 1973-yilda qabul qilingan Reabilitatsiya to‘g‘risidagi qonun davlat ishga qabul qilish jarayonida nogironlar uchun ijobiy diskriminatsiya (affirmative action) tizimini yaratdi.Shuningdek, 1990-yilda qabul qilingan Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi qonun (Americans with Disabilities Act – ADA) kamsitishni noqonuniy deb belgilab, xizmatlar, transport, binolar va ish o‘rinlariga kirish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirgan muhim qonunlardan biri hisoblanadi.Bundan tashqari, Buyuk Britaniya, Xitoy, Avstraliya, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya, Braziliya va Qatar ham nogironlar huquqlarini himoya qilish uchun o‘z qonunchilik organlari – parlament yoki kongress orqali milliy standartlar va himoya choralarini joriy qilgan. 7.3-RASM Braziliyadagi ushbu avtobus platformasi turli jismoniy imkoniyatlarga ega bo‘lgan shaxslar uchun maxsus moslashtirilgan.(Manba: “Sistema RIT de Curitiba, Brasil” – Mario Roberto Duran Ortiz Mariordo/Wikimedia Commons, CC BY 3.0) Nogironligi bo‘lgan shaxslar siyosiy ozchilikning bir misolidir. Ozchilik deganda, bir guruh yoki hatto bitta shaxs tushunilishi mumkin bo‘lib, bu tushuncha turli mamlakatlarda har xil talqin qilinadi.Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissariati etnik, diniy va lingvistik ozchiliklarni shunday ta’riflaydi: “Davlat hududining umumiy aholisining yarmidan kamrog‘ini tashkil etuvchi hamda madaniyat, din yoki til kabi umumiy xususiyatlarga ega bo‘lgan har qanday guruh.”Arizona shtat universiteti professori Maykl Xexter va Indiana universitetining Irq va Etniklik bo‘yicha Tadqiqotlar Markazi (CRRES) direktori Dina Okamotoning ta’kidlashicha, aksariyat mamlakatlarda “bir nechta madaniy jihatdan ajralib turuvchi guruhlar mavjud bo‘lib, ularning tili, dini, an’analari va tarixiy tajribalari bir-biriga mos kelmaydi yoki hatto qarama-qarshi bo‘lishi mumkin.”Jamiyatdagi fuqarolik huquqlari esa ko‘pchilik va ozchilik o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga bog‘liq ravishda shakllanadi. Fuqarolik huquqlari jamiyatda ko‘pchilikning ozchilik bilan qanday munosabatda bo‘lishiga bog‘liq – kimning huquqlari himoyalanishi va bu himoya qanday amalga oshirilishi kim tomonidan belgilanadi? Ushbu qarorlar natijasida qanday erkinlik va imkoniyatlar faqat ko‘pchilikka tegishli bo‘lib qolishi yoki ozchilik uchun ham himoyalanishi hal qilinadi.Asl haqiqat shuki, siyosiy ko‘pchilik o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun o‘z kuchidan foydalanadi. Ko‘pchilik guruhining a’zolari saylovlardagi ta’siridan foydalanib, kim yetakchi bo‘lishini va unga berilgan hokimiyat qanday ishlatilishini belgilash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tarjimon: Dilnavoz Juraeva Siyosat Bo'limi Lideri: Sardor XamdamovSIYOSIY MADANIYAT VA KATTA-KICHIK MUNOSABATLAR.
Izoh qoldirish