- 20:58 / 29.10.2024
- 11:07 / 17.11.2024
- , Siyosat
Afro-Amerikaliklar va Ijtimoiy Adolat. Gandining falsafasi.

Afro-Amerikaliklar va Ijtimoiy Adolat 2.5-rasm. Kichik Martin Lyuter King (o'rtada chapda) va Malkolm X (o'ngda) ikkalasi ham ijtimoiy adolatga intilishdi, garchi ular buning talabi borasida har xil fikrlarga ega bo'lgan bo'lsalar ham. (Muallif: “Martin Lyuter King va Malkolm X AQSH Kapitoliysida 1964 yildagi Fuqarolik huquqlari toʻgʻrisidagi qonun boʻyicha Senat muhokamasi boʻyicha Kingning matbuot anjumanidan soʻng” Marion S. Trikosko/U.S. News & World Report Fotosuratlar toʻplami/Kongress kutubxonasi, jamoat mulki ) Buker T. Vashington (1856–1915), qullikda tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘z davrining eng nufuzli siyosiy afro-amerikaliklaridan biriga aylangan, qora tanlilarni ta’lim va tadbirkorlik orqali kuchaytirishga chaqirgan. Vashingtonning fikricha, “siyosiy faoliyatning o’zigina odamni ozod qila olmaydi... u mulk, mehnatsevarlik, mahorat, tejamkorlik, aql va xarakterga ega bo‘lishi kerak. ”V.E.B. Du Bois (1868–1963), AQShda irqiy tenglik uchun kurashning ilk yetakchilaridan biri bo‘lib, umuminsoniy huquqlarni tan olish va shu bilan birga zulm va kamsitishdan aziyat chekkan guruhlarni alohida e’tiborga olishga asoslangan ijtimoiy adolatni targ‘ib qilgan. NAACP tashkilotchilaridan biri sifatida Du Bois qora tanli jamoalar haqida tadqiqotlar olib borgan va Negro muammosini o‘rganish, Qora tanlilar ruhi, Amerikada qora tanlilarning qayta tiklanishi kabi ko‘plab kitoblar yozgan. U adolatning asosiy shartlari sifatida afro-amerikaliklar uchun to‘liq fuqarolik huquqlari va siyosiy vakillikni talab qilgan. Ida Uells (1862–1931) ham qullikda tug‘ilgan. Ozod bo‘lganidan so‘ng, u jurnalist va afro-amerikaliklar hamda ayollar huquqlari himoyachisi bo‘lgan, shuningdek, NAACP va ayollar huquqlarini qo‘llab-quvvatlovchi boshqa tashkilotlarni tashkil etishga yordam bergan. U afro-amerikaliklar osilishi va osib(o’ldirish) irqiy zulm vositasi sifatida qo‘llanishini hujjatlashtirishi bilan tanilgan va osishga qarshi harakatni ilhomlantirgan. Uning ko‘plab meroslaridan biri — davlat adolatsizliklarini fosh qilish va zaiflarni himoya qilishga undovchi Ida B. Uells Tergov Jurnalistikasi Jamiyatidir. Ruhoniy Martin Lyuter King Jr. (1929–1968) ijtimoiy adolatning radikal tarafdori bo‘lgan. U 1960-yillardagi qo‘zg‘olonlar haqida shunday degan: “Qora tanlilar inqilobi faqat qora tanlilarning huquqlari uchun kurashdan ko‘proq narsadir. Bu Amerika jamiyatiga o‘zining barcha bir-biri bilan bog‘liq nuqsonlariga — irqchilik, qashshoqlik, militarizm va moddiychilikka qarashga majbur qilmoqda. Bu nuqsonlar jamiyatimiz tuzilmasiga chuqur ildiz otgan yovuzliklarni fosh qilmoqda. Bu yuzaki emas, tizimli kamchiliklarni ko‘rsatadi va jamiyatning radikal qayta qurilishi dolzarb masala ekanligini anglatadi.” Ijtimoiy adolat jamiyatlardan barcha ijtimoiy illatlarni bir vaqtda bartaraf etishni, har qanday kamsitishni tugatish uchun faol harakat qilishni talab qiladi. Shunga qaramay, King “biz yangi davr, ijtimoiy adolat davrining idealini va maqsadini amalga oshira olishimizga” umid bildirgan. Gandining falsafasi Ta'sirli siyosiy axloqshunos Mahatma (asl ismi Mohandas) Gandi (1869–1948) Hindistonda Britaniya hukmronligiga qarshi zo‘ravonliksiz kurashga boshchilik qilgan. U hech qachon ijtimoiy adolat haqida aniq yozmagan bo‘lsa-da, uning siyosatshunoslik, ma'naviyat, din va axloqdan iborat yozuvlari adolatli jamiyat qanday bo‘lishi haqidagi tushunchasini shakllantiradi. G‘arbiy siyosiy faylasuflar kabi, Gandi ham shaxs qadr-qimmati va inson huquqlariga hurmatni ta'kidlagan. Ammo ko‘pgina g‘arblik yozuvchilardan farqli o‘laroq, Gandining qarashlari nafaqat huquqlar, balki burchlarga ham asoslangan: "Sivilizatsiya insonning burch yo‘lini ko‘rsatuvchi yo‘ldir." Marksga o‘xshab, Gandi resurslar har bir odam o‘z ehtiyojlarini qondiradigan darajada taqsimlanishi kerakligini ta'kidlagan. Davlatni o‘z xalqiga nisbatan zo‘ravonlik manbai deb ko‘rgan Gandi uzoq muddatli maqsad sifatida uyg‘un va minimal mahalliy boshqaruvni afzal ko‘rgan. Ammo siyosiy erkinlik ijtimoiy va iqtisodiy erkinliksiz deyarli ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Gandining fikricha, adolatli jamiyat qurolli inqilob orqali emas, faqat zo‘ravonliksiz kurash orqali yuzaga keladi. Tarjimon: Muhammadyusuf Tursunboyev Siyosat Bo’limi Lideri: Sardor Xamdamov
Manba: https://openstax.org/books/introduction-political-science/pages/2-1-what-goals-should-we-seek-in-politics
Izoh qoldirish