- 05:16 / 19.11.2024
- 04:33 / 19.11.2024
- , Siyosat
Millatchilik va Kommunizm

Millatchilar milliy guruhni o‘ziga xos madaniyat va millatning boshqa a’zolari bilan bog‘lanish aloqalariga ega deb biladi. Ushbu aloqalar odatda qon, tarix va tuproq kabi umumiyliklarga asoslanadi. Millatchilikni siyosiy mafkura sifatida dastlab himoya qilganlardan biri nemis faylasufi Iogann Gotfrid fon Herder (1744–1803) bo‘lib, agar har bir millat o‘ziga nazar tashlab, o‘zining o‘ziga xos hissalarini nishonlasa, dunyo xalqaro tinchlikdan bahramand bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. Millatchilikning boshqa himoyachilari uni Vyetnam va Jazoirda bo‘lgani kabi, G‘arb nazoratidan ozod bo‘lish uchun mustaqillik harakatlari chaqiruvi sifatida ko‘rishgan. Biroq, millatchilik boshqa millatlardan ustun ekanlikni da’vo qilish uchun ham qo‘llangan va bu ijtimoiy chetlatish va urushni qo‘zg‘atgan G'arbda Marksimizmning Rivojlanishi 19-asrda nemis yozuvchisi Karl Marks (1818–1883) va uning hamkori Fridrix Engels (1820–1895) millatchilikni tanqid qilib, uning odamlarni milliy va xalqaro iqtisodiy kurashlardan va ayrim shaxslarning “millat” a’zolarini iqtisodiy jihatdan ekspluatatsiya qilishidan chalg‘itish kuchiga ega ekanligini ta’kidlashgan. Marks jahon inqilobi zamonaviy jamiyatni butunlay o‘zgartirib, oxir-oqibat kommunizmga olib kelishini bashorat qilgan — bu iqtisodiy tabaqalarsiz jamiyatda tinchlik, adolat, repressiv qonunlar va siyosiy nazoratdan ozodlik hamda moddiy resurslar tengligi holatidir.Ruso'dan ilhomlangan Marks bunday, barcha bir-biri bilan tinch hamjihatlikda yashaydigan va ijodiy erkinlikni to‘liq amalga oshiradigan jamiyatda insonning haqiqiy tug‘ma salohiyati ro‘yobga chiqishini ta’kidlagan. Kommunizmning mohiyatini tasvirlashga urinar ekan, Marks ushbu ijodiy erkinlikni alohida ta’kidlagan. “Kommunistik jamiyatda, ... har kim o‘zi xohlagan sohada mukammal bo‘lishi mumkin, jamiyat umumiy ishlab chiqarishni boshqaradi va shu tariqa menga bugun bir ishni, ertaga boshqasini qilish imkonini beradi, ertalab ov qilish, tushdan keyin baliq ovlash, kechqurun qoramol boqish, kechki ovqatdan keyin she’r, san’at, musiqa va boshqalarni tanqid qilish imkoniyatini yaratadi, xuddi o‘zim xohlaganidek, hech qachon ovchi, baliqchi, chorvador yoki tanqidchi bo‘lmasdan.” Locke'dan farqli o‘laroq, u erkin bozor umumiy farovonlikni ta’minlashda samarali deb hisoblagan bo‘lsa, Marks va Engels uchun xususiy mulk va tovarlar va xizmatlarning erkin almashinuvi asosida tashkil topgan erkin bozor iqtisodiyoti kommunizmning zaruriyatga aylanishiga olib keladi. Ushbu qarashga ko‘ra, erkin bozor jamiyatida, ko‘pchilik odamlar hayot zaruratlarini sotib olish uchun pul topish maqsadida narsalar sotishi kerak. Bu ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni keltirib chiqaradi, ular oxir-oqibat eng arzon narxlarni taklif qilish uchun raqobatlashadilar. Buni amalga oshirishning bir usuli — ishlab chiqaruvchi mehnat xarajatlarini kamaytirish orqali har bir mahsulotning narxini pasaytiradigan mehnatni tejovchi mashinalarga sarmoya kiritishdir. Bu esa ishsizlikning ortishiga olib keladi va o‘z ishlarini saqlab qolganlar esa yanada kamroq maosh olishadi, bularning barchasi mahsulot narxlarini past saqlash uchun. Natijada, jamiyatning keng qatlamlarining qashshoqlanishi yuzaga keladi. 3.6-rasm .1911-1917 yillarda Nyu-Yorkda har oyda nashr etiladigan “Massa” jurnali mehnat kurashlari, ayollar huquqlari va o‘sha paytda radikal deb hisoblangan boshqa masalalarga qaratilgan. (Kredit: The Masses Publishing Co./The Tamiment Library va Robert F. Vagner mehnat arxivi, Nyu-York universiteti, jamoat mulki) tomonidan "The Masses, 1916 yil iyul) Marksga ko‘ra, sanoatlashgan jamiyatda ko‘pchilik odamlar proleta-riatga aylanadi, ya’ni o‘z mehnatini bir nechta yirik kompaniyalarga sotadiganlar. Biroq, ozgina odamlar burjua sinfiga kiradi, ya’ni o‘rta sinf savdogarlari, buxgalterlar, huquqshunoslar va boshqa mutaxassislar, ular kichik iste’mol tovarlarini yoki professional bilimlarni sotadilar, lekin ularning soni oxir-oqibat kamayib boradi. Hozirgi kundagi marksist nazariyotchilar, ushbu jarayonning mashinalashtirilgan ishlab chiqarish va axborot texnologiyalarining keng qo‘llanilishi natijasida ilgari nisbatan yuqori maosh olgan ishlarning eskirishi bilan yuzaga kelayabdi deb bilishadi. Ishchilar va barqaror ish topishga qiynalayotganlar soni ko‘payib, ular tobora baxtsiz bo‘lib borishi bilan, ular o‘zlarining umumiy iqtisodiy holatini anglash orqali albatta birlashadilar — Marks bu holatni sinf ongi deb ataydi — va o‘zgarish talab qilish uchun birlashadilar. Ular xususiy mulkdagi texnologiyalarni egallab, tezda va zo‘ravonlik bilan hokimiyatini qo‘lga kiritish uchun harakat qilishadi. Bu marksistlarning proletariat diktaturasi deb ataydigan davrni ifodalaydi, ya’ni ishchilar sinfi birlashib, davlatni nazoratga olib, kommunizmni olib kelish uchun zarur bo‘lgan tozalash ishlarini amalga oshiradilar. Ushbu davrda proletariat barcha siyosiy so‘z erkinligini nazorat qilishni, qarshi inqiloblarni oldini olishni va ishlab chiqarishning ijtimoiy munosabatlarini, ya’ni kapitalist iqtisodiyoti tomonidan shakllantirilgan ijtimoiy me’yorlarni, masalan, nikohni, o‘zgartirishni maqsad qilishi kerak.Millatchilik, Kommunizm
Marks Germaniyada kapitalizm kuchlarining yaxshi rivojlanganini hisobga olib, nemis ishchilari uning ishchilar inqilobi haqidagi tasavvurini amalga oshiradilar deb kutgan edi, va bu inqilob qo‘shni mamlakatlarga ham tarqaladi deb o‘ylagan. Ammo bu inqilob yuz bermadi. Nima uchun?
Tarjimon: Muhammadyusuf Tursunboyev
Siyosat Bo’limi Lideri: Sardor Xamdamov Manba: https://openstax.org/books/introduction-political-science/pages/3-4-nationalism-communism-fascism-and-authoritarianism
Izoh qoldirish