Konstitutsiyalar va shaxs erkinliklari

Konstitutsiyalar va shaxs erkinliklari

Aksariyat mamlakatlar hukumat faoliyati uchun asos bo’lgan - rasmiy konstitutsiyaga ega. Konstitutsiya yozma shaklda, bitta hujjatda yoki hatto konstitutsiya sifatida belgilanishi ham shart emas. Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya va Isroilda kodifikatsiya (kodeks tuzish) qilingan konstitutsiya yo‘q, balki ularning o‘rniga hukumat shaklini o‘rnatuvchi va erkinlik tamoyillarini belgilab beruvchi to‘planmagan yozuvlardan foydalanadi. Ko‘pgina mamlakatlarda odatda asosiy qonunlar deb ataladigan bir qator hujjatlar hukumat tuzilmasi va shaxsiy huquqlarni kodifikatsiya qiladi. Agar mamlakatda konstitutsiya deb belgilangan yagona hujjat bo'lmasa, ayrim yozuvlar mamlakat konstitutsiyasi bo'lib xizmat qilishini qayerdan bilish mumkin? Konstitutsiya xalq va hokimiyatning asosiy tamoyillari, hokimiyat tarmoqlarining tuzilishi va ularning vazifalarini tavsiflaydi. U hukumatni cheklaydi, odamlar uchun himoyalangan erkinliklar yoki huquqlarni sanab o'tadi va uni o'zgartirish oddiy qonunlarga qaraganda qiyinroq bo'lishi kerak.


Konstitutsiya fuqarolik erkinliklarini salbiy yoki ijobiy huquqlar sifatida ta'kidlaydigan tarzda ifodalanishi mumkin. Siyosatshunoslar konstitutsiyada salbiy huquqlar ko'rsatilgan deyishsa, bu hukumatga cheklovlar qo’yilganini bildiradi. Birinchi tuzatishning matnini ko'rib chiqing:


Kongress diniy eʼtiqodga oid yoki uning erkin amalga oshirilishini taqiqlovchi hech qanday qonun qabul qilmaydi;  so'z yoki matbuot erkinligini qisqartirmaydi; yoki odamlarning tinch yo'l bilan yig'ilish huquqi va hukumatdan shikoyatlarni bartaraf etishni soʻrab murojaat qilishni ta’qiqlamaydi.”


Tuzatish hukumatning xalq oldidagi burchlari emas, balki hukumatning shaxslarning huquqlarini buzish qobiliyatiga qaratilgan. AQSh Konstitutsiyasi salbiy huquqlar konstitutsiyasi  bo'lishga intiladi , chunki ,”Bill of Rights”ning katta qismi hukumatga cheklov qo’yish uchun yozilgan. 


Pozitiv (ijobiy) huquqlar konstitutsiyasida huquqlar davlat tomonidan odamlarning huquqlariga kafolat berish majburiyati sifatida yozilgan. Masalan, Germaniya Konstitutsiyasining 5-moddasida, Germaniya Asosiy Qonunida shunday deyilgan:


“Har kim o‘z fikrini nutqda, yozma ravishda va rasmlarda erkin ifoda etish va tarqatish huquqiga ega.. . . Matbuot erkinligi. . . kafolatlanadi


Ushbu ijobiy huquqlar konstitutsiyasi hukumatning shaxsga erkinlik kafolatini ta’minlaydi. Garchi AQSh Konstitutsiyasi asosan salbiy huquqlar konstitutsiyasi sifatida ko'rilsada, aksariyat konstitutsiyalar kabi u ham biror narsaga bo'lgan huquqni kafolatlovchi moddalardagi kabi ijobiy huquqlarni tasvirlaydi. Aksariyat Ikkinchi jahon urushidan keyin yozilgan demokratik konstitutsiyalar ijobiy huquqlar konstitutsiyalaridir. Natsistlar mavjud bo‘lgan Germaniya konstitutsiyasidan foydalanib, Germaniyada va bosib olingan mamlakatlarda odamlarning erkinliklarini cheklashgandan so‘ng, bu mamlakatlardagi odamlar hukumat faqat xalqning hukumatga bo‘lgan majburiyatlarini emas, balki hukumatning xalqqa bo‘lgan majburiyatlarini ham tan olishini ta’minlashni xohlashdi. Xuddi shunday qo‘rquvlar natsistlar tomonidan bosib olinmagan ko‘plab mamlakatlarni ijobiy huquqlar konstitutsiyalarini yaratishga undadi. Ushbu konstitutsiyalar hukumatni barcha huquq buzilishlariga qarshi erkinlik himoyachisi sifatida ko‘radi. Ular hukumat harakatlarini faqat shaxsni cheklash bilan chegaralamaydi.


Bir mamlakatning konstitutsiyasi hukumat shaxsga qanday erkinlik darajasini berishini belgilaydi va bu daraja siyosiy tizimga qarab farqlanadi. Individualistik tizimda shaxslar jamoa, jumladan hukumatdan ustun qo‘yiladi, holbuki kommunitar tizim jamoa uyg‘unligini birinchi o‘ringa qo‘yadi va shu bilan birga shaxsiy erkinliklarning ahamiyatini tan oladi. Mamlakatlar o‘z tizimlarining tabiatiga va individualizm yoki kommunitarizmga qancha urg‘u berilishiga qarab farq qiladi.



Tarjimon: Shohrux Hasanov
Siyosat Bo’limi Lideri: Sardor Xamdamov Manba: https://openstax.org/books/introduction-political-science/pages/4-2-constitutions-and-individual-liberties

Izoh qoldirish

Mavzuga oid