- 21:53 / 16.12.2024
- , Falsafa
Falsafa hayot tarzi sifatida (PWOL)

Philosophy as a Way of Life (PWOL) 750 so’z - o’qish uchun 5 daqiqa Agar siz qachondir falsafiy g’oyalarni kundalik hayot tarzingizda qo’llashga harakat qilib ko’rgan bo’lsangiz, PWOL deb nomlangan yondashuv sizni qiziqtirishi mumkin. Bu yondashuvning maqsadi falsafiy g’oyalarni nazariyadan amaliyotga o‘tkazishdir. PWOL yondashuvi konsepsiyalar yoki argumentlarni tahlil qilish yoki dunyo haqidagi nazariyani yaratishga qaratilmagan. Aksincha, u falsafiy yashash amaliyotiga urg‘u beradi. PWOL — bu o‘zimiz va dunyo haqidagi tanqidiy fikrlash, xulq-atvorimizni dunyoqarashimizga moslashtirish, va bu jarayonda ba'zi amaliy mashqlarni o‘z ichiga oladigan falsafiy yo‘nalishdir. Masalan, Aristotelning fazilatli hayot kechirish haqidagi odatlarini o‘rganish va ularni o‘zimizda shakllantirishga harakat qilishimiz mumkin. Stoiklar esa odamlarning hissiyotlarini nazorat qilish va hayot qiyinchiliklariga qarshi chidamlilikni o‘rgatadigan mashqlarga e’tibor qaratgan. Bu maqolada PWOL yondashuvi bilan tanishib, falsafiy yashash zamonaviy davrda qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz. Edmund Tarbellning (1908) “Josephine and Mercie” deb nomlangan ikki ayolning kitob o‘qish holatini tasvirlagan asari. Bugungi kunda PWOL tushunchasi ko‘p hollarda fransuz faylasufi Per Ado (Pierre Hadot - 1922–2010) nomi bilan bog‘lanadi. Per Adoning tadqiqotlari qadimiy faylasuflarning hayotiy yondashuvlarini o‘rganishga qaratilgan edi. Ularning falsafiy fikrlari nafaqat nazariy, balki amaliy yashash tarzini belgilab bergan. Masalan, stoiklar va epikurchilar o‘z intellektual qarashlari bilan yashashga mos keladigan intellektual faollikni qo‘llab-quvvatlovchi maktablar tuzgan. Ado falsafani nafaqat dunyoqarashni shakllantirish usuli, balki shaxsiy o‘zgarishlar uchun amaliy vosita deb bilgan. Uning fikricha, falsafiy yashash dunyo haqidagi tushunchalarimizni o‘zgartirish va bu o‘zgarishlarga mos yashashni anglatadi. PWOL yondashuvining muhim qismi — yaxshi hayot haqidagi savollarga tanqidiy yondashishdir: Men vaqtimni qanday sarflashim kerak? Hayotimda qanday maqsadlarni amalga oshirishim kerak? O‘zim va jamiyatga qanday mas’uliyatlarim bor? Bu kabi savollar falsafiy munozaralarga turtki beradi. Biz ularga o‘z javoblarimizni tanqidiy tahlil qilish orqali javob beramiz. Bu jarayonda boshqalar bilan fikr almashish, ularning nuqtai nazarini qabul qilish yoki rad etish imkoniga ega bo‘lamiz. Tanqidiy mulohaza nafaqat o‘z fikrimizni chuqurroq tushunishga yordam beradi, balki bizning qadriyatlarimizni qayta baholashga ham turtki bo‘ladi. Buning uchun o‘zimizning odatiy fikrlash usulimizni savolga tutishimiz kerak. Tanqidiy mulohaza zarur, lekin falsafiy yashash uchun u yetarli emas. Bizda yaxshi hayot haqidagi tushuncha bo‘lishi mumkin, lekin bu tushunchalarni amalga oshirish uchun qat’iyat va odatlar kerak bo‘ladi. Per Ado “ma’naviy mashqlar”ni falsafiy hayotning asosiy qismi deb bilgan. Bunday mashqlar odamlarni o‘zlarini o‘zgartirishga, yangi odatlarni shakllantirishga va ular orqali o‘z hayotini yaxshilashga o‘rgatadi. Masalan, stoiklar jahlni boshqarish va hissiy holatlarni tartibga solish uchun ma'lum bir o‘ylash usullari va mashqlarni bajargan. Shu tariqa, ular o‘z dunyoqarashlarini hayot amaliyotiga aylantirgan. Tanqidiy mulohaza va ma’naviy mashqlar qanday birgalikda ishlashini tushunish uchun quyidagi misollarni ko‘rib chiqamiz. Bu misollar PWOL yondashuvining to‘rt bosqichini tushunishda yordam beradi: Masalan, siz epikureylik haqida o‘rganasiz va quyidagi fikrlarga duch kelasiz: Baxtli hayotning kaliti lazzatga intilishdir. Qaysi istaklarimiz lazzatga hissa qo‘shishini va qaysilari zarar yetkazishini ehtiyotkorlik bilan o‘ylashimiz kerak. Bu nazariya sizni ba’zi istaklarni qayta ko‘rib chiqishga undaydi. Endi o‘z istaklaringizni epikurey falsafasining nuqtai nazaridan tahlil qilasiz. Misol: Pul yoki mashhurlik kabi istaklar hech qachon to‘liq qondirilmaydi, aksincha, ular bizga azob yetkazadi. Bu tushunchani qabul qilgan holda yangi odatni sinab ko‘rasiz. Masalan: Bir hafta davomida ijtimoiy tarmoqlarda post qilishni to‘xtatish. Yangi odatni qo‘llash jarayonida o‘z reaktsiyalaringizni kuzatib borasiz va o‘zgarishlarni mulohaza qilasiz: Bu jarayon sizga o‘zingiz xohlagan hayotga erishishda qanday yordam berganini baholaysiz. Yig‘ilgan kuzatishlar orqali o‘z tajribangizni boyitasiz va keyingi qadamlaringizni aniqlaysiz. Yuqoridagi formulani stoitsizmga tatbiq qilgan holda yana bir misolni ko‘rib chiqamiz: Nazariyani o‘rganish: Amaldagi odatlarni baholash: Ushbu vaziyatda nimani nazorat qila olaman, va nima mening nazoratimdan tashqarida? Siz olgan bahoni yoki uning GPAga ta’sirini o‘zgartira olmaysiz — bu nazoratdan tashqarida. Yangi odatni qo‘llash: Nazoratdagi narsalarga e’tibor qaratasiz, masalan, kelgusida yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish. Nazoratdan tashqaridagi narsalar uchun esa o‘z hissiy holatingizni boshqarishga harakat qilasiz. Kuzatish va tahlil qilish: PWOL yondashuvi falsafani kundalik hayotda qo‘llash orqali yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Bunda nazariya va amaliyot bir-birini to‘ldiradi. Falsafiy yashash odatlarini o‘zingizda sinab ko‘rib, o‘zingiz uchun yangi yondashuvlarni kashf qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Falsafiy hayot tarzi sizni o‘zgartirishga va hayotingizni yanada ma'nodor qilishga yordam beradi. Muallif: Kristin Darr, Dubuque universitetining falsafa dotsenti. Tarjimon: Behruzbek Ulug’bekov Muharrir: Samandar Erkinjonov Manba: Philosophy as a Way of Life Bularni ham o’qib ko’ring: 2. Dalillar: Nega Siz Ishonganingizga Ishonasiz? 1. Per Ado va falsafiy yashash amaliyoti
2. Yaxshi hayot haqida tanqidiy fikrlash
3. Ma'naviy mashqlar va o‘zgarishlar
4. PWOL formulasi va zamonaviy misollar
Birinchi Qadam: Yangi bir nazariyani o‘rganish
Ikkinchi Qadam: Amaldagi odatlarni baholash
Bu tushuncha sizga ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatingiz mashhurlikka bo‘lgan istakdan kelib chiqayotganini anglashga yordam beradi.Uchinchi Qadam: Yangi odatni qo‘llash
To‘rtinchi Qadam: Kuzatish va tahlil qilish
Stoitsizmdan misol
Stoiklarning asosiy e’tiqodlaridan biri: qo‘rqinch va bezovtalik ko‘pincha nazoratimizdan tashqaridagi narsalarga haddan tashqari e’tibor berishdan kelib chiqadi.
Masalan, imtihondan yiqilganingizda, o‘zingizdan so‘raysiz:
Stoiklar bu kabi xavotirlarni yengish uchun “ruhiy xotirjamlik”ni rivojlantirishni tavsiya qilishadi. Buning uchun:
Bir oz mulohazadan so‘ng, nazariyani yana bir bor qayta baholash uchun yangi nuqtai nazar paydo bo‘ladi. Jarayon davomida o‘zingizni o‘zlashtirishingiz va o‘z dunyoqarashingizni boyitishingiz mumkin.5. Xulosa
1. Bolalikdagi falsafiy izlanish
Izoh qoldirish