- 00:44 / 12.11.2024
- , Falsafa
Tabiat Qonunlari

Ushbu maqola olimlar va faylasuflar nima sababdan tabiat qonunlarini ilm-fanning muhim qismi deb ta’kidlashlariga bir nechta omillarni ko’rsatadi.Shu bilan birga, bu qonunlarni real hayotga tatbiq qilishdagi qiyinchiliklar haqida ham so’z boradi. Xulosa qismida esa, tabiat qonunlari aslida bor-yo’qligi borasida munozaralar ketadi. Tabiat qonunlari, jumladan Nyutonning harakat qonunlari va energiyani saqlash qonuni, hech qanday istisnolarsiz tabiatning eng asosiy qismlaridan biri.Tabiatning asosiy xislatlarini bilganimizdan so’ng, bizda atrofimizda sodir bo’layotgan narsalar haqida ko’proq tushuncha paydo bo’ladi. Oddiy misol sifatida, tasavvur qiling, bir jismga 5N kuch ta’sir etgandan keyin uning tezlanishi 5m/s kvadratga teng bo’ladi. Agar bu jism nima uchun bunday tezlanishga erishishini tushuntirmoqchi bo’lsak, Nyutonning 2-qonunidan foydalanamiz. An’anaviy fikrlashlarga qaytadigan bo’lsak,(eng kamida Aristotel davriga borib taqaluvchi fikrlar) ilm-fan tabiat haqida o’zgarmas haqiqatlarni berishga qodir. Bunda, faylasuflar fikricha, eng ishonchli mulohaza yuritish yo’li “xulosaviy mantiq” dir. “Xulosaviy mantiq” da bir nechta ilmiy qarashlar tushuntirib o'tiladi va ular yakuniy xulosaga olib boradi. Agar barcha taqdim etilgan ilmiy qarashlar to’g’ri bo’lsa, xulosa qismi ham shubhasiz to’g’ri bo’ladi. Bu shakldagi argumentlar “mantiqan to’g’ri” deb qabul qilinadi. Yuqoridagi misolimizni ham “xulosaviy mantiq” qa aylantirishimiz mumkin: 1.Buyumning 1 kg massasi bor va unga 5 N kuch ta'sir etadi. 2.Har qanday narsa, X kuchga duchor bo’lsa, va massasi Y bo’lsa, buyumning tezlanishi X/Y ga teng bo’ladi. 3. Shuning uchun ham, buyumning tezlanishi 5 m/s kvadratga teng. Birinchi gap boshlang’ich masalani tasvirlaydi, ikkinchi gap esa Nyutonning 2-qonuni, xulosa qismida esa oxir-oqibat nima sodir bo’lganining tasviri bayon etiladi. Agar dastlabki ikkala gap ham to’g’ri bo’lsa, xulosa qismi ham to’g’ri bo’ladi. Menimcha, biror voqelikka asos sifatida bu voqea sodir bo’lishining tub sabablaridan boshqa yaxshiroq dalil bo’lmasa kerak. Agar biz faqatgina tub sabablarni bilsak-u, natijalarni kuzatmagan bo’lsak, demak biz muayyan hodisalar haqida faqat taxmin qila olamiz. Ma’rifat davrining oxiriga kelib, turli hodisalarni bashorat qilish uchun tabiat qonunlaridan muvaffaqiyatli foydalanila boshlandi. Shu sababdan, koinot olimlar tomonidan ulkan soat mexanizmiga tenglashtirildi. Olimlar hozirgi sharoitlarni aniq hisobga olgan holda, kelajakdagi istalgan nuqtada koinotning muayyan holatini bashorat qila olishlari haqidagi g’oya yanada ommalashdi. Deduktiv argumentning xulosa qismi to’g’riligini kafotlanishi uchun asoslarning o’zi to’g’ri bo’lishi kerak. Yuqoridagi misolda, sinchkovlik bilan o’lchash birinchi asosning to’g’riligini kafolatlashi mumkin. Lekin, ikkinchi asos bir hodisani to’g’ridan to’g’ri kuzatish emas, balki umumlashtirishdir. Bu umumiy argument har doim ham to’g’ri bo’lmasligi mumkin. Mashhur misol: Hatto o’n mingta oqqush kuzatilib, ularning har biri oq rangda bo’lsa ham, biz hech qachon keyingi oqqush qora rangda bo’lmasligini isbotlay olmaymiz. Tabiat qonunlari esa, oddiy yoki o’tkinchi qonuniyat emas, balki borliq haqidagi zaruriy haqiqatdir. Shuning uchun ham, har ikki asosning to’g’riligini ta’minlash uchun 2-asos tabiat qonuni bo’lishi kerak. Amaliyotda, tabiat qonuni bilan bashorat qilingan narsa hamda haqiqatda kuzatilgan narsa o‘rtasida doimiy nomuvofiqlik mavjud. Yuqoridagi misolimizda, boshlang‘ich shartlarni hisobga olgan holda, obyektning tezlanishi aniq 5 m/s2 bo‘lishi ehtimoldan yiroq, chunki qarama-qarshi omillar (masalan, havo qarshiligi yoki boshqa kuchlar) har doim obyektga ta’sir qiladi. Ushbu muammoga javoban, an’anaviy qarashlar tarafdorlari ta’kidlashicha, agar biz har bir chalkashtiruvchi omilni hisobga olib, ularning barchasini jamlay olsak, biz haqiqatan ham mutlaqo aniq bashoratga ega bo‘lar edik. Afsuski,yana bir muammo mavjud; geologiya, biologiya va psixologiya kabi sohalarda o‘rganilayotgan dinamik tizimlar doimiy o‘zgaruvchan.Shuning uchun biz kuzatadigan har qanday qonuniyatlar deyarli hech qachon istisnosiz emas. Agar bu bunday sohalarda muayyan qonunlar yo’qligini anglatadigan bo‘lsa, demak ular hech narsaga arzimaydi. Ehtimol, bu sohadagi eng muhim zamonaviy munozara tabiat haqiqatan ham qandaydir qonunlarga ega yoki ega emasligi bilan bog‘liq. Tabiat qonunlari (va umuman an’anaviy fikrlar) tanqidchilari bu qonunlardan kelib chiqib qilingan bashoratlar va asli haqiqat o‘rtasidagi nomuvofiqlikni tabiatda istisnosiz qonuniyatlar yo’qligiga asos sifatida keltiradi. Shu bilan birgalikda, tanqidchilar ilm-fanning asosiy maqsadi borliq haqida o’zgarmas haqiqatlar kashf etish ekanligini unutishadi. Tabiat qonunlari tarafdorlari esa, ilmiy bashoratlar tabiat qonunlariga doimo tayanmasa-da, bunday qonunlar mavjudligini ta’kidlash bilan birga, kelgusi ilmiy tadqiqotlar tabiatning biz bilmagan qonunlarini ham kashf etishiga ishonadilar. Tarjimon: Xonzoda Muxtorova Muharrir: Yasmina Muhiddinova Manba: https://1000wordphilosophy.com/2014/02/17/laws-of-nature/1.Ilmiy tushunchalarni tasdiqlashda tabiat qonunlari
2.Amaliy nomuvofiqliklar
3. Zamonaviy munozara
Izoh qoldirish