Xudo aslida qanday Zot?

Eslatma!

Ushbu maqola diniy e’tiqodlarga qarshi chiqish maqsadini koʻzlamaydi. Bu shunchaki insoniyat tarixida Xudo tushunchasining qanday shakllanganini oʻylab koʻrishga undaydigan tarjimadir.

Xudoni Qanday Tasavvur Qilamiz?

Biz anchagina vaqtimizni Xudoning mavjudligi haqidagi dalillarni ko‘rib chiqishga sarfladik. Lekin aynan “Xudo”ni o’zi haqida hali unchalik ko‘p gaplashmagan edik. Masalan, u aslida qanday: Marvel superqahramonlariga o‘xshashmi yoki DC qahramonlaridan birimi, yoxud palovni sabzi bilan yeydimi yoki sabzisiz?

Taxminimcha, bu kabi savollar faqatgina insoniy xislatlarga ega “Xudo”ga taalluqli bo‘lsa kerak.

Biroq, an’anaviy Xudo tasvirini yahudiylik, nasroniylik va islom an’analarida qabul qilingandek tushunamiz. Biz bu tushunchani "omni-Xudo" deb ataymiz, ya’ni faqatgina Xudoga xos bo‘lgan xususiyatlar majmuasiga ega Zot.

Keling, avvalo, bu bahs aniq bir Xudo haqida ekanini tan olib olaylik – yahudiy, nasroniy va musulmon muqaddas qo‘lyozmalarida tasvirlangan Xudo haqida.

Albatta, dunyoda ko‘plab odamlar boshqa Xudolarga ishonadi va har birining o‘ziga xos xususiyatlari bor.

Xudoning Mukammalligi Haqida Ayrim Savollar

Shu kabi chigalliklar har doim ilohiy xususiyatlar inobatga olinganda yuzaga chiqadi. Ba’zi muhokamaga ko’tarilayotgan savollar esa nafaqat Xudo haqida, balki biz haqimizda ham bo‘ladi. Masalan:

Biz o‘rganayotgan faylasuflar unga ishonishsa ham yoki ishonishmasa ham, ana shu Xudo haqida bahslashishgan. Avgustin3 va Tomas Akvinskiy4 kabi faylasuflar – Platon5 va Aristotel6 asarlaridan ilhomlangan holda – umumiy ilohiy xususiyatlar g‘oyasini ishlab chiqishgan. Bu tushunchalarga haligacha ko‘plab dindorlar ishonishadi.

Ularning nuqtayi nazariga ko‘ra, Xudo hamma narsani biluvchi, hamma narsaga qodir, mukammal darajada mukarram, hamma joyda va barcha zamonlarda mavjud deb tasvirlanadi. Ta’kidlab o‘tish joizki, bu xususiyatlarning hech biri Injilda aniq aytilmagan. Ammo Akvinskiy kabi faylasuflar, agar Xudo mukammal bo‘lsa, u ushbu xususiyatlarga ega bo‘lishi kerakligini anglab yetishgan va uni haqiqat deb qabul qilishgan. Muammo shundaki, bu xususiyatlarni chuqurroq o‘rganish ba’zi kattaroq va murakkab boshqotirmalarni keltirib chiqaradi.

Ilohiy Qudratning Chegaralari Bormi?


  • Xudo o‘zi ko‘tara olmaydigan shunday og‘ir xarsang tosh yaratishi mumkinmi? – bu Xudo haqida javob berilishi mumkin bo‘lmagan cheksiz savollardan biri.

  • Agar Xudo hamma narsaga qodir bo‘lsa, u shunday og’ir tosh yaratishi kerakki, uni o’zi ham ko’tara olmasin. Aksincha bo’lganda esa uning shunday toshni yarata olmasligi – u qilolmaydigan bitta narsa borligini anglatardi. U qudratli bo’lmas edi, chunki u agar kuchli bo'lganida, uning qo'lidan istalgan narsani kelardi.

  • Agar Xudo hamma narsani bilsa, u kelajakni ham biladi, to'g'rimi? Chunki agar u barcha zamonlarda mavjud bo‘lsa, u allaqachon kelajakda, o‘tmishda va hozirgi zamonda bo‘lishi kerak. 

Ammo, nega ko‘plab dindorlar Xudo bizga erkin irodani bergan deb hisoblashadi? Agar Xudo oldindan nima qilishimizni bilsa, qanday qilib erkin bo'la olamiz? Shu o’rinda, biz haqiqatda erkinmizmi? Yoki “erkinlik” faqat bizni boshqarayotgan sarob, xolosmi?


Bu yerda bizga ko’rinayotganlari – hech bo’lmasa yuzaki qaraganda – bu Xudoning an’anaviy ilohiy xususiyatlarining nomutanosibliklarga ega ko‘rinishidir. Ya’ni, ularning barchasi bir vaqtning o‘zida haqiqat bo‘la olmasligidir. 


Shu kabi tutruqsiz qarashlarga ishonsangiz nima qilasiz? Xo'sh, agar siz falsafiy jihatdan oqil bo‘lsangiz, yoki siz shu fikrlardan yuz o‘girardingiz yoki ularni bekam-u ko‘st qilish yo‘lini ko’rib chiqardingiz. Bu omni-Xudoga ishongan odamlar qilishi zarur bo‘lgan yo‘l.


Keling, keltirilib o'tiladigan qarama-qarshiliklarga ishonishdan kelib chiqadigan nomutanosiblik haqida o’ylab ko’raylik:  


 1) Xudo hamma narsani biladi

 2) Insonlar erkin irodaga ega


Bu ziddiyatni hal qilishning yo’li bormi, yoki biz shu qarashlardan biriga bo‘ysunishimiz zarurmi?


Bir asosli javob – bilish va sabab bo’lish  bir xil emasligini aytishdir: “Xudo biror narsani bilishi, u bizni shunga majbur qilayotganini anglatmaydi”. Agar o’ylab ko’rsangiz, bunda mantiq bor. 

Poyezd Yo‘li Paradoksi

Tasavvur qiling, bir odam o‘tib borayotgan poyezd yo’li qarshisidagi qoya ustida turibdi. Uning ko’rish nuqtasidan – poyezd yaqinlashishi bilan, burilishning boshqa tomonida – temiryo‘l relsiga oyog‘i tiqilib qolgan odam bor. Biror nima qilish uchun juda uzoq; masofadan qarab turgan odam nima sodir bo‘lishini oldindan biladi, lekin uning xabardorligi voqeaning sodir bo‘lishga u sabab bo’lganini anglatmaydi.


Kamroq dahshatli misol keltiradigan bo’lsak, Xudo siz yakshanba kuni butun pekan pirogini7 yeb qo‘yishingizni oldindan bilgan bo‘lsa ham, bu U sizni majburlagan degani emas. Ayb mutlaqo sizning bo’yningizda. 


Ammo, agar Xudo hamma narsani bilsa, u hech qachon adashmaydi, shunday emasmi?


Agar siz so’nggi daqiqada o‘sha pirogni yemaslikka qaror qilsangiz, siz Xudoning oldindan bilishini noto‘g‘riga, shuningdek uning ilohiy-barchasidan xabardorligini yolg‘onga chiqargan bo‘lasiz! Ajoyib ish! Shu sababli ham Xudoning bilishi va qudrati, oddiy qilib aytganda, falsafiy jihatdan boshni gangitadi. 


Keling, endi Xudoning boshqa xususiy qobiliyatlar to’plami haqidagi savolni e’tiborga olaylik: “Xudo gunoh qila oladimi?”

  • Agar u barchasiga qodir bo’lsa, u gunoh qilishi mumkindek ko’rinadi, chunki U hamma narsani qila oladi. Agar U mukammal darajada yoki oliy darajada mukarram bo’lsa, bu Uning gunoh qilolmasligini ko’rsatadi.

Xudo gunoh qilolmasligini aytadigan nazariya – ilohiy benuqsonlik – keng tarqalgan.

Lekin, agar Xudo nuqsonsiz va gunoh qilolmaydigan bo'lsa, bu uning barchasiga qodir emasligini anglatmaydimi?


Oxir-oqibat, men osongina gunoh qila olaman. Aytmoqchi bo’lganim shuki, menga besh daqiqa bering va men bir yoki ikkita sha’riy qoidalarni buzaman. Misol uchun, o'zganing buyumiga ko’z olaytirmaslik yoki qotillik qilmaslik to’g’risidagilarini.


Lekin, Xudo qilolmaydigan ishni qilishni o’ylash g’alati ko’rinadi. Ba’zilar aynan shu jumboqni  komil mavjudot qilolmaydigan aynan bir “omadsizlik” deyish bilan hal qilishga urinishadi. Boshqalar esa, agar garchi Xudo inson qilganida gunoh bo’ladigan nimadir qilganida, “gunoh” tushanchasi unga amal qilmas edi, chunki U mutlaqo yaxshi. Ko’plab faylasuflar bu yechimni bezovta qiluvchi deb hisoblashadi, sababi shuki bu Xudoning mukarramligini ma’nosiz qilib qo’yadi.


Axir, bu asosan "Xudo bir ish qildi" deyish "Xudo yaxshi ish qildi" deyish bilan bir xil bo‘lishini anglatadi, chunki Xudo qiladigan istalgan ish yaxshi bo‘ladi.


Agar shunday bo‘lsa, unda Uning yaxshiligi haqiqiy ma’noga ega emas.Yana bir ehtimoliy qarama-qarshilik shundaki, hamma narsaga qodir Xudo shaxsiy Xudo ham hisoblanadi degan e’tiqod mavjud. Ko‘pchilik Xudo vaqt chegarasidan tashqarida va hamma narsani biluvchi bo‘la turib, qanday qilib biz bilan shaxsiy munosabat o‘rnatishi mumkinligini tushunishda qiynaladi. 


Agar U vaqtni biz kabi boshdan kechirmasa, u bizni qanday tushunadi yoki his-tuyg‘ularimizni qanday his qiladi? Agar U  har qachon nima bo‘lishini bilsa, unda U hech ajablanishi yoki fikrini o‘zgartirishi mumkinmi?  Va agar Xudo barcha zamonlarda mavjud bo‘lsa, U bizning ibodatlarimizga javob berishi umuman mumkinmi?


Duo Qilishning Foydasi Bormi?

Odamlarning biror voqeaning sodir bo‘lishi yoki sodir bo‘lmasligi uchun duo qilish yoki Xudodan nimanidir so‘rashlari — bu biz “iltijo duolari” deb ataydigan ibodatni qilayotganliklaridir. Bunday ibodat qilinganida, siz Xudodan nimanidir so‘raysiz – masalan, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish, xavf ostidagi yaqin insoningizni saqlab qolish yoki Barcelona jamoasining g‘alaba qozonishi.


Zamonaviy amerikalik faylasuf Eleanor Stamp8 shunday ibodatlarning ta’siri borligiga ishonish uchun hech qanday asosimiz yo‘q deb hisoblaydi. U bunga quyidagicha qaraydi:

  • Agar Xudo hamma narsani, jumladan kelajakni ham bilsa – u Nima so’rashingizni biladi, chunki u hammasini bilguvchi. 

  • Agar Xudo har qanday vaziyatni yuzaga keltirish qudratiga ega bo‘lsa – u bunga ega, chunki u qudratlidir; 

  • Agar Xudo har doim eng yaxshi natijani amalga oshirishni istasa – u buni istaydi, chunki u cheksiz rahmdildir; Unda, har qanday holatda ham Xudo nima bo‘lishini allaqachon belgilab qo‘ygan bo‘ladi. Har bir kishi uchun. Doimo.


Demak, siz Xudodan u allaqachon qilishga qaror qilgan narsani so‘rayapsiz, bu holda duongiz behuda bo‘ladi. Yoki siz Xudodan u eng yaxshi tanlov deb hisoblamaganini qilishni narsani so‘rayapsiz. Kechirasiz, Barcelona! Va bu holda, hatto Xudo sizning duoyingiz asosida fikrini o‘zgartirsa ham, buni xohlamagan bo‘lardingiz. Chunki, bu aslida narsalarni o‘zingiz Xudoga o‘z ishini qilishiga ruxsat berganingizdagidan ham yomonroq holga keltirgan bo‘lar edi. Boshqacha aytganda, agar Xudo nima yaxshiligini bilsa, nega uning fikrini o‘zgartirmoqchi bo‘lasiz?!


Stamp shuni taklif qiladiki: “Agar duo sodir bo‘ladigan narsani o‘zgartirmasa ham, iltijo qilishning foydasi bo‘lishi mumkin”. Balki siz ham uning fikriga qo’shilarsiz.


Ammo hozirgacha ilohiy xususiyatlar haqida o‘ylaganingizda qanchalik ko‘p muammolar borligi aniqlab olish kerak.

Xudoni Tushunish: Akvinskiy va Zamonaviy Falsafiy Muammolar

Shubhasiz, Tomas Akvinskiy bugungi kunda biz odatda Xudoning an'anaviy sifatlari deb biladigan narsalar uchun mas'ul bo‘lgan faylasufdir. U bu turdagi savollarga javob berib, Xudo qanday ekanligi haqidagi barcha taxminlar, shunchaki, analogik ta’rif berish ekanligini aytdi. Akvinskiy Xudo haqida hech qanday haqiqatni tasdiqlay olmasligimizni ta’kidlagan, chunki u bizning idrok doiramizdan juda yiroqda. Xudo haqida gapirganda, Akvinskiyga ko‘ra, biz hech qachon haqiqatni aytmaymiz. Buning o‘rniga, biz butunlay analogiyalar asosida gaplashamiz, chunki  qo‘limizdan keladigan yagona ish shu.


Masalan, Xudo mubolag’asiz bizning haqiqiy otamiz emas, lekin biz uni otadek ko’rishimiz mumkin. Chunki bu biz Xudo aslida nima ekanligini anglashga yordam beradi.


Yoki buni shunday tasavvur qiling: Janubiy Florida aholisi harorat 10°C ga tushganda sovuq deb aytishi mumkin, lekin Alyaskada havo -20°C bo‘lmaguncha sovuq hisoblanmaydi. Ammo ikkala harorat ham mutlaq nol (-273°C) sovuqlikdan ko‘ra iliqroq. Hatto, mutlaq nol sovuq va -10°C sovuq bir xil narsa emas deb aytish mumkin.


Ammo biz ikkalasini ham "sovuq" deb ataymiz, bu shaxsiy tajribalarimizga zid bo‘lgan narsa haqida analogik gapirishning bir usuli. Shunday qilib, Akvinskiy bunday muammolar haqida tashvishlanmaslikni, chunki Xudo haqida aytayotgan narsalarimiz shunchaki taxminiy nazariyalar — bizning kichik miyamiz cheksiz mavjudot haqida gapirish uchun yaratgan analoglar ekanligini aytgan.


Hozirgi zamonaviy davrda, ba'zi mutafakkirlar an'anaviy ilohiy sifatlarning hech biri Injilda yo‘qligi ta'n oladilar. Shunday ekan, ehtimol Xudo “omni-Xudo” emasdir. Balki u superqahramonga o‘xshashdir. U bizdan ancha aqlli, ancha kuchli va ancha oq ko'ngil bo‘lishi mumkin, ammo mukammal emas. Bu ko‘pchilik uchun kufrlikdek tuyulishi mumkin, lekin ba'zi faylasuflar bu Injil aytilgan Xudoga ko‘proq o‘xshashini ta'kidlaydilar. Axir, Injilda Xudoni o’ta insoniy ishlarni qilayotgan: bog‘da yurayotgan, g‘azablanayotgan, hayratlanayotgan va fikrini o‘zgartirayotgan holda ko‘ramiz. Shunday ekan, ehtimol Xudo haqiqatdan ham sabzini yomon ko‘rishi yoki Real Madridning ashaddiy muhlisi bo’lishi mumkin.


Bugun biz an'anaviy ilohiy xususiyatlar — hamma narsaga qodirlik, hamma narsani bilish, abadiylik va mutlaq mukarramlik haqida va ularning Xudoni tushunishimizdagi muammolarini o‘rgandik. Shuningdek, bu muammolarga ba'zi mumkin bo‘lgan yechimlarini, jumladan, Akvinskiyning analogik predikatsiya g‘oyalarini va Eleanor Stumpning ishlari bilan tanishdik.


Izohlar:


[1] Marvel va DC qahramonlari – Marvel va DC dunyodagi eng mashhur komiks nashriyotlari bo‘lib, ular superqahramonlarga asoslangan hikoyalar yaratadi. Marvel qahramonlariga O‘rgimchak Odam, Temir Odam, Tor, Kapitan Amerika kirsa, DC qahramonlariga Betmen, Supermen, Ajoyib Ayol va Flesh kiradi.


[2]  "Steven Universe" va "Crystal Gems" – Steven Universe – “Cartoon Network” tomonidan yaratilgan animatsion serial. Undagi asosiy qahramonlar orasida "Crystal Gems" deb ataluvchi guruh bor. Bu guruhning a’zolari Garnet, Amethyst, Pearl va Steven.


[3] Avgustin (354–430) – Xristian ilohiyotchisi va faylasufi, G‘arbiy falsafa va nasroniylik ta’limotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. U Xudoning bilim va inson irodasi haqida asarlar yozgan.


[4] Tomas Akvinskiy (1225–1274) – O‘rta asr katolik faylasufi va ilohiyotchisi. Uning eng mashhur asari Summa Theologica bo‘lib, u Xudoning mavjudligi va sifati haqida dalillar keltirgan.


[5] Platon (mil. avv. 427–347) – Qadimgi yunon faylasufi, idealizm asoschisi, Sokratning shogirdi va Aristotelning ustozi.


[6] Aristotel (mil. avv. 384–322) – Qadimgi yunon faylasufi va ilm-fan asoschilaridan biri. U mantiq, etika, tabiiy fanlar va metafizikaga katta hissa qo‘shgan.


[7] Pekan pirogi – AQSh oshxonasiga mansub shirin pirog bo‘lib, pekan yong‘og‘i, jo‘xori siropi, tuxum va yog‘dan tayyorlanadi. U asosan Janubiy AQShda mashhur bo‘lib, Shukronalik bayramida keng iste’mol qilinadi.


[8] Eleanor Stamp (1947-yilda tug‘ilgan) – Amerikalik faylasuf va ilohiyotchi, erkin iroda, shaxsiy iltijo ibodatlari va Xudoning bilimiga oid muammolarni o‘rganadi.


Tarjimon: Hamroyeva Sevara 

Manba: Crash Course 


Izoh qoldirish