- 15:04 / 23.01.2025
- , Falsafa
Nima Uchun Ranglar Bizga Kreak?

Atrofimizdagi ko‘plab narsalar rangga ega bo‘lib ko‘rinadi. Lekin rang o‘zi aslida nima? Agar u chindan ham mavjud bo‘lsa, u qayerda joylashgan? Nima uchun biz uni ko‘ra olamiz? Qachon biz ranglarni to‘g‘ri idrok etamiz? Va shu kabi murakkab savollarga qanday javob topish mumkin? Ushbu maqola sizga ranglarning asl mohiyatini tushuntirib beradi. Ko'k maymunjonlar surati. Suratda harflarning yuzasi bir xil rangda bo‘lsa-da, ular turli ranglarda ko‘rinishi mumkin. Metafizika – bu mavjudlik va olam tabiatini o‘rganadigan falsafiy yo‘nalishdir. Rang haqida uchta asosiy savol mavjud: rang haqiqiymi, u nima va qayerda joylashgan? Odatda, rangning haqiqiyligi tashqi obyektlarning xususiyatlariga bog‘liq deb hisoblanadi. Agar rang haqiqiy bo‘lsa, ko‘k maymunjon, ko‘k gullar va smurflarning (smurf – mashhur multfilm qahramoni) haqiqatda ko‘k ekanligini ayta olamiz. Ba’zi faylasuflar esa rangni miyamiz tomonidan yaratilgan illuziya deb bilishadi. Ammo boshqalar atrofimizdagi obyektlarning haqiqatan ham rangli ekanligiga ishonadilar. Eng oddiy javob rangni primitivizm (oddiylik) nuqtayi nazaridan tushuntiradi: rang obyektlarning boshqa xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan, o‘ziga xos xususiyatdir. Primitivizm intuitiv bo‘lsa-da, ko‘pincha ilmiy doiralarda qabul qilinmaydi. Olimlar dunyoni tasvirlashda primitiv ranglardan foydalanmaydilar. Ba’zi faylasuflar rangni atrof-muhitdagi barqaror fizik xususiyatlar, masalan, obyekt yuzalarining yorug‘likni aks ettirishi bilan bog‘lashga harakat qilishadi. Masalan, pishgan ko‘k maymunjon odatda bizga ko‘k rangda aks etadi. Ammo bu fizik qarashlarning asosiy muammosi – ranglarning ko‘rinishi ko‘p hollarda farqlanishidir. Tasavvur qiling, masalan, siz ko’k maymunjonni yorqin quyosh nurlari ostida ko’ryapsiz. Maymunjon sizga ko’k rangda ko’rinadi. Birdaniga, osmonda qoramtir bulutlar paydo bo’ldi. Maymunjonni hali ham ko’k rangda ko’rasiz, ammo u katta ehtimol bilan oldingidan ko’ra to’qroq yoki ochroq rangda bo’ladi. Rangdagi bunday o’zgarishlar kuzatatayotgan paytingizdagi o’zgarishlar sabab sodir bo’ladi. Bundan tashqari, kuzatuvchilar ko‘rish tizimidagi farqlar sababli ranglarni boshqacha ko‘rishi mumkin. Sizga ko‘k bo‘lib ko‘rinadigan maymunjon boshqa bir odamga o‘zga tusda ko‘rinishi ehtimoldan xoli emas. Bunga sabab – fotoretseptorlarning (ko‘zdagi yorug‘likni qabul qiluvchi qism) yorug‘likka bo‘lgan turlicha reaksiyasi yoki miyaning ma’lumotlarni qayta ishlashidagi farqlar. Shu sababli, ranglar va obyektlarning fizik xususiyatlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish mavjud emas – bu esa rangning haqiqiy emasligini ko’rsatadi. Aslida, ranglarni ko’rishdagi farqlar ranglarni predemetlar va kuzatuvchilar orasidagi munosabati deb hisoblashga undagan, bunga predmetlar yuzasining kuzatuvchilarda ma’lum turdagi rang tajribasini hosil qilish qobiliyati yaqqol misol bo’la oladi. G’oya shundaki, ranglar kuzatuvchiga bog’liq bo’lgan, “ikkilamchi sifatlar” deb qaraladi, va “birlamchi sifatlar”, ya’ni kuzatuvchiga bog’liq bo’lmagan xususiyatlardan farq qiladi (masalan, shakllar). Bog’liqlik g’oyasining bir muammoli tomoni shundaki, unda rangning tahlili aylana zanjir kabi davom etadi. Agar biz “ko’k” ni ko’k rang taassurotini uyg’otish qobiliyati deb ta’riflasak, “ko’k” so’zi ham bizning ta’rifimizda ishtirok etadi va biz hali ham ko’k nimaligini bilmaymiz. U tashqi dunyodami, miyamizdami yoki har ularning orasida joylashganmi? Ko’pincha rang ichki yoki tashqi dunyoda ekanligi taxmin qilinsada, bu taxminlar ham muhokamaga sabab bo’lmoqda. Masalan, ba’zi rang mutaxassislari ranglar dunyodagi obyektlarni ko’rish usuli bo’lib, na to’liq ichki, na to’liq tashqi xususiyat ekanligini ta’kidlaydilar. Bu fikrning bir kamchiligi shundaki, u bizning kundalik hayotda ranglarni tasvirlashimizga mos kelmaydi. Uchta metafizik savollardan tashqari, faylasuflar ranglarni ko’rishning “maqsadlari” haqida ham nazariyalar yuritishadi. Ular nega ranglarni his qilishimiz kerakligi haqida fikr yuritishadi. Ba’zilar ranglarni ko‘rishning maqsadi barqaror ranglar tushunchasini ta’minlash, deb hisoblaydi; boshqalar esa, ranglarni ko‘rish umuman olganda tirik mavjudotlarning ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun zarur, deb ta’kidlaydi. Bu kabi savollar ranglarning haqiqiyligi masalasiga borib taqaladi. Quyidagi rasmga e’tibor bering: u belgining rangi turli fonlarga joylashtirilganda o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Agar siz narsalarning “haqiqiy” rangi taassurotlar bilan mos kelganida to‘g‘ri deb hisoblasangiz, demak, belgining rangini faqat bitta usulda anglash to‘g‘ri bo‘ladi. Ko’plab rang primitivistlari (ranglarni oddiy talqin qiluvchilar) va fiziklar ham bunga qo’shiladi. Ammo agar taassurot umumiy ko‘rish tajribasini yaxshilaganida to‘g‘ri bo‘lishiga ishonch bildirsangiz, belgining rangini fon o‘zgarganda ham “ajralib turishi” illuziya emas, deb hisoblaysiz. Ba’zi rang mutaxassislari ham shu fikrda. Rang haqida nazariyalar ishlab chiqishda faylasuflar turli usullardan foydalanadilar. Ba’zilari o’z intuitsiyalariga ishonadilar, va uni rang haqidagi haqiqatga olib boradigan ishonchli vosita deb hisoblaydilar. Siz har bir obyektda faqat bitta haqiqiy, kuzatuvchiga bog’liq bo’lmagan rang mavjudligini his qilishingiz mumkin. Masalan, siz intuitiv ravishda obyekt bir vaqtning o’zida ham sariq ham pushti bo’lolmasligini bilasiz. Boshqa tomondan, intuitsiyalaringiz o’ylaganingizdan kengroq bo’lishi mumkin. Tasavvur qiling, bir o’zga sayyoralik biz yashil rangda ko’rgan narsalarimizni qizil, kvadrat shaklida ko’rgan narsalarimizni esa doira shaklida ko’radi. Agar siz ushbu tajribasida o’zga sayyoraliklarnig biz ko’rgan kvadratni doira deyishlarini xato deb hisoblasangiz, va ular ko’rgan qizil bunga aloqador demasangiz, bu intuitsiyalar rangning kuzatuvchi qaroriga bog’liq ekanligiga dalil bo’lishi mumkin. Boshqa faylasuflar amaliy tadqiqotlarga ko’proq e’tibor qaratadilar. Misol uchun, ranglarni ko’rish maqsadlari haqida savolga javob berish uchun psixologiyadan olingan eksperimental ma’lumotlarni keltirishadi. Neurobiologiya, vizual ekologiyadan olingan dalillar ham muhim hisoblanadi. Faylasuflarning fikricha, ranglar haqidagi har qanday nazariya amaliy asosga ega bo‘lishi va intuitiv tarzda tushunarli bo‘lishi kerak. Biroq, ranglarning mohiyati, ularning haqiqiyligi va taassurotlarning to‘g‘riligi haqidagi qarashlar juda xilma-xil. Tarjimon: Yasmina Muhiddinova Muharrir: Xonzodabegim Muxtorova Manba: Philosophy of Color - 1000-Word Philosophy: An Introductory Anthology Bularni ham o’qib ko’ring: 2. Falsafa hayot tarzi sifatida (PWOL) Rang metafizikasi
Rang haqiqiymi?
Rang o‘zi nima?
Ranglar qayerda?
Ranglar bizga o’zi nega kerak?
Uslubiyat
Xulosa
1. Falsafa O'zi Nima?
Izoh qoldirish