Xakerlar Falsafasi: Real Voqelikni Qayta Dasturlash Tamoyili

Bir tizim qanday ishlashini tushunib olish, uning foydalanish usulini o'zgartirish va dastlab imkonsiz deb hisoblangan yo'llar bilan uni o'zgartiruv kiritish imkoniyatini beradi.

Internetda "xaker falsafasi" haqida ko'p eshitamiz, bu atama axborot xavfsizligi tizimlaridagi zaifliklarni ochib berish va ulardan foydalanish bilan bog'liq bir e'tiqodni anglatadi. Bu harakat moliyaviy foyda yoki ommaviy e'tiborni qozonish maqsadida amalga oshirilmaydi, balki bir turdagi o'z-o'ziga yuklatilgan epik(muqaddas, buyuk) topshiriq, teskari muhandislik san'ati sifatida ko'riladi. Ammo, axborot xakeri bizga ekranlarimiz ortidagi dunyo haqida nimani o'rgatishi mumkin?

Xakerlar nuqtayi nazaridan, Google-ning eng yaxshi dasturchilaridan biri Pol Buxeyt shunday degan edi:

“Ko‘pincha bizga muvaffaqiyatga erishishning qisqa yo‘llari yo‘q, hammasi mehnat va aytilganlarni qilish bilan bog‘liq, deb aytiladi. Xakerlik dunyoqarashi esa shuning teskarisini o'ylaydi: har doim qisqa yo‘llar va imkoniyatlar bor. Shu sababdan xakerlik ba'zida aldash yoki adolatsiz hisoblanishi mumkin va aslida shundaydir balki.”

Oddiy dasturchi va xakerning asosiy farqi shundaki, dasturchi axborot tarmoqlarini yaratadi va rivojlantiradi, xaker esa ularning zaif tomonlarini topishga harakat qiladi. Haqiqatimizning qanday shakllanganini anglash, uni odatlar va qoidalardan iborat tizim sifatida ko'rib, uni o'zgartirish va o'z ehtiyojlarimizga moslashtirish imkoniyatini yaratadi.

Hayotingizda yoqtirmaydigan narsa bormi? Unda vaqtni bekor ketkazishni bas qiling va u qanday ishlashini o'rganishga harakat qiling. Siz o'zingiz haqingizda va, ayniqsa, sizni bezovta qilayotgan narsalar haqida ko'p narsalarni kashf etasiz. Buni tushunganingizdan so'ng, uni qayta dasturlash imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Buxeytning fikricha, har qanday yangi biznes moliyaviy tizimni xakerlik qilishning bir ko'rinishidir: muvaffaqiyatli mahsulot yoki xizmatni tasavvur qiling va uning oldingi dunyosini ko'z oldingizga keltiring. Kimdir zaiflikni, ehtiyojni topdi va undan foydalandi. Xakerlik falsafasi esa nafaqat boylik keltirishi mumkin, balki sizni atrof-muhitni o'zgartiruvchi arxitektor sifatida shakllantiradi.

Faylasuf singari, xaker ham ko'rinmas, yashirin haqiqatni izlaydi. Bu haqiqat har bir inqilob va yangi jamiyat shakllarida o'z ifodasini topadi.

Qandaydir ma'noda, hodisalarga boshqacha qaraydigan har qanday odam xakerdir. Va u — chanqoq ruhi — avvalgi tizimlarni xakerlik qilib, qayta ixtiro qilish orqali haqiqatni qayta shakllantira oladi: bizning haqiqatimizni boshqaradigan modellar (muassasalar, kompaniyalar, hukumatlar va boshqalar).

Mistik (haqiqatning chuqur ma'nosi va yashirin sirlarini izlaydigan, ruhiy tajribalar orqali borliqning asl mohiyatini tushunishga intiladigan odam) kabi, xaker ham "haqiqatning asl tabiatini izlaydi va biz hech bir vaqt ham haqiqiy haqiqatga ega bo'lmasligimizni anglaydi." Xakerlik falsafasi shunchaki cheksiz axborot kodlarini qanday tartibga solishni bilishdan ancha yiroqda: u kelajakdagi vaziyatlarni loyihalash, buzish va qayta loyihalash bilan shug'ullanadi.


Tarjimon: Ziyomuhammad Boyto'rayev

Muharrir: Samandar Erkinjonov

Manba: The Hacker Philosophy: A Reality Reprogramming Creed | Faena

7 ta izoh:

Izoh qoldirish