Qo‘rquvga javob berish.

Nima sizni qo‘rqitadi? Noma’lum soyami? Tushunarsiz shitirlashmi? Balki kutilmagan seskanishdir? Bu kabi holatlar sizni hozirgi holatingiz haqida ma’lumot beradigan xotiralarni yaratadi. Agar biror xavf sezsangiz tanangiz stressga javob berish rejimini ishga tushirishi, qarshi kurashga, yoki undan qochishga undashi mumkin. Keyinchalik siz yangi kelajakda shu kabi holatlarda qanday javob berishingizga ta’sir etuvchi xotira shakllantirishingiz mumkin.

Eshikni ochmoqdasiz, qandaydir soya pol bo‘ylab suzib o‘tdi. Miyangiz xavfni sezishi bilan yo‘lingizdan to‘xtab, cheklash holatdaligingizda vahima tanangizni seskantiradi. Qanday reaksiya bildirishingizning bir qismi siz qachondir qabul qilgan sezgi ma’lumotlaringizga va o‘sha xavf, vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan xotiralaringizga bog‘liq.

Masalan, siz o‘tmishda suvaraklar bilan biror yomon vaziyatga duch kelgan bo‘lsangiz, keyin birortasini ko‘rib qolsangiz, sizning miyangiz hech nima qilmasdan turishga majburlaydi va o‘sha xotiralarga so‘rov yuborib, javob berishga kirishadi. Yoki uni gazeta bilan yurishga majburlashi ham mumkin. Nevrologlar bizning qo‘rquvga javoblarimiz qisman miyaning amygdala bo‘limi tomonidan boshqariladi deb o‘ylashadi. Amygdala bu miyaning ko‘rish va eshitish orqali to‘plangan ma’lumotlar o‘tmishdagi yuzaga kelgan xavflar bilan bog‘lanadigan qismi.

Amygdala miyaning hypothalamus qismiga unga kortizol(stress garmoni)ni chiqarishga buyruq berib signal yuborishi mumkin. Kortizol - asab tizimini aktivlashtiradigan va miya uchun stress sababchisiga javob berishga signal beradigan garmon.

Ushbu sistema sizning xavfga qarshi kurashishingizni, undan qochishingizni yoki hech nima qilmasligingizni boshqarishga yordam beradi.
Amygdala va miyadagi boshqa qismlar hayotingizda ro‘y bergan vaziyatlarga asoslanib xotiralar shakllantirishga yordam beradi. Keyin u xotiralar kelajakdagi o‘xshash xavflarga qanday reaksiya bildirishingizga ta’sir qiladi. Shunday qilib, siz ko‘rgan soya haqiqiy yoki haqiqiymas bo‘lsa ham, siz unga tayyor turganingiz ma’qul.


Tarjimon:Mushtariy Shermuhammadova.

Muharrir: Tillayev Asadbek

"Miya Ilmi" bo'limi lideri: Jamshidbek Izzatullaev

Manba

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 20:41 / 29.10.2024
Ko'k yorug'lik va uyqu?
  • 20:58 / 29.10.2024
Miya mashg'ulotlari.
  • 21:05 / 30.10.2024
Miya, Tartib va Odatlar.
  • 21:11 / 30.10.2024
Charchoq va miya faoliyati.