- 20:41 / 29.10.2024
- 20:58 / 29.10.2024
- , Miya Ilmi
Miya mashg'ulotlari.

HIIT mashg'ulotlari miya funksiyalarining ishlashiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi.
Qattiq harakat qilib, siz 30 sekund taqir-tuqurlatib velosipedingizni to'xtatasiz. Keyin dam olasiz. Siz tezda o'zingizga kelasiz. Ko'p o'tmasdan, siz velosiped uchishga qaytasiz. Birinchi marta 20-asr o'rtalarida mashxur bo'lgan yuqori intensivlikdagi intervalli mashg'ulotlar (HIIT) yurak urushi tezligini kamida 80% gacha ko'taradigan bir necha kuchli mashqlarni birlashtiradi, keyin biroz dam olish yoki past intensivlikdagi mashg'ulotni o'z ichiga oladi. ( Ma'lumot uchun, HIIT nomi bilan mashhur bo'lgan yuqori intensiv intervalli mashg'ulotlar odatda 15 soniyadan 4 daqiqagacha davom etadigan qisqa muddatli intensiv mashg'ulotlardan iborat). Bu jismoniy mashqlar bilan shug'ullanuvchiga an'anaviy mashg'ulotning taxminan yarim vaqtida, foydani yo'qotmasdan aerobik va kuchli kuch-quvvat mashqlarini bajarishga imkoniyat beradi. Va bu hammasi emas. HIIT yoshlarda va kattalarda ijro etuvchi funksiyani - yuqoridan pastga, maqsadga yo'naltirilgan kognitiv (fikrga aloqador) nazorat jarayonlarini kuchaytiradi. Stiven Petruzzello, Urbana-Champaign dagi Illinois universiteti kinesiologiya professori so'zlariga ko'ra, "Uzoq tarix va juda ko'p adabiyotlar shuni ko'rsatadiki, nisbatan faolroq, turli kognitiv vazifalarni bajaradigan odamlar faol bo'lmagan odamlarga qaraganda yaxshiroq kognitiv funksiyaga ega". "Agar siz, misol uchun, biror bir faol bo'lmagan odamni olsangiz va uni faolligini oshirsangiz, siz uning kognitiv funksiyasini yaxshilaysiz."
HIIT bo'yicha yosh miya
Bolalar va o'smirlardagi aerobik fitnesning yuqori ko'rsatkichlari yaxshi xotira bilan bog'liq. "Agar biz yuqori intensiv sport bilan shug'ullanadigan yoki jismoniy tarbiya bilan shug'ullanadigan va jismoniya tarbiya o'quv dasturining bir qismi bo'lgan Tabata yoki HIIT qo'llanmasidan o'tgan o'smir haqida o'ylasak, ularning miyasida darhol O2 (kislorod) ning to'yinganligi oshadi." – deb tushuntirdi Darla Castelli, Kinetic Kidz Lab direktori va Austin dagi Texas universitetining kinesiologiya professori. Castelli yana shunday dedi, " O'sha kislorod darajasi bir qancha muddat baland turadi, odatda, 60 daqiqa," bu odamning qanchalik jismoniy mosligiga qarab, kimdir o'rganishiga tayyor imkoniyat yaratadi. Jismoniy faoliyat miyaga to'g'ri signal berish uchun kerakli bo'lgan kislorodni (O2) doimiy ravishda olishiga yordam beradi. Xotira bilan bog'liq muammolar gipokampus ( o'rganish va xotiraga bog'liq miya hududi) ga keladigan qon va kislorodning kam oqimi bilan bog'liq. Hududga kelayotgan kislorod oqimini ko'payishi uning funksiyasini yaxshilaydi, dedi Castelli. 2020 yilgi tadqiqot yoshlarning kognitiv salomatligidagi HIITning rolini o'rgandi. Boston va Avstraliya tadqiqotchilari HIIT ning 5 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan odamlarning ijro etuvchi funksiyasiga ta'sirini o'lchagan, turli geografik hududlarda va jismoniy faoliyat uslublari bo'yicha 22 ta ilmiy ishlarni tahlil qildilar.
Kattalar miyasiga HIIT berish
HIIT odamlarning miyasiga o'smir paytida ham foyda keltirishi mumkin. Xalqaro olimlar guruhi 2021-yilda o'tkazilgan, 24 ta tadqiqotga e'tibor qaratilgan ilmiy ishda turli yosh guruhlarida kuchli HIIT va ijro etuvchi funksiya o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rib chiqishdi. Tadqiqotchilar ijro etuvchi funksiyaning uchta ko'rsatgichiga HIIT qanday ta'sir qilganiga e'tibor qaratdilar - ingibitsiya (Ingibitsiya - miya fikriy jarayonni boshqarishi. U chalg'ituvchilardan qochib, asosiy vazifaga butun e'tiborini qaratib bajarishga yordam beradi), ish xotirasi va kognitiv moslashuvchanlik. 19-40 yoshdagi odamlarda maksimal va submaksimal intensivlikda 11 daqiqadan yarim soatgacha davom etgan mashg'ulot sifatida aniqlangan kuchli HIIT doimiy ravishda ingibitsiyaga ijobiy ta'sir ko'rsatdi - kognitiv qayta ishlash jarayonida avtomatik javob berishdan o'zini tiyish qobiliyati va yangilash - vaqtinchalik ma'lumotni saqlash va qayta ishlash. Tadqiqotchilar HIIT ning kognitiv moslashuvchanlik - voqealar uchun muqobil tushunchalarni tushunish hamda avtomatik xatti-harakatni o'rnini bosgan holda javoblarni o'zgartirish qobiliyatining foydalarini ko'rmadilar.
Yosh o'tgani sari HIIT
Va HIITning ijro etuvchi funksiyadagi ijobiy ta'siri o'rta yoshdagilardan ham o'tadi. 2020 yilgi tadqiqot 60 va 70 yoshdagilar uchun HIIT mashg'ulotlari va ijro etuvchi funksiya bo'yicha yaxshi natija berdi. Kanadalik va fransuz tadqiqotchilar 3 ta mashq guruhlarini taqqosladilar. Biri olti haftalik 40 daqiqalik HIIT mashg'ulotlarini, har haftada uch kun, maksimal 15 soniyalik tanaffus va 15 soniyalik passiv tiklanish bilan yakunladi. Boshqa biri 30 daqiqadan 39 daqiqagacha o'rtacha intensivlikdagi velosiped seanslarida ishtirok etdi. Uchinchisi yoshi kattalar uchun Amerika sport tibbiyoti kolleji yo'riqnomasi asosida qarshilik ko'rsatish bo'yicha sakkizta mashqni o'tkazdi. Tadqiqotchilar HIIT mashqlari velosport va qarshilik mashqlari guruhlariga qaraganda subyektlarning kardio-respiratorli jismonan tayyorligi va kognitiv moslashuvchanligini oshirganligini aniqladilar. Shuningdek, Stroop Task ning almashinish holatida katta yoshlilarning javob berish vaqtlarini HIIT yaxshiladi: Stroop Task - ishtirokchilardan so'zning o'zi shrift rangidan farqli bo'lsa ham, so'zning shrift rangini nomlashni talab qiladigan kognitiv test.
"HIIT haqida ajoyib narsa shundaki - bu shaxsga nisbatan moslashuvchan va yaqin", – dedi Castelli. "Shunday qilib, yosh farqiga ko'ra, agar siz 20 ta qila olsangiz, va men 10 ta qila olsam, bu hali ham menga yuqori intensivlik va menimcha, u bu yerda eng ko'p o'ziga jalb qiluvchi, shunday emasmi?". "Yuqori intensivlik" degan fikr har bir odamning qobiliyatlari va jismoniy tayyorgarliga mos bo'ladi, bu esa HIIT ni hayotning barcha vaqtlarida va barcha jismoniy holatlarga mos, mashqlarning chiroyli bir turi hisoblanadi.
Manba: https://www.brainfacts.org/thinking-sensing-and-behaving/movement/2022/high-intensity-interval-training-can-affect-brain-function-for-the-better-102522
Tarjimon: Nafisaxon Akmalova
Muharrir: Asadbek Tillayev
“Miya Ilmi” lideri: Jamshidbek Izzatullaev
6 ta izoh:
Izoh qoldirish