Falsafiy Asoslash - Qanday bahslashish kerak?

Odamzot - ongli mahluqot

Aristotel odamzotni “ongli hayvonlar” deb atagan. Agar biror marta kimdir bilan din, siyosat yoki shou-biznes haqida bahlashib qolgan bo’lsangiz, jamiyatimizda ba’zilarning  mulohazasiz ekanligiga amin bo’lgansiz. Aristotelnining fikriga qaytsak, ong bizni boshqa mahluqotlardan ajratib turuvchi jihatimiz degan xulosaga kelamiz. Boshqalar bilan Xudo, Prezident yoki aktyorlar haqida tortishib qolsangiz ham, ularning  “mahluq” emasligini tan olishingiz tabiiy. Chunki ko’p hollarda odamlar argumentlar “sifat”iga ko’ra biror taklifga rozi bo’lishadi.

Argument nima?

Biz argumentlardan har doim foydalanamiz: ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda, oilaviy dasturxon ustida yoki do’stlarimiz bilan. Lekin faylasuflar argumentlarni bizdan farqli ravishda tatbiq qilishadi. Dadangizni mashinani nargi ko’chagacha haydab kelishga ko’ndirganingizda yoki bu maqola haqida do’stingizga aytib beryotganingizda (bundan minnatdor bo’lardik) argumentlardan foydalanasiz. Har safar kimgadir nima qilishni yoki biror narsaga ishonishni aytganingizda yoki ba’zi ishlarni nima uchun qilishingizni tushuntirish jarayonida ularga turli xil argumentlarni berasiz. Muammo shundaki, ko’pchiligimiz bu qobiliyatimizni rivojlantira olmaganmiz. Biz yaxshi argument “taklif qilish”ni mantiqiy fundamentga asoslangan masalalar emas, ko’ngilochar sahna chiqishi, fikrni judayam baland va jahldor tarzda yetkazib berish bilan chalkashtirib yuboramiz. Ularni farqlash esa eshitilgandek oson emas, albatta. Ammo argumentlar va kuchli mantiq haqida o’rganish nafaqat falsafani yaxshi tushunishga balki boshqalarni ishontira oluvchi shaxs sifatida shakllanishingizga ham katta yordam beradi. Ishontiruvchi odam - jamoat quloq soluvchi, boshqalarni ko’ndira oluvchi shaxs. Yuqorida ta’kidlangan bilimlar hayotda nima qilmoqchilingizdan qat’i nazar sizga aniq foyda keltiradi. Boshqalar bilan tog’ri yo’lda bahlashishni o’rganishingiz ham ehtimoldan holi emas. 

“Uchga bo’lingan” ruh

Qanday qilib “effektiv” bahlashish haqida o’ylayotgan bo’lsangiz, tahminan 2400 yil avvalga - Platon mantiq inson ongida qanday funksiyalarni bajarishini ochib bergan davrga- qaytishingiz kerak. Ushbu faylasuf barchamizning uch tomonlama ruhimiz borligiga ishongan. Bu nazariyani “men”ingiz uchga bo’lingan deb qabul qilishingiz mumkin.

Ong

Birinchisi, ruhning asosli mantiqni ko’rsatib beruvchi ong yoki logik qismi. Ong “men”ingizning haqiqat qidiruvchi va fakt yoki argumentlar tufayli qarashlaringizni o’zgartira oluvchi qismdir. Aytaylik, siz psixotrop moddalarni qanchalik yaxshi ko’rishingizga qaramasdan ularni iste’mol qilishni to’xtatishga ahd qildingiz, chunki bu odat sog’ligingiz uchun juda ham zararli. Ongdan kelgan “signal” tufayli bu qarorga keldik.

Ruhiyat

Navbatdagi qism esa ruhiyat. Ruhiyat ko’pchiligimizga hissiyot nomi bilan tanish, lekin bu tushuncha uni to’liq tasvirlab berolmaydi. Ruhiyat faqat tuyg’ulardan iborat emas - bu qism hissiyotlaringiz harakatingizga qanday ta’sir qilishiga ham javobgar. Misol uchun, ruhiyatingiz sabab nohaqlik yuz bersa, adolat uchun kurashasiz; maqsadlaringiz sari intilasiz va boshqalarni himoya qilishga harakat qilasiz. Iftixor va majburiyatni his qilishingizda, hamdardlik ko’rsatishingizda ham ushbu qism katta rol o’ynaydi. Agar “Izlash” asarining bosh qahramoni Mehmetning qismatidan ta’sirlanib yomon odat- psixotrop moddalaf iste’molidan voz kechsangiz,  bu ruhiyat “signal”ini qabul qilganingizdan dalolat.

Nafs

Oxirgi qism esa odamzot va hayvonlarda deyarli bir xil ishlaydi. Nafs ovqatlanish, jinsiy munosabatlar o’rnatish va o’zingizni boshqalardan himoya qilishga undovchi qismdir. Bu kabi vasvasalar ichki va shaxvoniy omillar tufayli paydo bo’ladi. Agar psixotrop moddani ko’rib hidiga to’yolmay qolsangiz, o’zingizni tiyolmasangiz, nafs qismi sizni boshqarayotgan bo’ladi.

Ushbu nazariya haqida falsafa nima deydi?

Zo’rdan zo’r chiqadi deb hisoblovchi Plato eng zo’r shaxslar ongga quloq soluvchilar ekanligiga ishongan. Chunki ong bilan ruhiyatni ham, nafsni ham tartibga solib turish mumkin. Faylasuf  ruhiyati yoki nafsi bilan ish ko’ruvchilar mutlaqo haqiqiy odam emas deb hisoblaydi. Hozirgi kunda, ko'pchiligimiz uchga ajralgan ruh haqidagi tushunchaga yoki ba'zilar "inson" nomiga ko'proq mos kelishi haqidagi g'oyaga ishonmaymiz. Lekin barchamiz aminmizki, bizni jismoniy xohishlarimiz, ichki tuyg'ularimiz va ongli argumentlarimiz harakatlantirib turadi.Bu borada boshqa faylasuflar ham ong va mantiq keyingi qismlaridan ustunligi to'g'risida Platonning fikriga qo'shilishadi.

Ongli qobiliyatingizni qanday tekshirishib ko’rish mumkin?

Xo'sh, ongimiz rivojlanganini qanday aniqlaymiz? Bu qobiliyatni qanday sinab ko'rish mumkin?

Faylasuflar savol berishni juda yaxshi ko'radi. Ayniqsa, savollarga tayyor javob bo'lmasa, ayni muddao. Quyidagi mashqni ham ongli qobilyatlaringizni sinash uchun bajarib ko'ring.


Ushbu noodatiy savol analitik falsafa asoschilaridan biri 20-asr ingliz mutafakkiri Bertrand Russell tomonidan o'rtaga tashlanadi.


Tasavvur qiling, bir qishloqda hamma erkaklar soqollarini olib yurishlari talab etiladi. Bu yerda faqat bitta sartarosh bor va u qat'iy qoidalarga amal qilishi kerak: 

1-qoida O'z soqolini olmaydigan erkaklarga xizmat ko'rsatishi shart.

2-qoida O'z soqolini oladiganlarga xizmat ko'rsatmasligi shart.


Bu har bir fuqaro va mo'ylovli olifta yigitlar uchun judayam yomon xabar. Lekin savol bunday:


Sartarosh soqolini o'zi oladimi?


O'ylab ko'rsak, sartarosh soqolini olmaydiganlarga xizmat ko'rsatishi kerak. Agar u o'z soqolini olsa, 2-qoidaga asosan bunday qilishga ruxsat yo'q. Lekin agar u soqolini olmasa, qonun tufayli boshqa sartaroshga borishi kerak.


Russel guruh har doim o'z a'zosi bo'lishi shartligini ifodalash uchun bu jumboqni o'ylab topgan. Bu shuni anglatadiki, o'z soqolini oladiganlar qatoriga sartarosh ham kirishi kerak. Aks holda, guruh mavjudligini taqozo qiluvchi mantiq asossiz bo'lib chiqadi.


Agarda sartarosh obrazi mantiqiy imkonsiz bo'lsa, demak u mavjud emas. Bu esa uning hayoti ortidagi mantiqiy shajara asossiz deganidir. Falsafa esa asosiz sabablarga jim qarab turolmaydi.



Argument qanday beriladi?

Xo'sh, bizni yaxshi, xavfsiz, asosli sabablar (mantiq) boshqarishini qanday bilamiz? Argument berish san'atini sayqallash orqali.


Argumentlar falsafada shunchaki tortishuv musobaqasi emas. Aslida, faylasuflar barcha qarashlarimiz ortida sabablar turishi kerakligini ta'kidlaydilar va bu argument asosi deb ataladi. Bu esa argumentlar strukturasini hosil qiladi. Ular fikringiz uchun dalil ko'rsatishadi, shuning uchun o'z xulosangizni kuchaytirishda xohlagancha argument asoslariga ega bo'lishingiz mumkin.



Argumentlar tuzilishi

Keling, argumentlarning tuzilishini tahlil qilamiz. Aslida, argumentlarning bir nechta turlari mavjud. Ehtimol, eng mashxur va osoni deduktiv argumentlardir.



Deduktiv argumentlar

Deduktiv argumentning asosiy qoidasi: agar asoslaringiz to‘g‘ri bo‘lsa, unda xulosangiz ham to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Biror narsaning aslida haqiqatligini  anglash juda kam uchraydigan va ajoyib hodisa, to’g’rimi? Mana, yaxshi deduktiv argumentning qisqa shakli:


1-asos: Insonlar umrbod yashay olmaydi.

2-asos: Suqrot insondir.

Xulosa: Suqrot umrbod yashay olmaydi.


Bunday fikrlash turi, bir fakt boshqasini keltirib chiqarganda, "oqibatlilik" deb ataladi. Barcha insonlar bir kun vafot etishini va Suqrot inson ekanligini bilganimizdan so‘ng, bu faktlar Suqrotning bir kun bu dunyoni tark etishini anglatadi. Deduksiya umumiylikdan boshlanadi – bu holda, insonlarning o‘limi haqidagi umumiy ma’lumotdan maxsus detallarga qarab davom etadi – masalan, Suqrot haqida.


Deduktiv argumentlarning yaxshi tomoni shundaki, agar asoslaringiz to‘g‘ri bo‘lsa, xulosa ham to‘g‘ri bo‘ladi.Bunday holatda, biz argument "mantiqli" (valid) deb aytamiz – agar asoslar to‘g‘ri bo‘lsa, xulosangiz noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin emas.


Mana, boshqa bir misol:


Barcha insonlar bir kun vafot etadi.


Suqrot insondir.


Demak, Suqrot Platonning ustozi bo‘lgan.



Bu argument mantiqsiz, chunki insonlarning o‘limi haqida hech narsa Suqrot Platonning ustozi bo‘lganini isbotlay olmaydi. Payqaganingizdek, Platonni hech qachon o’qitmagan ko‘p insonlar bor.


Shunga qaramay, ba’zan xulosaning o‘zi to‘g‘ri bo‘lsa ham, argument noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Bu bizni muhim masalaga olib keladi: mantiqiylik va haqiqat bir xil emas.


"Mantiqli" degani shunchaki, agar asoslaringiz to‘g‘ri bo‘lsa, unda xulosa noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin emas deganidir. Shuning uchun asoslaringiz xulosa haqiqatini kafolatlamasa,yomon argumentlarga duch kelishingiz mumkin.


Masalan:


Barcha mushuklar sut emizuvchidir.


Men sut emizuvchiman.


Demak, men mushukman.



Bu argument noto‘g‘ri, chunki asoslar xulosani qo‘llab-quvvatlamaydi. Shu sababdan ,albatta, sizda mantiqli argument bo‘lishi va baribir noto‘g‘ri xulosa chiqishi mumkin, chunki asoslaringiz noto‘g‘ri.


Masalan:


Barcha insonlarning dumlari bor.


Mening ukam Jonibek ham inson.


Demak, Jonibekning dumi bor.



Bu argument mantiqli, chunki asoslar xulosani keltirib chiqaradi. Ammo asoslarning o‘zi noto‘g‘ri.


Deduktiv argumentlar formal kamchiliklardan holi bo‘lganda "to‘g‘ri" bo‘ladi. Bu asoslari ishonchli va xulosasi kafolatli to‘g‘ri bo‘lgan argumentdir.


Deduksiya ma’lum va to‘g‘ri asoslardan boshlanganda ishlaydi. Ammo bunday asoslarni topish qiyin.


Tarjimon: Gulruxsor Xoshimjonova
Manba: How to Argue - Philosophical Reasoning: Crash Course Philosophy #2 


Bularni ham o’qib ko’ring:
1. Falsafa O'zi Nima? 

2. Falsafa hayot tarzi sifatida (PWOL) 

3. Dalillar: Nega Siz Ishonganingizga Ishonasiz?

Izoh qoldirish