- 20:05 / 23.01.2025
- , Falsafa
Dekartning 4-6-mulohazalari (meditatsiyalari)

Ushbu insho Dekartning Meditatsiyalari haqidagi ikki qismli turkumning ikkinchisidir. Birinchi maqola: Meditatsiyalar 1-3. Dekart "3-meditatsiya"sida ta’kidlashicha, Xudo mavjud hamda uning ko‘plab g‘oyalari, hatto aniq va ravshan idrok etilmaganlari ham, haqiqat bo‘lishi kerak, chunki Xudo uni ketma-ket aldanishdan asrashiga ishonardi. Shunday bo‘lsa-da, u ba’zan o’zi xato qilishini ham tan oladi. Muammo shundaki, agar uning mulohaza yuritish qobiliyati butunlay nuqsonli deb hisoblanmasa, bu xatolarni qanday izohlash mumkin? Dekart bu muammoni shunday hal qiladi: inson xato qilganda, bu Xudoning emas, balki o‘zining aybi. Buning sababi, odam yetarli dalili bo‘lmagan holda ham biror narsaga ishonish qobiliyatiga ega. Mulohaza yuritish ikkita jihatni o‘z ichiga oladi: aql (bilish qobiliyati) va iroda (tanlash qobiliyati). Aql cheklangan (ko‘p narsalarni aniq va ravshan idrok eta olmaydi), lekin iroda cheklanmagan (hatto yetarli dalil bo‘lmaganda ham tasdiqlashi yoki inkor etishi mumkin). Shu sababli, eng to‘g‘ri yo‘l - yetarli dalil bo‘lmaganda mulohaza yuritishdan o‘zini tiyishdir. Demak, xato irodamizni noto‘g‘ri ishlatishdan kelib chiqadi va bunda Xudo aybdor emas. Dekart ilmiy tadqiqotlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan "mohiyatlar" nazariyasini himoya qiladi. U ko‘plab narsalar haqida g‘oyalarga ega (bular uning ongidan tashqarida mavjud bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin), biroq bu g‘oyalar uning ixtirosi emas. Aksincha, ular o‘zlarining haqiqiy va o‘zgarmas mohiyatlariga ega. Masalan, u uchburchakni tasavvur qiladi (bu uchburchak mavjud bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin), lekin uning idroki tasavvur qilgan uchburchakning haqiqiy va o‘zgarmas mohiyati mavjud. Muhimi shundaki, bu mohiyatni u o‘zi o‘ylab topmagan. U tasavvur qilgan har bir uchburchak muayyan xususiyatlarga ega. Misol uchun, uchburchakning barcha burchaklari yig‘indisi doimo ikki to‘g‘ri burchakka teng bo‘ladi. Bu kashfiyot Dekartga Xudoning mavjudligini isbotlash uchun yana bir asos beradi. Chunki mohiyat haqidagi kashfiyot nafaqat matematika va geometriya obyektlariga, balki har qanday narsaga, hatto Xudoga ham tegishli. Agar u Xudoning biror xususiyatini aniq va ravshan idrok etsa, demak, bu xususiyat albatta Xudoga tegishli bo‘ladi. Masalan, mavjudlik ushbu xususiyatlardan biridir. Shunday ekan, Xudo mavjud bo‘lishi kerak. Bu Dekartning Xudoning mavjudligi haqidagi ontologik (tushunchadan kelib chiqib dalillash) dalilidir. Dekart uchun endi faqat jismoniy narsalarning tashqi dunyosi mavjudligini va ong hamda tana bir-biridan mustaqil moddalar ekanligini isbotlash qolgan edi. Dekart jismoniy narsalar alohida mavjud bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi. U jismoniy narsalarning haqiqiy va o‘zgarmas mohiyatini (kengayish, bo‘linish va boshqalar) aniq va ravshan idrok etgani sababli, bu mohiyatga ega narsalar mavjudligiga ishonish uchun yetarli asos bor, deb xulosa qiladi. Jismoniy narsalarning mavjudligi uning tasavvurida ham aks etadi. Chunki tasavvur mazmuni ko‘pincha o‘zidan tashqaridagi narsalarga, ya’ni ehtimoliy jismoniy narsalarga bog‘liq bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, tasavvur jarayonini eng yaxshi izohlash usuli – jismoniy narsalar mavjudligini tan olishdir. Shunday bo‘lsa-da, Dekartning jismoniy narsalar mavjudligiga bo‘lgan isboti nimaga asoslangan? U sezgilar orqali kelib chiqqan g‘oyalar haqida gapiradi. Masalan, Dekart o‘z boshi, qo‘llari va tanasini tashkil etuvchi barcha narsalarning mavjudligini idrok qiladi; shuningdek, tanasidagi og‘riq va rohatni his qiladi. U issiqlikni, yorug‘likni, tovushni va boshqa sezgilarni anglaydi, bu esa osmon, yer va barcha jismlarni bir-biridan farqlashga yordam beradi. Dekartning fikricha, sezgi orqali paydo bo‘ladigan g‘oyalar tashqi omillar tufayli yuzaga keladi. Tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bunday g‘oyalar uning ixtiyoriga bog‘liq emas va ularni boshqarish imkonsiz. Ularning "jonli va yorqin" bo‘lishi esa, bu g‘oyalarning o‘zidan tashqaridagi jismlar tufayli shakllanganini ko‘rsatadi. Lekin qanday qilib Dekart ayrim g‘oyalarning jismoniy narsalar tufayli paydo bo‘lganini biladi? U uchta ehtimoliy sababni ko‘rsatadi: o‘zi, Xudo yoki boshqa oliy mavjudot, yoki jismoniy narsalarning o‘zi. Keyin, Dekart ong va tananing alohida moddalar ekanligini ta’kidlaydi: U o‘z ongini kengayishga ega bo‘lmagan, fikrlovchi substansiya sifatida aniq va ravshan tushunadi. U tanasini kengayishga ega, lekin fikrlovchi bo‘lmagan substansiya sifatida aniq va ravshan tushunadi. Shunday qilib, Dekart ongi tanasidan mustaqil mavjud bo‘lishi mumkinligini isbotlaydi. Bu esa substansiya dualizmi deb ataluvchi nazariyani asoslaydi. Unga ko‘ra, ong va tana bir moddaga mansub emas, balki ular mustaqil holda mavjuddir. Dekart ongi va tanasining munosabatiga kelsak, u shunday deydi: ong tanani dengizchining kemani boshqargani kabi boshqarmaydi. Ularning birligi chuqurroqdir. Ammo, agar ong va tana alohida bo‘lsa, ular qanday qilib bir-biriga ta’sir o‘tkazadi yoki "birlashadi"? Dekart bunga quyidagicha javob beradi: birinchidan, miya ong va tana o‘rtasida vositachi vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, u analogiyadan foydalanadi. Masalan, magnetizmni olaylik: qarama-qarshi zaryadlangan zarralar bir-birini tortadi. Ammo bu tortishish aynan qanday yuz beradi? Biz magnetizmni sodir bo‘lishini bilamiz, lekin uni to‘liq tushuntira olmaymiz. Xuddi shunday, biz ong va tananing o‘zaro ta’sirini bilsak-da, uning qanday sodir bo‘lishini to‘liq izohlashga qodir emasmiz. Dekart yashagan davr nafaqat tabiatning eng asosiy faktlari haqida, balki bunday savollarga javob berishning to‘g‘ri metodologiyasi bo’lgani bilan ham ajralib turardi. "Birinchi falsafa haqida mulohazalar" asarida esa bunday ilmiy savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bermasa-da, ularga javob berishning to‘g‘ri metodologiyasini ko’rsatib bergan faylasuf. Muallif: Mark Bobro Tarjimon: Samandar Erkinjonov Muharrir: Zebona Abdupaizova Manba: René Descartes’ Meditations 4-6 - 1000-Word Philosophy: An Introductory Anthology Bularni ham o’qib ko’ring: 2. Vitgenshteynning "Shaxsiy til" argumenti 4-Meditatsiya: Inson xatosining manbai
5-Meditatsiya: Jismoniy narsalarning mohiyati
6-Meditatsiya: Jismoniy narsalarning mavjudligi va substansiya dualizmi (ong va tananing ayrimligi)
Dekart birinchi ehtimolni rad etadi, chunki bu g‘oyalar ko‘pincha uning xohishiga qarshi paydo bo‘ladi. Agar bu g‘oyalar Xudo tomonidan yaratilgan bo‘lsa, Xudo aldovchi bo‘lib qoladi. Shu sababdan uchinchi ehtimol – jismoniy narsalar o‘zi bu g‘oyalarning manbai bo‘lishi kerak, deb xulosa qiladi.
Aniq va ravshan idrok esa haqiqatning ishonchli asosi hisoblanadi.Xulosa
1. Aflotunning “Krito”si: Qachon qonunni buzishimiz kerak?
Izoh qoldirish