Siyosiy Mafkuralar

Siyosiy Mafkuralar nima?

Siyosiy mafkuralar  – bu jamiyatni qanday boshqarish kerakligi haqidagi g‘oyalar, qarashlar yoki ishonch tizimlaridir. Ular siyosiy maqsadlar, siyosat va harakatlarni shakllantiradigan fikrlar, tamoyillar va qadriyatlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, demokratiya, sotsializm, liberalizm va konservatizm kabi mafkuralar bunga misol bo‘la oladi.

Kirish

2021-yilda Venesuela inqirozga uchragan davlat edi. Human Rights Watchga ko’ra, millionlab Venesuelaliklar yetarlicha ovqatlanishmasdi. Sog’liqni saqlash tizimi va toza ichimlik suvining yo’qligi COVID-19 yoyilishiga sabab bo’ldi. Birlashgan millatlar tashkiloti Inson huqularini himoya qilish kengashi Venesuela prezidenti Nicola Maduro ma’muriyatini insoniyatga qarshi jinoyatlar, hususan norasmiy qatllar, politsiya zo’ravonligi va qiynoqlarda aybladi. Inqiroz taxminiy 5.5 million Venesuellaliklarni davlatdan qochishlariga sabab bo’ldi va bu Venesuela umumiy aholisining 15%ni tashkil etardi. 

Venesuelaning muammolari o'nlab yillar davomida mamlakat iqtisodiyotidan maksimal darajada foydalanishga qaratilgan sa'y-harakatlardan kelib chiqadi. Bu sa'y-harakatlar turli xil siyosiy mafkuralar, ya'ni siyosiy hayot qanday tuzilganligi va qanday tuzilishi kerakligi haqida ongli ravishda qabul qilingan g'oyalarga ega bo'lgan. Venesuela neft zaxiralariga boy davlat. 1913 yilda Venesuela hukumati ushbu zaxiralarni qazib olish uchun Royal Dutch Shell Group bilan shartnoma tuzdi. 1950-yillarga kelib Venesuela yetakchi neft eksportchisi boʻlib, uning yalpi milliy daromadi — iqtisodiyotidagi tovarlar va xizmatlarning umumiy qiymati — Lotin Amerikasidagi eng yuqorisi edi.Biroq, boylik taqsimoti venesuelaliklarning katta qismini qashshoqlikda qoldirdi. 1998 yilda Hugo Chavez sotsialistik mafkuraga asoslangan platformada Venesuela prezidenti etib saylandi va u quyi tabaqadagilar hayotini yaxshilashga va'da berdi. Chavez neft sanoatini davlat nazorati ostiga oldi va boylikni sezilarli darajada qayta taqsimlash dasturini amalga oshirishga kirishdi. Chavesning vorisi Nicolas Maduro bu siyosatni saqlab qoldi. Siyosat eng kambag'al venesuelaliklarning turmush sharoitini sezilarli darajada yaxshilagan va 2000-yillarning boshida qashshoqlik darajasi pasaygan bo'lsa-da, 2007 yildan 2017 yilgacha Venesuela yalpi milliy mahsuloti hajmi keskin pasaydi va inflyatsiya darajasi keskin oshdi. 2019-yildan beri ishsizlik darajasi sezilarli darajada oshdi.Bundan tashqari, Chavez va Maduro siyosiy muxolifatni bostirishda va o’zlarining hukmronligini taʼminlash uchun siyosiy jarayonni manipulyatsiya qilishda ayblangan. Maduro rejimi himoyachilari Venesuelaning sotsialistik mafkurasiga dushman bo'lgan davlatlar tomonidan kiritilgan sanksiyalar iqtisodiy tanazzulning asosiy omili bo'lganini va inson huquqlarining buzilishi oldingidan ham yomonlashganini ta'kidlamoqda. Venesuela ichkarisida ham, tashqarisida ham rejimning muxoliflari iqtisodiy va siyosiy muammolar sotsialistik mafkuraning o'zidan kelib chiqadi, deb da'vo qilmoqda. Sotsialistik tuzumning muxoliflari g'alaba qozonadimi? Agar shunday bo'lsa, Chaves va Maduroga qarshi liberalizm va neoliberalizmning siyosiy mafkuralari oxir-oqibat g'alaba qozonadimi? Venesuelaning kelajagi noaniqligicha qolmoqda.

Hozirga qadar XXI asr butun dunyoda bir-biriga qarama-qarshi siyosiy mafkuralar o‘rtasida keskinlik kuchayishi bilan ajralib turibti. Zamonaviy Braziliyadagi konservativ populistik mafkura so'nggi bir necha o'n yilliklarda Lotin Amerikasi siyosatining ko'p qismini belgilab bergan chap-markazchi mafkurani ortda qoldirishda davom etadimi? Dunyoning narigi chekkasida, 2021 yil yozida yana bir bor Tolibon qo'liga o'tgan Afg’oniston, diniy ekstremizmga asoslangan boshqaruv tuzumi sifatida omon qoladimi? Dunyoning katta qismida mafkuraviy oqim siyosiy hayotni belgilaydi: sotsializm, liberalizm va neoliberalizm, so'l markaz, konservativ populizm, diniy ekstremizm va boshqa bir qator mafkuraviy qarashlar o'rtasida qarama-qarshiliklar mavjud.

Hozirgi qarama-qarshiliklar markazida turgan siyosiy mafkuralar tarix davomida rivojlanib kelgan. Bu bob miloddan avvalgi V-IV asrlarning klassik davridan to hozirgi kungacha rivojlangan Gʻarb siyosiy tafakkuridagi baʼzi asosiy mutafakkirlar va markaziy tushunchalarni qisqacha koʻrib chiqish bilan boshlanadi.


Tarjimon: Shohrux Hasanov
Siyosat Bo’limi Lideri: Sardor Xamdamov Manba:
https://openstax.org/books/introduction-political-science/pages/3-introduction

Izoh qoldirish