- 20:58 / 29.10.2024
- 20:41 / 29.10.2024
- , Miya Ilmi
Ko'k yorug'lik va uyqu?

Smartfonlar dunyoda hukmronlik qilayotgan bir paytda, bizning uyqumiz buning oqibatlaridan azob chekyapdi. Ammo siz qachondir nega o'sha yorqin nur taratayotgan ekrandan ko'zimizni olishimiz va tinch uyquga ketishimiz qiyinligi haqida o'ylab ko'rganmisiz? Inson miyasi tabiiy ravishda stimulyatsiya izlashga harakat qilishini bilish - ajoyib. (Stimulyatsiya - jismoniy yoki xulq-atvor o'zgarishiga olib kelishi mumkin bo'lgan hamma narsa, qiziqish yoki hayajon uyg'otadigan harakat). Biz telefonimiz bilan mashg'ul bo'lganimizda, miyamizdagi mukofot markazlarini faollashtiramiz, ular mamnuniyat va motivatsiya bilan bog'liq bo'lgan neyrotransmitter (hujayra) - dopaminni ishlab chiqaradi. Dopamin bizga mamnuniyat tuyg'usini beradi va smartfon ishlatish odatini mustahkamlaydi, bu esa ularning jozibasiga qarshi turishni qiyinlashtiradi. Bu o'rganib qolish/qaramlik tendensiyasi (odati) - biz odatda smartfonga qaramlik deb ataydigan narsaga hissa qo'shadi.
Keling hozir smartfon ekranlaridan taraladigan ko'k yorug'likning qiziqarli sohasi bilan tanishamiz. U bizning sirkadiyalik ritm deb ham ataladigan, tabiiy uyqu-uyg'onish siklimizni buzadi. Ko'k yorug'lik - yuqori energiyali, ko'rinadigan yorug'lik spektrida, qisqa to'lqin uzunligida bo'ladi. U turli manbalar, jumladan quyosh, LED chiroqlar, va smartfonlar, planshetlar hamda kompyuter ekranlari kabi, ko'pchiligimiz keng ko'lamda ishlatadigan elektron qurilmalar tomonidan ishlab chiqariladi. Kunduzi ko'k yorug'likka chiqish, undan ta'sirlanish foydali, u sirkadiyalik ritmimizni tartibga solib, hushyorlikni oshirsada, ayniqsa kechasi tunda su'niy ko'k yorug'likdan ko'p ta'sirlanish , sog'lig'imizga hamda uyqu rejimimizga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Bolalar ham, kattalarga qaraganda ko'k yorug'likning yomon ta'siriga ko'proq moyil bo'lishadi, sababi ularning rivojlanib borayotgan ko'zlari ko'k yorug'likni ko'zning to'r pardasiga yetib borishiga to'sqinlik qilmaydi. Smartfonlar kabi ko'k yorug'likning su'niy manbalari tabiy manbalarga nisbatan ko'proq ko'k yorug'lik ishlab chiqaradi. Tunda ko'k yorug'likka duch kelsak, uyquga ketishda qiyinchiliklar kelib chiqadi, ya'ni smartfon insomniya (uyqusizligi) ga olib keladi. Lekin tunda foydalanilgan smartfon va ko'k chiroq uyquga qanday ta'sir qiladi? Smartfonlardan yoki boshqa qurilmalardan chiqqan ko'k yorug'lik ko'z to'r pardasiga, aniqroq aytganda, menalopsin (fotopigmentlarning bir turi) deb atalgan hujayrani o'z ichiga olgan fotosensitiv ganglion hujayralar qatlamiga yetib boradi. Boshqa fotoretseptorlardan farqli o'laroq, bu ganglion hujayralari ko'rishga biroz hissa qo'shadi, ammo yorug'likka o'ta sezgir hisoblanadi. Bu forosensitiv ganglion hujayralari optik nerviga, supraklazmatik yadroga yetib boradigan SCN (supraxiasmatik yadro) ga bog'langan uzun tolalarga ega.
Ta'kidlab o'tish kerakki, melatonin faqatgina uyqusirashni keltirib chiqaruvchi va uyquni tartibga soladigan gormon emas, u katta ahamiyatga ega. Tadqiqotlar u turli xil saratonga qarshi mexanizmlarda ishtirok etishini ko'rsatdi. Epidemiologik tadqiqotlar esa hatto sirkadiyalik ritm yoki uyqusizlik buzulishi va prostata saratoni orasidagi bog'liqlikni ko'rsatdi. Shuningdek, uyqu markaziy nervlar tizimidagi tozalash tizimi - glimfatik tizimda muhim rol o'ynaydi. Glimfa tozalanishining buzilishi Altsgeymer va dementiya kabi neyrodegenerativ kasalliklar bilan bog'liq. Bu uyquning ahamiyatini va uning buzilishi oqibatlarini ta'kidlaydi. Shuning uchun ko'k yorug'likni bizning uyqu-uyg'onish siklimizga qanday ta'sir qilishini tushunish juda muhim.
Shunday ekan, o'rningizdan turing, bugun kechqurun o'sha yorug'liklarni va ekranlarni o'chiring va tushlaringizni sizning diqqat markazingizdaa bo'lishiga ruxsat bering!
Manba: https://www.brainfacts.org/thinking-sensing-and-behaving/sleep/2023/how-blue-light-affects-our-ability-to-sleep-112723
Tarjimon: Nafisaxon Akmalova
Muharrir: Tillayev Asadbek
“Miya ilmi” lideri: Jamshidbek Izzatulaev
10 ta izoh:
Izoh qoldirish