Harakatlanish Erkinligi: Qonun va Amaliyotda Global Taqqoslash

Harakatlanish Erkinligi: Qonun va Amaliyotda Global Taqqoslash

Turli davlatlarda harakatlanish erkinligi huquqini talqin qilish va qo‘llash  darajada farq qiladi.

AQSh Konstitutsiyasi mamlakat ichidagi sayohat qilishni aniqlanmagan fundamental huquq sifatida himoya qiladi. AQSh Oliy sudi ushbu huquqning uch jihatini aniqlab bergan:

1. Har bir shtatga kirish va chiqish huquqi – bu AQShning asos solingan fundamental tamoyillaridan biridir.

2. Har bir shtatning aholisi bilan teng munosabatda bo‘lish huquqi – bu Konstitutsiyaning 4-moddasi, 2-bo‘limi bilan himoyalangan.

3. O’sha shtatda tug’ilgan fuqorolar bilan teng munosabatda bo‘lish huquqi – O‘n to‘rtinchi tuzatishning Imtiyozlar va Immunitetlar bandi doirasida qarama-qarshi fikrlar mavjud bo‘lsa-da, ushbu band harakatlanish huquqining uchinchi jihatini himoya qilishni umumiy ma’noda tan olgan.

Shtatlararo sayohat qilish fundamental huquq hisoblansada, ko‘plab federal qonunlar shtatlararo sayohat bilan bog‘liq faoliyatlarni cheklaydi. Masalan, 1910-yilda qabul qilingan Mann qonuni "axloqsiz maqsadlar" uchun ayollarni shtatlararo tashishni taqiqlaydi. Ushbu qonun keyinchalik jinsiy betaraf shaklga keltirilgan va faqat alohida noqonuniy hisoblangan jinsiy faoliyatga, masalan, fohishabozlik yoki voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqaga nisbatan qo‘llaniladi. Shuningdek, Oliy sud shtatlararo xizmatlardan foydalanish yoki ovoz berish huquqiga ega bo‘lish uchun bir yillik yashash talabini bekor qilgan. Biroq, ba’zi-bir faoliyatlarni amalga oshirish uchun qisqa muddat yashash talab etiladi.

Shvetsiya Konstitutsiyasi, ya’ni Shvetsiya Asosiy Qonunlari, “har bir kishi umumiy foydalanish huquqi doirasida tabiiy muhitdan foydalanish imkoniyatiga ega” bo‘lishini kafolatlaydi. Ushbu huquq mamlakat ichida sayohat qilish va shaxsiy mulkni olib kirib, tabiatga zarar yetkazmagan holda undan zavq olish shartini qo’yadi. Shunday qilib, Shvetsiya Konstitutsiyasining ushbu kafolati AQShdagi shtatlararo sayohat huquqidan ham kengroqdir. AQShda shaxsiy mulkka kirish odatda mulk egasining aniq ruxsatisiz taqiqlanadi, faqat ayrim shtatlarda va ba’zi turdagi mulklar (odatda plyaj yoki ko‘l bo‘yiga kirish) bundan istisno bo‘lishi mumkin.

Xitoyning hukou (uy xo‘jaligi ro‘yxati) tizimi ko‘plab ichki migrantlarga ishlayotgan shaharlarida fuquro sifatida to‘liq huquqdan  foydalanish imkonini bermaydi. Boshqa xitoylik fuqarolar ham ichki harakatlanish erkinligi yo‘lida to‘siqlarga duch kelishadi. Masalan, mamlakat bo‘ylab joylashgan politsiya nazorat punktlari ayrim etnik guruhlarning harakatlanishini cheklaydi. Bundan tashqari, hukumat ijtimoiy kredit tizimini joriy qilgan. Ushbu tizimga ko‘ra, shaxslar mamlakat ichida yoki xalqaro miqyosda sayohat qilish uchun yetarlicha ball yig‘ishlari kerak. Bu tizim fuqarolarning ijtimoiy xulq-atvorini kuzatish va tartibga solish vositasi sifatida ishlatiladi.

Xalqaro sayohat

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi  mamlakat ichidagi sayohat bilan xalqaro sayohat huquqiga bir xil me’yorlarni qo‘llaydi, ammo xalqaro sayohat dunyo bo‘ylab  kuchliroq tartibga solinadi. AQShda Ikkinchi Jahon Urushidan oldin pasport talablarining o‘zgarib turgan va immigratsiya nazoratlari  ma’lum irqiy yoki etnik guruhlarga nisbatan uyushtirilgan. 1952-yilda qabul qilingan Immigratsiya va Fuqarolik Qonuni bilan AQSh fuqarolariga mamlakatni tark etish yoki unga kirish uchun davlat tomonidan berilgan pasport olish majburiyati qo‘yildi. Agar hukumat fuqarolarga pasport berishni rad etsa, fuqarolar protsessual adolat talab qilishi mumkin, ya’ni eshituv orqali o‘z huquqlarini himoya qilish imkoniyatiga ega.

Kent v. Dulles (1958) ishida Oliy sud quyidagilarni ta’kidladi:

“Sayohat huquqi fuqaroning Beshinchi tuzatish bo‘yicha qonuniy protsesssiz mahrum qilinishi mumkin bo‘lmagan ‘erkinlik’ning bir qismidir.Agar fuqarolarning sayohat erkinligi tartibga solinishi kerak bo‘lsa, bu faqat Kongressning qonun chiqaruvchi vakolatlari doirasida amalga oshirilishi kerak.Chegaralar bo‘ylab harakatlanish erkinligi, shuningdek, ichkaridagi erkinlik ham bizning merosimizning bir qismi hisoblanadi. Xalqaro sayohat, mamlakat ichidagi sayohat kabi, shaxsning shaxsiy tanlovlariga – nima yeyish, kiyish yoki o‘qish kabi – qanchalik yaqin bo‘lishi mumkin. Harakatlanish erkinligi bizning qadriyatlar tizimimizning asosiy elementidir.”

 Ko‘plab davlatlar fuqarolarining mamlakatdan chiqishi yoki qaytib kirishi uchun pasportni nazorat mexanizmi sifatida foydalanadilar. Pasport olish shartlari sezilarli darajada farq qiladi. Agar bir kishi pasportga ega bo‘lsa ham, ba’zi davlatlar ularning mamlakatdan chiqishiga cheklovlar qo‘yishi mumkin. Masalan, jinoyat tergovida bo‘lgan shaxslar odatda mamlakatni tark etishga ruxsat berilmaydi. Agar bir kishi terroristlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, ular mamlakatni tark etishiga ruxsat berilmaydi. Ba’zi davlatlarda, hukumatning yomon munosabati tufayli ma’lum guruhlar mamlakatni tark etishga ruxsat olmasligi mumkin. Masalan, Xitoyda Uyg‘urlar sayohat qilish uchun ruxsat olishlari kerak, va bu ruxsat juda kam hollarda beriladi.

Ko‘pgina davlatlar xorijliklardan mamlakatga kirish yoki hatto chiqish uchun ruxsatnoma (viza) olishni talab qiladi. Bunda, boshqa davlatga immigratsiya qilishni istagan fuqarolar uchun qo‘shimcha cheklovlar mavjud.

Migratsiya va Immigratsiya Huquqi

Migratsiya xalqaro sayohatdan farq qiladi, chunki sayohatchi o‘z boshlang‘ich nuqtasiga qaytishni niyat qilmaydi. Migratsiya bir qator huquqiy masalalarni, jumladan, umumiy immigratsiya qonunlari, qochqinlar maqomi va "ochiq chegaralar" deb ataladigan siyosiy tushunchani o‘z ichiga oladi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida quyidagilar qayd etilgan:

14-modda 

1- Har bir kishining ta'qibdan asylum (boshpana) so‘rab, boshqa davlatlardan foydalanish huquqi bor.

2- Bu huquq, haqiqatan ham siyosiy jinoyatlarga aloqasi bo‘lmagan yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining maqsadlari va prinsiplari bilan ziddiyatli bo‘lgan amallarni sodir etgan shaxslar uchun qo‘llanilmasligi mumkin.

15-modda

1- Har bir kishining millatga ega bo‘lish huquqi bor.

2- Hech kim tasodifan millatidan mahrum etilmaydi yoki o‘z millatini o‘zgartirish huquqidan mahrum qilinmaydi.

Har bir davlatda kimlarning doimiy ravishda mamlakatni tark etishi mumkinligi, kimlarning esa kirish va qolish huquqiga ega ekanligini belgilovchi qonunlar mavjud. Ko‘plab davlatlarda immigratsiya qonunlariga rioya qilmaslik jinoyat sifatida qaraladi, va bunday qonunlarni buzgan shaxs jazoga, shu jumladan, qamoqqa olinishi mumkin.Ba’zi davlatlar muhojirlarni kutib oladi, boshqalari esa ularni faol ravishda rad etadi. Garchi Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi  insonlarning migratsiya huquqlarini tasdiqlasa-da, ko‘plab davlatlar odamlarning doimiy harakatlanishini cheklovchi qonunlar chiqaradi.

Qochqinlar masalasi katta bahs-munozaraga sabab bo‘ladi. Qochqinlar og‘ir inqirozlar yuz berayotgan hududlardan qochib, boshqa davlatlarga xavfsiz joyga boshpana izlashadi, lekin bu harakatlar emigatsiya yoki immigratsiya qonunlariga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan maxsus dasturlar qochqinlarga yordam beradi, ba’zi davlatlar esa bunday yordamni taqdim etadi. Qochqinlarning o‘zlarini boqish imkoniyati yo‘q bo‘lgan tezkor oqimi, qochqinlar boshpana izlayotgan davlatlar uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Bu davlatlarda, qanchalik odam qabul qilinishi mumkinligi, ularning qancha vaqt qolishiga ruxsat berilishi va o‘z fuqarolarining bunday qochqinlar mavjudligi sababli xavf ostida ekanligi haqidagi masalalar bo‘yicha mojaro kelib chiqadi.

Dunyo bo‘ylab ochiq chegaralar siyosatini o‘rnatish haqidagi doimiy munozara mavjud. Ochiq chegaralar mavjud bo‘lsa, emigratsiya va immigratsiyaga hech qanday cheklovlar bo‘lmaydi, faqat xavfsizlik va jinoyatlar bilan bog‘liq masalalar istisno. Emigratsiya va immigratsiya masalalari murakkab, va jamiyatning emigratsiya qilayotgan yoki immigratsiya qilayotgan kishilarni qabul qilishi davlatning siyosiy iqlimiga qarab juda farq qiladi.



Tarjimon: Mubina Dorobova Siyosat Bo'limi Lideri: Sardor Xamdamov

Source: https://openstax.org/books/introduction-political-science/pages/4-4-freedom-of-movement


Izoh qoldirish