Ochlik neyronlari – jahldorlik.

Bizni ochlik sababli jahldor qiladigan neyronlar


Balki bu o’zingizni quvvatsiz his qilish bilan boshlanishi mumkin. Yoki biroz asabiylashayotgan bo’lishingiz mumkin. Bosh og’rig’i yoki diqqatni jamlashda qiyinchilikni boshdan kechirishingiz mumkin. Miyyangiz sizga xabar jo’natyapti : Sen ochsan. Ovqat top.


Sichqonlardagi tadqiqotlar mana shu yoqimsiz ochlik va jahldorlik hissiyotini yaratishi mumkin bo’lgan miyyaning ostki qismiga yaqin joylashgan AgRP neyronlarning guruhini ko’rsatgan. Ular miyyaning qon ta’minotiga yaqin joylashgan. Bu esa ularga energiya darajalarini ko’rsatadigan oshqozon va yog’ to’qimasidan kelayotgan garmonlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Energiya kam bo’lgan vaqtda, ovqatlanish kerakligi haqida hissiyotni miyyaning boshqa turli tarqatadi.


Sichqonlardagi AgRP neyronlariga quloq solish orqali, olimlar bu hujayralar qanday ishga tushishi, ozuqa yeyishi kerak bo’lgan paytda hayvonlarni qanday ovat qidirishga undashi va ovqat yeyishdan to’xtash uchun ovqatning ichakka tushib, hazm bo’lishini qanday his qilishini topishdi. Tadqiqotchilar, shuningdek, AgRP faoliyati sichqonlardagi ishtahaning yo’qolishi simptomlariga o’xshash bo’lgan simptomlar tufayli izdan chiqishini va bu neyronlarni faollashtirish bu hayvonlarda normal ovqatlanish shakliga qaytishiga yordam berishini aniqlashdi.

 AgRP neyronlarini tushunish va boshqarish ham ishtaha yo’qolishi, ham me’yordan oshiq yeyishga yanggi davolarni topishga sabab bo’lishi mumkin. “ Agar biz mana shu ochlik tufayli jahldor bo’lish hissiyotini boshqara olganimizda, ovqatlanish tartibimizni yanada yaxshiroq nazorat qila olishimiz mumkin edi,” - deydi nevrolog Amber Alhadeff.


Yeyish yoki yemaslik


AgRP neyronlari ishtahadagi muhim  ishtirokchilardir : Katta yoshdagi sichqonlarda ularni faolsizlantirish sichqonlarni ovqatlanishni to’xtatishiga sabab bo’ladi - ular, hattoki, ochlikdan vafot etishi mumkin. Aksincha, agar olimlar bu neyronlarni faollashtirsa, sichqonlar juda ko’p miqdorda ovqatlanib yuboradi. 


2015- yilda bir nechta laboratoriyalardagi tajribalar AgRP neyronlari nima qilishini ko’rsatish uchun yordam berdi. Tadqiqotchilar sichqonlarda yeyish uchun yetarlicha ozuqa bo’lmagan vaqtda AgRP neyronlari yanada faollashdi. Lekin ovqatning hidi yoki ko’rinishi bu faoliyatni soniyalar ichida susaytirishga yetarli bo’lganini aniqlashdi. Bu tajribadan olimlar AgRP neyronlari hayvonlarni ovqat qidirishiga sabab bo’lishini xulosa qildi. Ovqat topilishi bilan, neyronlar faolligi juda tezlik bilan to’xtaydi.


Scott Sternson tomonidan yetalkchilik qilingan tadqiqot jamoasi AgRP neyronlari sichqonlarni yomon his qilishiga sabab bo’lishini ko’rsatdi. Olimlar tajribadagi sichqonlarni shunday qilib o‘zgartirishgan (genetik jihatdan muhandislik qilishgan)ki, ularning miya AgRP neyronlari ma’lum bir yorug‘likka sezgir bo‘lib qolgan. Shuning uchun, olimlar sichqonlarga yorug‘lik nuri tushurganida, sichqonlarning AgRP neyronlari faol holatga kelgan va bu neyronlarning faollashuvi ularning noqulay yoki yoqimsiz his qilishlariga olib kelgan.

Keyin olimlar sichqonlarni ikkita turli xonaga joylashtirishgan: biri qora rangda va plastik panjarali polga ega, ikkinchisi esa oq rangda va yumshoq qog‘ozdan pol bilan qoplangan. Sichqonlar qaysi xonaga kirganda AgRP neyronlari faollashtirilsa, sichqonlar asta-sekin o‘sha xonani yoqtirmasdan, boshqa xonaga ko‘proq borishni boshlashgan. Bu, AgRP neyronlarining faollashuvi sichqonlarda noqulaylik hissini keltirib chiqarishini ko‘rsatadi.

Sternson hozir California San Diego universitetida AgRP neyronlari faolligi mo’tadil darajada yoqimsiz degan xulosaga keldi. Tabiatda buni tushunish mumkin, u aytadiki : Sichqon inini tark etgan har qanday vaqtda, u yirtqichlar xavfi ostida bo’ladi. Lekin u ovqat topishi va ozuqlanishi uchun bu qo’rquvni yengib o’tishi shart. “ Bu AgRP neyronlari xavfli muhitda ham tashqariga chiqishingiz va tirik qolish uchun ovqat qidirishga undaydi.”


Stersonning 2015- yildagi tadqiqoti shuni ko’rsatdiki, ovqat ko’rinishi yoki hidi AgRP neyronlarini tinchlantirishiga qaramay, bu vaqtincha davom etadi : Agarda sichqon ozuqani yeya olmasa, neyronlar faoliyati yana tiklanadi. Qo’shimcha tajribalar orqali, Alhadeff va hamkasblari AgRP neyronlarini eng ko’p ozuqadagi kaloriyalar to’xtatishini kashf qilishdi.


Birinchi, Alhadeffning jamoasi sichqonlarga kaloriya bo’lmagan ozuqa berishd:sun’iy shirinlashtiruvchili gel. Sichqon gelni yeganida, AgRP neyron faoliyati kutilgandek pasaydi- lekin vaqtincha. Bu ozuqadan kaloriya olib bo’lmasligini sichqonlar  tushunganida, ularning AgRP neyronlari har bir tishlamida kamroq javob qaytardi. Shuning uchun hayvonlar ozuqa haqiqatda ularni to’yintiradimi yo’qmi, shunga ko’ra ochlik darajasini moslashtiradi.


Alhadeff oshqoozn agRP ga yuboradigan signallarni tushunib, o’rganishni boshladi va hammasi ozuqa kaloriyasiga bog’liqligini topdi.  Ozuqadagi yog’ hazm qilish yo’lidan miyaga yetib boradigan signalni vagus nervi orqali signalni faollashtiradi. Oddiy shakar glyukozasi orqa miyadagi signallar orqali miyaga xabar beradi.


Uning jamoasi hozir nega bu bir nechta yo’llar mavjudligini o’rganishyapti. U AgRP qanday qilib ovqat qidirishga majburlashini yaxshiroq tushunish orqali, olimlar insonlar nosog’lom qo’shimcha miqdorda ovqatlanishni to’xtatishlari uchun yordam berish uchun bir nechta yechimlarni topishni umid qiladi. olimlar va dietologlar mana shunday davolarni bir asrdan oshiq vaqtdan beri qidirayotgan bo’lsa ham, oson, xavfsiz va samarali davolarni aniqlash qiyin bo’lib kelaypti.Wegovy kabi eng oxirgi ortiqcha vazn yo’qotish dorilaring guruhi AgRP neyronlarida qisman yordam beradi, lekin diareya va ko’ngil aynishi kabi yoqimsiz, salbiy ta’sirlari ham bor. 


Faqatgina AgRP ga mo’ljallangan terapiyalar vazn muammosini to’liq hal qilishda muvaffaqqiyatsizlikka uchrash ehtimoli bor. Chunki ozuqa qidirish ishtahani boshqarishning faqatgina bir qismi xolos, deb aytadi Sterson. To’yganlikni his qiladigan va yuqori kaloriyali ovqatni yoqimli qiladigan miyyaning boshqa qismlari ham muhim rollarni o’ynaydi. Shuning uchun , masalan, siz Thanksgiving kuni kurka go’shti va  kartoshka pyuresiga to’ygan bo’lsangiz ham, oxirida bir bo’lak oshqovoq pirogidan ham yeysiz.


Ishtaha yo’qolishiga qarshi kurashish


Haddan oshiq ovqat yeyishning teskasi bu ishtahaning yo’qolishidir. Va bu holatda ham, olimlar AgRP neyronlarini o’rganish, anoreksiyaga qarshi yanggi davolar topilishiga sabab bo’ladi deb o’ylashadi. ishtahasi yo’qolgan odmlar judayam xavfli darajada vazn yo’qotadigan nuqtagacha ovqatdan qochishadi. Ishtaha yo’qolishini davolash uchun ma’lum bir davo yo’q; davolash psixoterapiya, umumiy stress va ruhiy kasalliklarni davolash uchun mo’ljallangan usullarni o’z ichiga olishi mumkin. Judayam yomon holatlarda burun orqali turba orqali majburiy ovqatlantiriladi. Aneroksiyasi bor odamlar shuningdek tinchlanolmaydigan yoki judayam faol bo’lishi va haddan oshiq jismoniy mashq qilishi mumkin.


Olimlar bu holatni faoliyatga asoslangan aneroksiya yoki ABA orqali sichqonlarda o’rganib ko’rishi mumkin. Olimlar sichqonlarga yeyishi mumkin bo’lgan ovqatni cheklangan miqdorda beradi va aylanish uchun g’ildirak berganida, ba’zi sichqonlar aneroksiya holatiga o’tishdi. Ularga berilgan ozuqadan ham yeyishadi va sichqonlar odatda faol bo’lmaydigan vaqt, kunduzi ham g’ildirakda aylanishdi. ‘Ular odatda yemaslik va mashq qilishdan zavqlanishadi,” deydi Tamas Horvath, Yale tibbiyot maktabidagi nevrolog.


AgRP neyronlari aneroksiya bilan qanday aloqasi bo’lishi mumkinligini topish uchun Sutton Hickey ABA tajribasidagi sichqonlarini ovqat iste’molini ehtiyotkorlik bilan kuzatib bordi. 

Olim ayol tajribani cheklangan parhezda bo‘lgan, lekin yugurish g‘ildiragi qulflangan (harakatlanish imkoniyati cheklangan) sichqonlar bilan solishtirgan. Ushbu sichqonlar ABA sindromini rivojlantirmagan. ABA sindromiga ega sichqonlar boshqa sichqonlarga qaraganda kamroq ovqat yegan. Ular ovqatlanganda esa, odatda, to‘yib ovqatlangandan keyin kamayishi kerak bo‘lgan AgRP neyron faolligi kamaymagan. Bu esa sichqonlarda ochlik va ovqatlanishga javob beruvchi neyronlarning ishida nimadir noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatadi.


Sutton Hickey , shuningdek, olimlar ma’lum bir kimyoviy moddani sichqonlarga yuborganida ularga harakatga o’tib, faol bo’lishi uchun sichqonlarni muhandislaganda, muammoni tuzata olish mumkinligini tushundi. Kimyoviy modda yuborilgan sichqonlar ko’proq ovqat yedi va vazn yig’di. ,, Bu neyronlarning muhimligi haqida ko’p narsani aytadi,” deydi Horwath. ,, Bu shuni ko’rsatadiki, AgRP neyronlari yaxshi, yomon emas.”


Suuton Hickey aytadiki, keyingi qadam nega AgRP neyronlari ABA sichqonlarida noodatiy reaksiya qilganini tushunishdir. Ishtahasi yo’qolgan odamlarga yordam beradigan davo topishida muhim molekulalar borligiga umid qiladi u.


Shunday qilib, AgRP ustidagi ishlar olimlarga biz ovqatlanganimizda nega ovqatlanishimizni tushunish uchun yordam beryapti. shuningdek, ovqatlanish tartibi buzilgan odamlarga, juda ko’p miqdorda yeyish yoki judayam oz miqdorda yeyishgacha bo’lgan muammolarda yordam beradigan davolarni topishda ham yanggi usullarni beryapti. 


Tarjimon : Dilnavoz Po’latboyeva  Muharrir: Tillayev Asadbek "Miya Ilmi" bo'limi lideri: Jamshidbek Izzatullaev

Manba : https://www.brainfacts.org/thinking-sensing-and-behaving/emotions-stress-and-anxiety/2023/the-neurons-that-make-us-feel-hangry-112223


Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 20:41 / 29.10.2024
Ko'k yorug'lik va uyqu?
  • 20:58 / 29.10.2024
Miya mashg'ulotlari.
  • 21:05 / 30.10.2024
Miya, Tartib va Odatlar.
  • 21:11 / 30.10.2024
Charchoq va miya faoliyati.
  • 20:40 / 17.11.2024
Qo‘rquvga javob berish.