- 05:03 / 29.03.2025
- , Falsafa
Har doim nima deyishni biladigan odam: Aristotelning Fazilatlilik Nazariyasi

Shunday odamni tasavvur qiling: u har qanday vaziyatda o‘zini qanday tutishni aniq biladi. U ziddiyatli holatlarda vaziyatni yumshata oladi, murakkab fikrlarni nozik yetkazadi, odobli va ishonchli. Jasur, lekin shoshqaloq emas. Saxovatli, lekin behuda sarf-xarajat qilmaydi. Bunday inson bilan har kim suhbat qurishni, hatto unga o‘xshashni istaydi. Bu dastlab imkonsizdek tuyulishi mumkin. Ammo buyuk yunon faylasufi Aristotel bunday odamlarning mavjudligiga ishongan. Uning fikricha, barchamiz aynan shunday bo‘lishga intilishimiz lozim: fazilatli bo‘lishga. Klassik axloqiy (moral) nazariyalardan farqli o‘laroq, Aristotelning fazilatlilik nazariyasi aniq qoidalar berib qo‘ymaydi. Bu yerda "har doim shunday qil" degan qat'iy ko‘rsatmalar yo‘q. Aksincha, bu yondashuv insonning xarakteri va ijtimoiy xulq-atvorini tushunishga asoslanadi. Aristotelning asosiy g‘oyasi judayam oddiy va sodda: agar siz yaxshi inson bo‘lishga intilsangiz, yaxshi ishlar o‘z-o‘zidan kelib chiqadi. Buning uchun aynan biror qoidalarni yodlashingiz shart emas. Aristotel insonlarning o‘zgarmas tabiati borligiga ishongan. Uning fikricha, har bir narsa o‘ziga xos vazifaga ega. Inson qanday yashashini ham aynan shu vazifani qay darajada bajarganiga qarab baholash mumkin. Misol uchun: Pichoqning vazifasi kesish. Agar u o‘tkir bo‘lmasa, yaxshi pichoq hisoblanmaydi. Gulning vazifasi o‘sib, ko‘payish. Agar gul buni bajara olmasa, o‘z tabiatini to‘laqonli namoyon eta olmaydi. Insonlar ham shunday. Biz shunchaki hayvon emas, balki aqlli va ijtimoiy mavjudotmiz. Shu sababli, bizning asosiy vazifalarimiz: Sog‘lom bo‘lib o‘sish Aqlimizni ishlatish Jamiyat bilan muloqot qilish Aristotelga ko‘ra, fazilat haddan oshish yoki yetishmovchilikning o‘rtasidagi mukammal muvozanatdir. U buni "Oltin O‘rtalik" deb atagan. Keling, buni jasurlik misolida ko‘rib chiqaylik: Agar ko‘chada kimdir o‘g‘rilik qilayotganini ko‘rsangiz, nima qilasiz? Fazilatli inson avvalo vaziyatni to‘g‘ri baholaydi: Agar yordam berish xavfsiz bo‘lsa — aralashadi. Agar o‘zi yoki boshqalar xavf ostida bo‘lsa — militsiya yoki yordam chaqiradi. Jasurlik degani xavfga ko‘z yumib tashlanish emas, balki vaziyatni aqlli va ehtiyotkor baholash demakdir. Aristotelning fikricha, fazilatlilikni faqat kitob o‘qish orqali o‘rganib bo‘lmaydi. Bu "amaliy donishmandlik", ya’ni hayot maktabida shakllanadigan bilimdir. Fazilatlilikni o‘rganishning eng samarali yo‘li: Sizdan oldin fazilatli bo‘lgan insonlarni kuzatish Ularning xulq-atvorini takrorlash, mashq qilish Vaqt o‘tishi bilan buni o‘z tabiatingizga aylantirish Nega fazilatli bo'lish kerak? Yunoncha "eudaimonia" tushunchasi - "yaxshi yashash" yoki "insoniy kamolot" ma'nosini anglatadi. Eudaimonia - bu oson yo'l emas. Bu: O‘zingizni doimiy ravishda rivojlantirish Chegaralaringizni kengaytirish Qiyinchiliklarni yengish Har kuni o‘zingizning eng yaxshi versiyangizga aylanish Aristotelga ko‘ra, axloq — bu o‘z imkoniyatlaringizni to‘liq ro‘yobga chiqarish jarayoni. Bu kuchli tomonlaringizni rivojlantirish va zaif tomonlaringizni yaxshilash demakdir. Shunday yashagan odam tabiiy ravishda yaxshi ishlar qiladi. Bugun biz fazilatlilik nazariyasining asosiy tamoyillari va insoniy kamolotga erishish yo‘llarini o‘rgandik. Endi bu bilimlarni hayotga tatbiq etish vaqti keldi! Tarjimon: Samandar Erkinjonov Manba: Aristotle & Virtue Theory: Crash Course Philosophy #38 Bularni ham o’qib ko’ring: 2. Falsafiy matnlarni qanday o‘qish kerak? 3. So‘zlar va Ularning Yashirin Ma’nolari: Grays Nazariyasi va Implikatura Fazilatlilik nima?
Tabiatimizning mohiyati
Oltin O‘rtalik Tamoyili
Fazilatlilikni o‘rganish
Eudaimonia: Hayotning Oliy Maqsadi
Xulosa
1. Falsafa O'zi Nima?
Izoh qoldirish